Separator va uning turlari


Download 3.47 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi3.47 Kb.
#1838826
Bog'liq
Separatorlar


Separator va uning turlari

Separator (lot. separator — ajratkich) — 1) gazdan suyuq va qattiq zarralarni, suyuqlikdan qattiq zarralarni ajratish, qattiq yoki suyuq aralashmalarni tarkibiy qismlarga ajratish uchun moʻljallan-gan qurilma. Ishi suyuklik yoki qattiq jism komponentlarining fizik xususi-yatlari (zarrachalarning shakli, mas-sasi, solishtirma ogʻirligi, magnit xos-sasi va boshqalar) orasidagi farqqa asoslangan.


markazdan qochma
magnit,
tindirma
pnevmatik
ishqalanma
Separatorning turlari

Markazdan qochma Separator-lar (sentrifugalar) da suyuqlik ichidagi ogʻirroq zarrachalar va suyuqliklar markazdan qochma kuch taʼsirida ajraladi. Moyni suv va mexanik aralashmalardan tozalash, sutni qaymoq va yogʻsiz sutga ajratishda qoʻllaniladi.


sut separatori

Magnit Separator foydali minerallarni gʻovak jinslar va keraksiz aralashmalardan ajratish uchun ishlatiladi. Ishi magnit maydonining turli mineral zarralariga turlicha taʼsir etishiga asoslangan.

Tindirma Separator bir-biri bilan aralashmaydigan 2 suyuq-likni rezervuarda tindirish yoʻli bilan ajratadi, bunda bir-biriga nisbatan past-baland joylash-gan 2 ta truba boʻlib, yuqorisi-dan yengil, pastkisidan ogʻirroq suyuqlik chiqadi.

Pnevmatik Separator tegir-monda maydalangan material-ning mayda-yirikligini havo oqi-mi taʼsirida rostlash, uni boyi-tish va boshqalarda ishlatiladi.

Ishqalanma Separator foyda-li qazilmalarni boyitishda qoʻl-lanadi. Gaz Separatorida gaz suyuq va qattiq zarralardan tozalanadi. Buning gravitatsi-on (gaz tezligini keskin pasay-tirishga asoslangan), siklonli (markazdan qochma kuchga asoslangan) xillari bor.

Separator xalq xoʻjali-gining koʻpgina tarmoqlari-da, masalan: un tortish korxonalarida, gaz sanoa-tida, paxta terish mashina-lari va boshqalarda ishla-tiladi

Tayyorladi : TKTI Yangiyer filiali NKMT 102-20 guruh talabasi jo’rayeva shahnoza


Download 3.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling