Amaliy mashg‘ulot-28 Elash va klassifikatsiyalash
Download 45 Kb. Pdf ko'rish
|
a\'meliy jumis- 28.2 Elew ham klassifikaciyalaw
- Bu sahifa navigatsiya:
- 28.4- rasm . Elektromagnit barabanli ajratkich . Elektromagnit barabanli ajratkichda
28.3-rasm . B
arabanli g ‘alvir Baraban bir necha qism (seksiya) dan tashkil topgan. Tozalanmagan don yuqori seksiyaga kelib tushadi. Markazdan qochma kuch ta‟sirida boshoqli material barabanli ajratkichning g‟alvirsilgan devor chetiga uriladi. Material tarkibidagi, qo´shimcha aralashmalar g‟alvir orqali o´tib ketadi, elangani ajratgichdan chiqarib tashlanadi. Don esa, tozalanadigan pastki qismiga tushadi. Tebranuvchi g‟alvir mashinalarining elagi tekis yotiq bo´lib, tebratkich yordamida harakatga keltiriladi. Materialning elak ustida doim tebranib (silkinib) turishi tufayli, elak teshiklari to´lib qolmaydi va zarrachalar teshikdan o´tib ketadi. Ushbu jarayon tebranish chastotasi va amplitudasini o´zgartirish yo´li bilan rostlash oson. G‟alvirda detallarni almashtirish qiyin emas. Sochiluvchan materiallar tarkibidagi temir va cho´yan aralashmalarni tozalash elektromagnit ajratkich yordamida amalga oshiriladi (28.4-rasm). 28.4- rasm . Elektromagnit barabanli ajratkich . Elektromagnit barabanli ajratkichda o´qga mos ravishda qo´zg‟almas magnit joylashtiriladi. Bu magnit o´zgarmas elektr tokida ishlaydi. Baraban aylanganda uning yuzasi elektromagnit qutblari yaqinida joylashgan bo´ladi. Metall aralashmalar kuchli magnit maydon ta‟siriga duch kelib, baraban yuzasiga yopishib qoladi. Magnit maydon ta‟siriga tushmaydigan boshoqli materiallar bunkerga to´kilaveradi. Keyin esa, metall zarrachalar µam maydon ta‟siridan uzoqlashgandan so´ng, ular µam bunkerdan tashqariga yig‟iladi. SHu usulda donlarni metalldan ajratish mumkin bo´ladi. Magnitli ajratkichlar metallarni mashinalarga yuklash jaraenida ham ishlatish mumkin bo´ladi. Јattiq jismlar aralashmasini fraksiyalarga gidravlik klassifikatsiyalash qattiq zarrachalarni suyuqlikda cho´kishininig umumiy qonuniga bo´ysunadi. Gidravlik klassifikatsiyalash suv oqimining gorizontal yoki ko´tarilish harakatida amalga oshiriladi. Oqim tezligi shunday tanlanadiki, bunda klassifikatordan kichik o´lchamli ma‟lum zarrachalar oqim bilan chiqib ketsa - bu zarrachalar yuqori mahsulot deb nomlansa, klassifikatorning o´zida qoladigan zarrachalar o´lchami katta bo´ladi va u ostki mahsulot deb nomlanadi. Markazdan qochma kuch ta‟sirida klassifikatsiyalash esa gidrotsiklonlarda amalga oshiriladi. Havo yordamida ajratish gidravlik klassifikatsiyalashdan farqi shundaki, zarrachalarni havoda ch´ktirish tezligi suyuqlikda cho´kish tezligidan tezroq boradi. Havo yordamida ajratish, siklonli qurilmalarda havoning yuqoriga ko´tariluvchi oqimida amalga oshiriladi. 28.5-rasmda markazdan qochma ajratkich sxemasi ko´rsatilgan. Bunday ajratkichlarni tegirmondan chiqadigan µavo oqimiga ulanadi. Yirik zarrachalar markazdan qochma kuch ta‟sirida xalqa (aylanma) oralik va konus devorlariga urilib ajratiladi. Yig‟ilgan yirik zarrachalar konus devoridan sirpanib-dumalab qurilmaning pastki qismidan ajratib olinadi. Ajralmagan mayda zarrachalar havo oqimi bilan birgalikda siklonga chiqib ketadi. Download 45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling