Ellinizm davlatlari va Rim imperiyasida matematika 201-guruh Matematika ta’lim yo’nalishi talabasi


Download 1.74 Mb.
bet1/3
Sana20.10.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1711972
  1   2   3
Bog'liq
Nafosat

Ellinizm davlatlari va Rim imperiyasida matematika

201-guruh Matematika ta’lim yo’nalishi talabasi

Sharipova Nafosat

REJA

1.Ellinizim davlatlarida matematika

2. Qadimgi Rim imperiyasida matematika

Matematika!?

Matematika (qadimgi yunoncha: μᾰθημᾰτικά; μάθημα — „bilim“, „fan“) — aniq mantiqiy mushohadalarga asoslangan bilimlar haqidagi fan. Dastlabki obyekti sanoq boʻlgani uchun koʻpincha unga „hisob-kitob haqidagi fan“ deb qaralgan (bugungi matematikada hisoblashlar, hatto formulalar ustidagi amallar juda kichik oʻrin egallaydi). Matematika eng qadimiy fanlardan biri boʻlib, uzoq rivojlanish tarixini bosib oʻtgan va buning barobarida „matematika nima?“ degan savolga javob ham oʻzgarib, chuqurlashib borgan. Yunonistonda matematika deganda geometriya tushunilgan. IX—XIII asrlarda matematika tushunchasini algebra va trigonometriya kengaytirgan. 17—18-asrlarda matematikada analitik geometriya, differensial va integral hisob asosiy oʻrinni egallaganidan soʻng, to XX asr boshlarigacha u „miqdoriy munosabatlar va fazoviy shakllar haqidagi fan“ mazmunida taʼriflangan.

Ellinizim davlatlarida matematika


Ayni shu davrdan boshlab bilimlarning nazariy asosini
tashkil etuvchi
sifatida matematik tarixi boshlanadi. Shu paytdan e’tiboran matematika tabiat 
qonunlarini tasvirlash, amalda masalalar yechish vositasi uchun universal til degan
fikr ham paydo bo’lgan. 
Uch yuz yil mobaynida qadimgi Gresiya olimlari shunday nazariyalarini
yaratdilarki, ularning haqiqatdan chuqur va ilmiyligi
faqatgina XIX va XX asr 
matematiklarigina tushunishlari va baholashlari mumkin edi.
Qadimgi Gresiya birinchi olimi bo’lib Fales Miletskiy
(eramizgacha 638-637- 548 547 yillar) hisoblanadi. Undan boshlab misr va vavilon 
empirik matematikasi deduktiv fanga aylana boshladi. 
Gippokrat Xiosskiy (eramizgacha V asr) birinchi bo’lib, yuzalari yig’indisi
to’g’ri burchakli uchburchakka tengdosh bo’lgan hamda aylana yoylari bilan
chegaralangan figuralar (gippokrat oychalari) ni kashf etdi.
________________________________________
Gippokrat oychalari —ikkita aylana yoylari bilan chegaralangan
Gippokrat Xiosskiy ko’rsatgan o’roqsimon shakllar. Ularning xususiyati shundaki,
bu shakllarni kvdratlashtirish mumkin, ya’ni
sirkul va chizg’ich yordamida ularga
tengdosh to’g’ri to’rtburchaklar yasash mumkin.
Gippokrat shu yo’l bilan
«doira kvadraturasa» muammosini yechishga harakat qilgan. Lekin bunga erisha
olmagan. Oddiy misol rasmda keltirilgan.
Oycha ikkita yoy bilan chegaralangan
-tengyonli to’g’ri burchakli uchburchak
gipotenzuasiga teng diametrli yarim aylana
va markazi D nuqtada bo’lgan aylana yoyi
bilan. Bunda shtrixlangan oynacha yuzi
to’rtburchak yuziga teng.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling