Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oyoq topografiyasi.
Oyoq panjasi fassiyalari. Oyoq panjasining ustki fassiyasi
yaxshi rivojlanmagan. Uning yuza va chuqur qatlamlari orasida barmoqlarni yozuvchi uzun va qisqa mushaklar payi, qon tomir- lar va nervlar yota di. Bu fassiyaning chuqur qatlami suyaklararo mushaklarni qop lab kaft suyaklari suyak pardasiga yopishib keta- di. Oyoq kafti osti aponevrozi qalin fib roz plastinka shaklida bar- moqlarga yetib borib ularning fibroz qinlariga birikadi. Oyoq topografiyasi. Oyoq mushaklari, fassiyalari va suyakla- ri o‘rtasida turli teshik, chuqur, kanal va egatlar bo‘lib, ularda qon va lim fa tomirlar, nervlar yotadi. Katta quymich teshigidan o‘tgan noksi mon mu shak uni ikki: noksimon usti va noksimon osti teshiklarga ajratadi. Bu teshiklar orqali chanoq bo‘shlig‘idan oyoqning erkin qismiga boruvchi qon tomir va nervlar o‘tadi. Chov boylami bilan yonbosh suyagi o‘rtasidagi soha yon- bosh-qirra yoyi vositasida ikki: lateral joylashgan mushaklar so- hasi botig‘i lakuna va medial joylashgan tomirlar sohasi botig‘iga ajraladi. Mushaklar sohasi botig‘i oldindan va yuqoridan chov boy- lami, orqadan yonbosh suyagi, medial tomondan yonbosh-qir- ra yoyi bilan chegaralangan. Undan yonbosh-bel mushagi va son nervi o‘tadi. Tomirlar sohasi botig‘i old tomondan chov boylami, orqa va past tomondan ta roqsimon boylam, lateral tomondan yonbosh-ta- roqsimon ravoq, medial tomondan lakunar boylam bilan chega- ralangan. U orqali son arteriyasi, venasi va limfa tomirlar o‘tadi. Sonning oldingi yuzasida chov boylamidan pastda son uchburcha- gi joylashgan. Uni yuqori tomondan chov boylami, lateral tomon- dan tikuvchilar mushagi, medial tomondan esa sonni yaqinlash- tiruvchi uzun mushak chegaralaydi. Son uchburchagining uchi- dan yaqinlashtiruvchi (son-taqim osti yoki gunter) kanali boshla- nadi. Bu kanal sonning oldingi yuzasini taqim osti chuqurchasi- 197 ga qo‘shib turadi. Uning medial devorini sonni yaqinlashtiruvchi katta mushak, Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling