190
Boldir mushaklari tizza, boldir-oyoq panja va oyoq panjasi
bo‘ g‘im lariga ta’sir qilib, tanani vertikal
holatda tutishga va yer-
da yurish ga moslashgan. Shuning uchun ular boldir-oyoq panja
bo‘g‘imi va oyoq panjasi bo‘g‘imlarini frontal o‘q atrofida hara-
katga keltirish uchun ko‘proq oldingi
va orqa tomonlarida joy-
lashgan. Oyoq panjasining sagittal o‘q atrofidagi harakati late-
ral guruh mushaklari ta’siri ostida bo‘ladi. Boldir mushaklarining
go‘shtdor
qismi proksimal, paylari esa distal joylashgani uchun
boldir konus shaklida bo‘ladi. Boldir mushaklari: oldingi, orqa va
lateral guruhga bo‘linadi.
Boldirning oldingi guruh mushaklari
oldingi katta boldir, bar-
moqlarni yozuvchi uzun mushak va oyoq bosh barmog‘ini yozuv-
chi uzun mu shaklardan iborat.
1.
Oldingi katta boldir mushagi (m. tibialis anterior)
boldir-
ning oldingi yuzasida joylashadi (100-rasm). Katta boldir suyagi-
ning tash qi do‘ngligidan, suyak tanasining tashqi yuzasini yuqori
qismi va suyaklararo pardadan boshlanadi.
Mushak pastga tomon
yo‘nalib, boldirning past ki qismida uzun payga aylanadi. Uning
payi oyoq panjasining medial chekkasini aylanib o‘tgach, medial
ponasimon suyakning kaft yuzasiga va
I kaft suyagi asosiga biri-
kadi.
Faoliyati: oyoq panjasini yozib, medial chekkasini ko‘taradi va
tashqariga buradi.
2.
Do'stlaringiz bilan baham: