Oʻq organlari va dastlabki organlarning hosil boʻlishi


Download 404.49 Kb.
Sana11.03.2023
Hajmi404.49 Kb.
#1260244
Bog'liq
no 12..

Oʻq organlari va dastlabki organlarning hosil boʻlishi

Endoderma (endo... Va derma) — oʻsimliklarda birlamchi poʻstloqning oʻq organlari markaziy silindriga yondosh boʻlgan bir qator joylashgan hujayralardan iborat ichki qavati. Poyada E. Kam ixtisoslashgan, ikkilamchi kraxmalga ega. Ildizda E. Hujayralari poʻstida yoʻgʻonlashuv — Kaspari belbogʻi boʻladi. Kaspari belbogʻi tarkibidagi suberin va lignin moddasi hujayra poʻstining suv va ion oʻtkazmasligini taʼminlaydi. Faqat E.ning ayrim hujayralari yupqa poʻstli boʻlib, suv oʻtkazadi (oʻtkazuvchi hujayralar). E. — birlamchi poyadan oʻtkazuvchi naylar va teskari yoʻnalishda moddalar oqishini boshqarish vazifasini bajaradi.Hayvonlarda — boʻshliqichlilar tipiga mansub hayvonlarda tana devorining ichki tomonida bir qator boʻlib joylashgan hujayralar qavati; ichki gastral boʻshliqni oʻrab turadi. Hazm qiluvchi — muskul va bezli hujayralardan iborat. Hazm suyuqligi ishlab chiqarish va oziqni hazm qilish vazifasini bajaradi.

  • Endoderma (endo... Va derma) — oʻsimliklarda birlamchi poʻstloqning oʻq organlari markaziy silindriga yondosh boʻlgan bir qator joylashgan hujayralardan iborat ichki qavati. Poyada E. Kam ixtisoslashgan, ikkilamchi kraxmalga ega. Ildizda E. Hujayralari poʻstida yoʻgʻonlashuv — Kaspari belbogʻi boʻladi. Kaspari belbogʻi tarkibidagi suberin va lignin moddasi hujayra poʻstining suv va ion oʻtkazmasligini taʼminlaydi. Faqat E.ning ayrim hujayralari yupqa poʻstli boʻlib, suv oʻtkazadi (oʻtkazuvchi hujayralar). E. — birlamchi poyadan oʻtkazuvchi naylar va teskari yoʻnalishda moddalar oqishini boshqarish vazifasini bajaradi.Hayvonlarda — boʻshliqichlilar tipiga mansub hayvonlarda tana devorining ichki tomonida bir qator boʻlib joylashgan hujayralar qavati; ichki gastral boʻshliqni oʻrab turadi. Hazm qiluvchi — muskul va bezli hujayralardan iborat. Hazm suyuqligi ishlab chiqarish va oziqni hazm qilish vazifasini bajaradi.

Organogenez (yun. Organon — organ va ... Genez) — kup hujayralilarda em-briogenezning oxirgi bosqichi, organlarning hosil boʻlishi, shakllanishi va ixtisoslashuvi jarayoni. O. Gastrulyasiyada ektoderma, entoderma, mezoderma kabi homila qavatlari hosil boʻlishidan boshlanadi. Ektodermadan nerv sistemasi, sezgi organlari, terining ustki qismi va uning hosilalari, oldingi va orqa ichak epiteliy-si; entodermadan oʻrta ichak epiteliy-si, hazm bezlari, nafas organlari; mezodermadan tayanch harakat sistemasi, skelet va muskullar, yurak, qon va limfa tomirlari, jinsiy va siydik organlari hosil boʻladi.Oʻsimliklarda “O.” termini, odatda, asosiy organlar (ildiz, poya, barg , gullar)ning ontogenez jarayonida meristemadan shakllanishi va rivojlanishini ifodalaydi.

  • Organogenez (yun. Organon — organ va ... Genez) — kup hujayralilarda em-briogenezning oxirgi bosqichi, organlarning hosil boʻlishi, shakllanishi va ixtisoslashuvi jarayoni. O. Gastrulyasiyada ektoderma, entoderma, mezoderma kabi homila qavatlari hosil boʻlishidan boshlanadi. Ektodermadan nerv sistemasi, sezgi organlari, terining ustki qismi va uning hosilalari, oldingi va orqa ichak epiteliy-si; entodermadan oʻrta ichak epiteliy-si, hazm bezlari, nafas organlari; mezodermadan tayanch harakat sistemasi, skelet va muskullar, yurak, qon va limfa tomirlari, jinsiy va siydik organlari hosil boʻladi.Oʻsimliklarda “O.” termini, odatda, asosiy organlar (ildiz, poya, barg , gullar)ning ontogenez jarayonida meristemadan shakllanishi va rivojlanishini ifodalaydi.

Mezoderma (mezo... Va yun. Dermateri) — gʻovaktanlilar va boʻshliqichlilardan tashqari hamma koʻp hujayrali hayvonlar homilasi rivojlanishining gastrula bosqichida hosil boʻladigan oʻrta qavati. Hayvonlarda M. Har xil yoʻl bilan vujudga keladi. Embrional rivojlanishda mezoderma varaqlari oraligʻida selom hosil boʻladi va M. Somitlar (segmentlar)ga ajraladi. Keyinchalik har bir somitdan muayyan toʻqima va organlar rivojlanadi. Mac, miotomlardan — koʻndalangtargʻil muskullar, dermatomlardan — teri, sklerotomlardan — togʻay va suyaklar hosil boʻladi.

  • Mezoderma (mezo... Va yun. Dermateri) — gʻovaktanlilar va boʻshliqichlilardan tashqari hamma koʻp hujayrali hayvonlar homilasi rivojlanishining gastrula bosqichida hosil boʻladigan oʻrta qavati. Hayvonlarda M. Har xil yoʻl bilan vujudga keladi. Embrional rivojlanishda mezoderma varaqlari oraligʻida selom hosil boʻladi va M. Somitlar (segmentlar)ga ajraladi. Keyinchalik har bir somitdan muayyan toʻqima va organlar rivojlanadi. Mac, miotomlardan — koʻndalangtargʻil muskullar, dermatomlardan — teri, sklerotomlardan — togʻay va suyaklar hosil boʻladi.

Skelet (lot. Skeletos — qurib qolgan) —odam va hayvonlar organizmida tayanch va himoya funksiyasini bajaradigan qattiq toʻqimalar majmui. Bir qancha umurtqasiz hayvonlarda chigʻanoq yoki kutikuladan iborat tashki S. Rivojlangan. Tashqi kutikula S. Chuvalchanglar va boʻgʻimoyoqlilar uchun xos. Boʻgʻimoyoklilar kutikula Siga ohak shimilgan. Gidroid poliplar koloniyasi umumiy S. — perisark bilan qoplangan. Tropik dengizlarda keng tarkalgan madrepor korallarning ohak Si ham tashqi hisoblanadi. Ichki S. Gʻovaktanlilarda rivojlangan boʻlib, ohak yoki kremniy ninalardan iborat. Ignaterililar Si teri osti biriktiruvchi toʻqimasida joylashgan, ohak S. Mezodermada hosil boʻladi..

  • Skelet (lot. Skeletos — qurib qolgan) —odam va hayvonlar organizmida tayanch va himoya funksiyasini bajaradigan qattiq toʻqimalar majmui. Bir qancha umurtqasiz hayvonlarda chigʻanoq yoki kutikuladan iborat tashki S. Rivojlangan. Tashqi kutikula S. Chuvalchanglar va boʻgʻimoyoqlilar uchun xos. Boʻgʻimoyoklilar kutikula Siga ohak shimilgan. Gidroid poliplar koloniyasi umumiy S. — perisark bilan qoplangan. Tropik dengizlarda keng tarkalgan madrepor korallarning ohak Si ham tashqi hisoblanadi. Ichki S. Gʻovaktanlilarda rivojlangan boʻlib, ohak yoki kremniy ninalardan iborat. Ignaterililar Si teri osti biriktiruvchi toʻqimasida joylashgan, ohak S. Mezodermada hosil boʻladi..

Download 404.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling