Katta dumba mushagi (m. gluteus maximus) odamning tik
holat da yurishi munosabati bilan kuchli rivojlangan mushakdir.
U yonbosh suyagining tashqi yuzasi, dumg‘aza va dum suyakla-
rining orqa yuzasi va dumg‘aza-quymich do‘mbog‘i boylamidan
boshlanadi.
Mushak tolalari pastga va lateral tomonga qiyshiq yo‘nalib,
son suyagining dumba g‘adir-budurligiga birikadi. Faoliyati: son-
ni chanoq-son bo‘g‘imida yozadi va tashqariga buradi. Oyoqlar qi-
mirlamay tursa, engashgan tanani orqaga tortib to‘g‘rilaydi.
2.
O‘rta va kichik dumba mushaklari (m. gluteus medius et
minimus)
ustma-ust joylashadi. Yonbosh suya gining tashqi yuza-
sidan bosh lanadi va son suyagi katta ko‘sti sohasiga birikadi.
Fao liyati: sonni uzoq lashtiradi va qisman ichkariga buradi. Oyo-
qlar qimirlamay turganida chanoqni va tanani tik holatda tutadi.
3.
Keng fassiyani taranglovchi mushak (m. tensor fasciae la-
tae)
yonbosh suyagining oldingi pastki o‘tkir o‘sig‘idan va yon-
bosh qirrasining unga yaqin qismidan boshlanadi. Sonning yuqo-
ri va o‘rta uchdan bir qismi oralig‘ida keng fassiyaning yonbosh-
boldir traktiga o‘tib katta boldir suyagining tashqi do‘ngiga birika-
di. Faoliyati: yonbosh-boldir traktini taranglaydi, sonni bukadi.
4.
Noksimon mushak (m. piriformis) dumg‘aza suyagining
chanoq yuzasidan dumg‘aza chanoq teshiklarining lateral tomo-
nidan boshlanadi. U katta quymich teshigidan o‘tib, son suyagi
katta ko‘sti uchining medial yuzasiga birikadi. Bu mushak katta
quymich teshigini butunlay to‘ldirmaydi. Uning ustki va pastki to-
monlarida qon tomir va nervlar o‘tishi uchun teshiklar qoladi.
Faoliyati: sonni tashqariga buradi va uzoqlashtiradi.
5.
Ichki yopqich mushagi (m. obturatorius internus) yopqich
te shikning chekkasidan va yopqich pardaning ichki yuzasidan,
quymich suyagining chanoq yuzasidan boshlanadi. U kichik cha-
noq bo‘sh lig‘idan kichik quymich teshigi orqali chiqib, son suya-
gi katta ko‘sti chuqurchasiga birikadi. Bu mushak bilan birga ki-
chik quymich teshigi orqali ustki va pastki egizak mushaklar ham
o‘tadi.
6.
Do'stlaringiz bilan baham: |