Amaliy mashg‘ulot-28 Elash va klassifikatsiyalash


- rasm . Markazdan qochma separator


Download 45 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana02.06.2024
Hajmi45 Kb.
#1834965
1   2   3   4
Bog'liq
a\'meliy jumis- 28.2 Elew ham klassifikaciyalaw

28.5- rasm . Markazdan qochma separator
Јattiq materiallarni maydalashning maxsus usullari 
Oxirgi vaqtda qattiq materiallarni portlatish, termik va elektrotermik, µamda 
termomexanik maydalash va yanchish usullari ustida keng miqyosda tadqiqot 
ishlari olib borilmoqda va sanoat texnologiyalariga tadbiq etilmoqda.
Gidravlik portlatish usulida qattiq jismlarni maydalashning mohiyati 
shundaki, parchalash jarayonida material va portlovchi moddalarni suv ichida 
portlatish yo´li bilan amalga oshiriladi. Bunda, portlash moddalarini kengayish 
paytida hosil bo´ladigan juda yuqori bosim, materialga ta‟sir etadi. Undan tashqari, 


suyuqlik ichida portlash natijasida tarqaladigan zarba to´lqini ham material 
parchalanishiga qo´shimcha xissa qo´shadi. 
Elektrogidravlik maydalash usulida materialni parchalovchi zarba to´lqini 
elektr razryadi yordamida hosil qilinadi.
Termik usullarda tozalash, qattiq material bo„laklarini mahalliy qizdirish 
hisobiga amalga oshiriladi. Bunda, qizdirish joyi issiqlik “ponasi” vazifasini 
bajaradi. Issiqlik manbalari sifatida elektr razryadi, ekzotermik yonish reaksiyasi 
issiqliklari, yuqori temperaturali gaz, yuqori temperaturali plazma oqimchalari, 
lazer nuri va hokazo.
Elektrotermik usulda parchalashning moµiyati shundaki, qattiq material 
bevosita elektroenergiya yordamida notekis qizdiriladi. Natijada, hosil bo´lgan 
ichki kuchlanishlar ta‟sirida qattiq material parchalanishi sodir bo´ladi.
Termomexanik usulda maydalash jarayonida materialni qizdirish dastlabki 
jarayon bo´lib faqat uning mustahkamligini kamaytirish uchun q´llaniladi. 
Yakunlovchi jarayon maydalash esa yuqorida ko´rib chiqilgan birorta mexanik 
usulda bajariladi. Ba‟zi hollarda material qizdirilgandan so´ng keskin ravishda 
sovitiladi.
Bu usulning mohiyati shundaki, go´sht mahsuloti solingan germetik idish 
ichida suv bug‟ining ortiqcha bosimi µosil qilinadi. Qurilmada hosil qilinadigan 
ortiqcha bosimning miqdori qayta ishlanayotgan maµsulot turiga bog‟liq. Odatda, 
silindrik shakldagi qurilma ichida suv bug‟ining bosimi kerakli qiymatda ´rnatiladi. 
Qayta ishlanayotgan maµsulotga ma‟lum vaqt ichida ishlov beriladi.So´ng, 
idishdagi ortiqcha bosim 0,001-0,3 s vaqt ichida, keskin ravishda atmosferaga 
chiqarib yuboriladi, ya‟ni atrof muhit bosimi bilan tenglashtiriladi. Natijada 
bosimlar farqi ostida, maµsulot tarkibidagi namlik o´ta qizigan holatdan qisqa onda 
bug‟ agregat µolatiga o´tadi va material ichidan tashqariga qarab juda katta 
tezlikda harakat qiladi. SHu paytda, mahsulot ichidan tashqariga yo´nalgan suv 
bug‟ining kuchi pishgan g´sht maµsulotining yaxlitligini buzadi va uni bo´ylama 
tolalarga parchalaydi.
SHuni alohida ta‟kidlash kerakki, parchalangan go´sht tolalari tayyor µolatda, 
ya‟ni pishgan buladi. Lekin, shunday texnologik rejimlar tanlash mumkinki, 
«portlatish» usulida go´sht ushbu usulda qayta ishlanganda pishib chiqadi, ammo 
yaxlitligi, bir butunligi saqlanib qoladi. Bu turdagi qurilmaning tuzilishi sodda, 
ixcham, f.i.k yuqori, kapital va ekspluatatsion sarflar kam. Kamchiligi shundan 
iboratki, ishlatib bo´lingan bug‟dan qayta foydalanish imkoni yo´q. Hozirgi kunda 
ushbu muammo ustida jadal izlanishlar olib borilmoqda. 

Download 45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling