Ellinizm davlatlari va Rim imperiyasida matematika 201-guruh Matematika ta’lim yo’nalishi talabasi


Download 1.74 Mb.
bet2/3
Sana20.10.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1711972
1   2   3
Bog'liq
Nafosat

Rim imperiyasi matematikasi


Ellinizm davri Aleksandr Makedonskiy (eramizgacha 332-323 yillar) ning 
Gresiyadan tashqariga harbiy yurishlari bilan boshlandi. Aleksandr vafotidan keyin
uning tomonidan vujudga keltirilgan imperiya parchalana bordi, ularda harbiy 
boshliqlar dinastiyalari hukmronlik qilar edilar. Fan eng yuksak rivojlanishga Ptolemey Misr dinastiyasi davrida erishdi. Poytaxt o’lkasi Aleksandriyada 
Musayon ilmiy markazi faoliyat ko’rsatar edi. Va unda ulkan kutubxona mavjud
bo’lib, 700 000 manuskript mavjud edi. Musayonda o’sha davrning yirik olimlari 
ishlar edilar.
Bu davrda, ayniqsa, aniq fanlar, shuningdek matematika ham
rivojlandi. Aleksandriyskiy Geron ( I asr) talantli muhandis Musayonda ishlab, turli mashinalarni ixtiro qilgan. Uning «Metrika» kitobi uchburchak yuzini hisoblash uchun Geron formulasini o’z ichiga olgan. Manelay Aleksandriyskiy (I-II asrlar) «Sferika» kitobida sferik geometriya sistematik bayonini berdi – u Yevkliddan so’ng birinchi geometrik sistema bo’lib
hisoblanadi. II asr o’rtalariga kelib Aleksandriyada mashhur astronom Klavdiy Ptolomey (170 yilda vafot etgan) ishlar edi. Uning «Matematik yasashlar» («Almagest» - grekchadan «Eng katta») asari osmon jismlari ko’rinishining
matematik modelini o’z ichiga olgan bo’lib, bu olamning Ptolemey geosentrik sistemasi deb ham ataladi.
Tarixning o’ziga xos mo’jizasi, topishmog’i bo’lib III asrda yozilgan Diofant Aleksandriyskiyning «Arifmetika» kitobi hisoblanadi.

Mazkur kitob juda ham ko’p g’oyalar, qiziqarli masalalar hamda topishmoqlarga boy. Bulardan ko’plari hozirgacha ham yechilmagan, vaholonki, ular bilan turli davr va xalqlar mashhur matematiklari shug’ullanganlar.

Mazkur kitob juda ham ko’p g’oyalar, qiziqarli masalalar hamda topishmoqlarga boy. Bulardan ko’plari hozirgacha ham yechilmagan, vaholonki, ular bilan turli davr va xalqlar mashhur matematiklari shug’ullanganlar.


Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling