Amaliy mashg‘ulot-28 Elash va klassifikatsiyalash


Download 45 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana02.06.2024
Hajmi45 Kb.
#1834965
  1   2   3   4
Bog'liq
a\'meliy jumis- 28.2 Elew ham klassifikaciyalaw



Amaliy mashg‘ulot-28 
Elash va klassifikatsiyalash 
Donador material aralashmasini fraksiyalarga, bir-biriga yaqin bo´lgan 
o´lchamli zarrachalarni, ajratish uchun uch xil klassifikatsiyalash qo´llaniladi:
- mexanik usul, bunda sochiluvchan materiallarni elak, to´r va shunga 
o´xshash moslamalarda elab olinadi. Mexanik klassifikatsiyada o´lchami elak 
teshigidan kichik bo´lganlari undan o´tib ketadi. O‟lchami katta bo´lgan bo´laklar 
yoki donachalar esa, yana qayta maydalashga j´natiladi; - gidravlik klassifikatsiya 
qattiq zarrachalar aralashmalarini suyuqlikda cho´kish tezligi asosida fraksiyalarga 
ajratadi;
Havo yordamida ajratish - qattiq zarrachalar aralashmasini µavoda cho´ktirish 
yordamida amalga oshiriladi.
Klassifikatsiyalash yordamchi jarayon sifatida qo´llaniladi, ya‟ni materialni 
maydalashdan oldin mayda fraksiyasi ajratib olinadi. Ushbu jarayon, yirik 
bo´laklarni elab olib, qayta maydalashga jo´natish uchun, yana kerakli o´lchamdagi 
tayyor maµsulotni ajratib olish uchun ham q´llanishi mumkin. Mexanik 
klassifikatsiyalash yana ajratish (yoki elash) deb ham nomlanadi. Bu usulda 
zarrachalar o‟lchami millimetrni bir necha ulushdan toki bir necha santimetr 
o´lchamli materiallarni ajratish uchun q´llaniladi. Klassifikatsiyalash jarayoni elash
(groxot) yoki ajratish (separator) moslamalarida amalga oshiriladi.
Materiallarni elash uchun metall yoki boshqa material listlarida teshiklar 
µosil qilingan to´rlar, metall sterjenlari parallel joylashtirilgan kolosniklardan 
foydalaniladi. Elak teshigi k´rinishi kvadrat yoki to´g‟ri t´rtburchak shaklida 
bo´lishi mumkin. O‟lchami esa 0,04 dan 100 mm gacha b´ladi. Elak raqami, shu 
elak teshigi ´lchamining qiymati bilan bir xil bo´ladi.
To´rlar 2-12 mm qalinlikdagi metall listlardan 2-10 mm diametrlardagi 
teshikli qilib yasaladi. Teshiklar tiqilib qolmasligi uchun, teshik pastga qarab 
kengayib boruvchi shaklda qilinadi.
Kolosniklarni 
sterjenlardan 
trapetsidal 
ko´rinishda 
qilib yig‟iladi. 
Moslamaning ko´rinishdagi bu yig‟ish zarrachalar o´tishini osonlashtiradi.
Sochiluvchan materiallar perforatsiyali yuzaga nisbatan µarakati davrida 
klassifikatsiyalash jarayoni sodir bo´ladi. Bunda, perforatsiya qilingan yuza 
qo´zg‟almas yoki tebranma harakatda bo´lishi mumkin. Agar, perforatsiyali yuza 
qo´zg‟almas qilib o´rnatilsa, uning ufqga nisbatan qiyalik burchagi, material 
ishqalanish burchagidan katta burchak ostida bo´lishi kerak.
Klassifikatsiyalash natijasida ikki xil mahsulot, ya‟ni elangan va elanmagan 
maµsulotga ajraladi. Elangani mahsulot - teshiklardan o´tgani bo´lsa, elanmagani 
bu elakdan o´tmagan qismi bo´ladi.


Klassifikatsiyalash bir va ko´p martali bo´ladi. Oddiy klassifikatsiyalashda 
material bir marta elansa, ko´p martali klassifikatsiyada esa teshkilari turli 
o´lchamli bir nechta elaklardan o´tkaziladi.
Elaklar. Ma‟lum bir qator fraksiyalarni klassifikatsiyalab ajratib olish uchun 
quyidagi ko´p marotabali elash usuli qo´llaniladi (28.1-rasm): 
- maydadan yirikga. Ushbu usulda material teshik o‟lchamlari ortib boruvchi 
bir necha elakdan ketma-ket o´tkazish yo´li bilan amalga oshiriladi; 
- yirikdan maydaga. Teshik o´lchamlari kamayib boruvchi elaklar biri-birini 
ustiga o´rnatiladi; 
- kombinatsiyalangan. 

Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling