Reja: Xususiy kapital to’g’risidagi hisobotning mazmuni va mohiyati


Download 163.71 Kb.
bet1/7
Sana14.12.2022
Hajmi163.71 Kb.
#1001912
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
bh xususiy


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI MOLIYA FAKULTETI



REFERAT
MMT-80K 3-kurs talabasi
Fan: Buxgalteriya hisobi
Mavzu: Xususiy kapitali to’g’risidagi hisobot va uni tuzish
Tayorladi:Xasanov A. M.
Tekshirdi: Ochilov I. K.
Reja:

  1. Xususiy kapital to’g’risidagi hisobotning mazmuni va mohiyati

  2. Xususiy kapital tarkibi.

  3. Amaliy korxona jarayonidan namunalar

Korxonalar o’z faoliyatlarini uzluksiz davom ettirishlari uchun mehnat vositalari, predmetlari va ishchi kuchlariga ega bo’lishi lozim. Ular bilan ta’minlash uchun korxonada mablag’lar mavjud bo’lishi zarur. Ushbu mablag’lar bilan ta’minlash manbai o’z mablag’lari va jalb qilingan mablag’lar hisobidan amalga oshiriladi.


O’z mablag’lari manbai keng qamrovli tushuncha bo’lib, u bir qancha ko’rsatkichlar majmuidan iboratdir:



  1. Ustav kapitali.




  1. Rezerv kapitali.




  1. Qo’shilgan capital.




  1. Тaqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar).




  1. Maqsadli tushum va fondler.




  1. Kelgusi davr sarflari va to’lovlar uchun rezervlar.

O’z mablag’lar manbaining asosini, xususiy kapital tashkil etadi. Хususiy kapital ham kapital ham o’z navbatida bir qancha ko’rsatkichlar majmuidan tashkil topgan bo’lib, uning shakllanishishi ushbu omillar asosida belgilanadi, ya’ni:


ustav kapitali;


rezerv kapitali;


qo’shilgan kapital;


taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) va boshqalar.


O’zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunning 14-moddasida «Хususiy kapital-ustav kapitali, qo’shilgan va rezerv kapitalidan hamda taqsimlanilmagan foydadan tarkib topadi» deb ko’rsatilgan. O’z mablag’lar manbai tarkibiga kiruvchi ayrim ko’rsatkichlar (maqsadli tushum va fondlar, kelgusi davr sarflari va to’lovlar uchun rezervlar, kelgusi davr daromadlari) mohiyatiga ko’ra xususiy kapital ko’rsatkichlari bilan bir xildir. Shu sababli, xususiy kapital hisobi ular bilan birga olib boriladi va ularni mablag’larining manbai sifatida qarashi inkor qilinmaydi.


Хususiy kapitalning shakllanishi–xo’jalik jarayonini yuritish maqsadida jalb qilingan xususiy mablag’lar, uning faoliyati davomida erishilgan sof foydasi xamda inflyasiya ta’sirida yuzaga lelgan tafovut summalari natijasida jamlangan mablag’lari asosida tartibga solinadi. Shuningdek, bu mablag’lar manbai aksariyat hollarda xo’jalik faoliyatining dastlabki bosqichlaridan yuzaga keladi.
Ushbu hisobotning asosiy maqsadi foydalanuvchilarga qurilish tashkilotining xususiy kapitalining holati va uning o‘zgarishi to‘g‘risida pul o‘lchov birligidagi ma’lumotlarni berish hisoblanadi.
Hisobot to‘qqizta ustunchadan iborot. Uning 1 va 2-ustunlarida hisobotning ko‘rsatkichlari va ularga birkitilgan satrlarning raqamlari ko‘rsatiladi. Hisobotning 3-8 ustunlari xususiy kapitalning alohida turlarining holati va harakatiga doir ma’lumotlarni aks ettirishga mo‘ljallangan.
Hisobotning har bir satrida xususiy kapitalning holati, ko‘payishi va kamayishi, shuningdek turli boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Ushbu ma’lumotlar xususiy kapitalning elementlarini hisobi uchun mo‘ljallangan schyotlardan (8300, 8400, 8500, 8600, 8700, 8800) olinadi.
Korxonalar va xo’jalik hisobidagi tashkilotlar moliyaviy hisobot shakllarini to‘lg‘azishda O‘zbekiston respublikasi moliya vazirining “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2002-yil 27-dekabr,140-son buyrug‘iga asoslaniladi.
XUSUSIY KAPITAL TO‘G‘RISIDA HISOBOT (5-SON ShAKL)
Xususiy kapital to‘g‘risida hisobot hisobot yilida korxonani xususiy kapitalining shakllanish manbalari kesimida holati va harakatini aks ettiradi. “Yil boshidagi qoldiq” (010-satr) moddasi bo‘yicha yil boshidagi holat bo‘yicha quyidagi axborot aks ettiriladi:
a) 3-ustunda — “Ustav kapitali” — ta’sis hujjatlarida qayd etilgan va ustav kapitalini hisobga oluvchi hisoblarida (8300) ko‘rsatilgan ustav kapitalining summasi ko‘rsatiladi;
b) 4-ustunda — “Qo‘shilgan kapital” — qo‘shilgan kapitalni hisobga oluvchi hisoblarida (8400) qayd etilgan qo‘shilgan kapital summasi ko‘rsatiladi;
d) 5-ustunda — “Rezerv kapitali” — qonunchilik hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, rezerv kapitalini hisobga oluvchi hisoblarida (8500) qayd etilgan rezerv kapitali mablag‘lari summasi aks ettiriladi;
g) 6-ustunda — “Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zararlar)” — taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga oluvchi hisoblarida (8700) qayd etilgan, yil boshida taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) summasi ko‘rsatiladi;
d) 7-ustunda — “Sotib olingan xususiy aksiyalari” — sotib olingan xususiy aksiyalarini hisobga oluvchi hisoblarida (8600) qayd etilgan, korxonada bo‘lgan sotib olingan xususiy aksiyalarining summasi; ularni keyin tarqatish yoki yo‘q qilish uchun, ko‘rsatiladi;
e) 8-ustunda — “Maqsadli tushumlar va boshqalar” — maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun budjetdan, maxsus jamg‘armalar, boshqa korxonalar, jismoniy shaxslardan grantlar, subsidiyalar, a’zolik badallari ko‘rinishida tekin (bepul)ga olingan aktivlar va boshqa maqsadli tushumlar, shuningdek xususiy kapitalini shakllantirishning boshqa manbalari ko‘rsatiladi.
“Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi” (020-satr) moddasi bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hisobot yilida qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va sotishdan olingan nominal qiymat va emissiya daromadi summasi aks ettiriladi.
“Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash” (030-satr) moddasi bo‘yicha hisobot yilining birinchi sanasi holati bo‘yicha har yili qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan asosiy fondlarni qayta baholashdan tashqari, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash summasi aks ettiriladi.
“Ustav kapitalini shakllantirishda paydo bo‘lgan valyuta kursi farqi” 040-satr)moddasi bo‘yicha buxgalteriya hisobida 8420 “Ustav kapitalini shakllantirishdagi valyuta kursi farqi”hisobida aks ettiriladigan, ta’sis hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish sanasida va mablag‘lar ustav kapitaliga haqiqatda kiritilgan sanada Markaziy bank kurslari o‘rtasida yuzaga keladigan, korxonaning ustav kapitalini shakllantirishda hisobot yili uchun kurslardagi farq aks ettiriladi.
“Rezerv kapitaliga ajratmalar” (050-satr) moddasi bo‘yicha ta’sis hujjatlariga ko‘ra va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hisobot yili uchun rezerv kapitalga ajratmalar summasi aks ettiriladi.
“Joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (zarari)” (060-satr) moddasi bo‘yicha hisobot yilida olingan sof foyda (zarar) summasi ko‘rsatiladi.
“Tekinga olingan mol-mulk” (070-satr) moddasi bo‘yicha hisobot yilida turli manbalardan tekinga olingan mol-mulkning qiymati ko‘rsatiladi.
“Maqsadli foydalanish uchun olingan mablag‘lar” (080-satr) moddasi bo‘yicha hisobot yilida olingan grantlar, subsidiyalar, a’zolik badallari va maqsadli foydalanish uchun boshqa maqsadli tushumlar ko‘rsatiladi.
“Hisoblangan dividendlar” (090-satr) moddasi bo‘yicha hisobot davrining taqsimlanmagan foydasidan va avvalgi yillardan to‘plangan foydadan joriy hisobot yilida hisoblab yozilgan dividendlar summasi ko‘rsatiladi.
“Xususiy kapitalini shakllantirishning boshqa manbalari” (100-satr) moddasi bo‘yicha xususiy kapitalini shakllantirishning boshqa manbalari summasi ko‘rsatiladi.
“Yil oxiridagi qoldiq” (110-satr) moddasi bo‘yicha tegishli ustunlar bo‘yicha hisobot davri oxirida xususiy kapitalining saldosi ko‘rsatiladi. Bunda, 030, 040, 050, 100-satrlarda aks ettirilgan va 8420 — “Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farq”, 8510 — “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar”, 8520-”Rezerv kapital” hisoblarida, maqsadli tushumlar (8800) hisoblarida hamda kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervini hisobga oluvchi (8900) hisoblarda hisobda turgan xususiy kapitali manbalarining yil boshidagi summaga nisbatan kamayishi minus belgisi bilan ko‘rsatiladi. Shuningdek, minus belgisi bilan hisobot yilidagi hisoblangan dividendlar (090-satr) va qoplanmagan zarar (060-satr) summasi aks ettiriladi.
“Xususiy kapitalning ko‘payishi (+) yoki kamayishi (-)” moddasi bo‘yicha (120-satr) yil boshidagi summa bilan qiyoslaganda hisobot yili oxirida xususiy kapitalning ko‘payishi yoki kamayishi summasi aks ettiriladi.
Aksiyadorlik jamiyatlari 130 dan 150-satrlargacha bo‘lgan satrlarni ma’lumot uchun to‘ldiradilar . Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot ko’rsatkichlari va ularning mazmuni. Хo’jalikning xususiy kapitallari uning moliyaviy salohiyatining asosiy qismi bo’lib, u ustav, qo’shilgan va rezerv kapitallarini va taqsimlanmagan foydani o’z ichiga oladi.
№21 BHMAga muvofiq grantlar, subsidiyalar va qaytarib berilmaydigan yordamlar ham korxonaning xususiy kapitaliga taalluqli bo’lib, moliya-xo’jalik faoliyatini moliyalashtirish manbai hisoblanadi.
Bozor munosabatlari xususiy mablag’lar harakati, ya’ni manbalar bo’yicha o’sish, ularning yil boshiga va yil oxiriga qoldig’ining har bir turi bo’yicha ishonarli, to’la iqtisodiy axborotni tezkorlik bilan olish hamda foydalanishni talab etadi.
Хususiy kapital ko’rsatkichlari korxona faoliyati bilan bevosita qiziqtiruvchilar tomonidan tartibga solinib nazorat qilinsa, o’z mablag’lar manbaining qolgan tarkibiy qismlarida tashqi su’yektlarning (bilvosita qiziquvchilarning) ishtiroki nazarda tutiladi. Хususiy kapital to’g’risidagi hisobotning asosiy ko’rsatkichlaridan biri ustav kapital hisoblanadi va uning qiymati korxonaning ustavida belgilanadi. Ustav kapitali ta’sis hujjatlarida belgilangan hissalarning (pul ifodasidagi) yig’indisidir. Ustav kapitaliga hissa shaklida qo’shiladigan moddiy va nomoddiy aktivlar ta’sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs ijrochi organining qaroriga ko’ra baholanadi va hisobga olinadi. Ustav kapitali nodavlat sektorida bir qancha jismoniy va yuridik shaxslarning hissasiga asoslanib tashkil etilgan mablag’lar manbaini ko’rsatib, ular aksionerlik jamiyati va shu kabi boshqa mulkchilik shakllarida namoyon bo’ladi. Shu bilan birgalikda ustav fondi atamasi ham mavjud.

Ustav fondi davlat sektoriga qarashli korxona va tashkilotlar uchun qo’llaniladigan atama bo’lib, unda byudjet tomonidan ajratilgan mulk ko’rsatiladi. Хususiy kapital tarkibida ustav kapitali bilan tenglashtiriladigan aksionerlik kapitali atamasi ham mavjuddir. Ammo ustav kapitali bilan aksionerlik kapitalining o’xshashlik tomonlari bilan birgalikda quyidagi farqlar ham majud:


aksionerlik kapitali faqat aksionerlarning mulkdagi hissasini ko’rsatsa, ustav kapitali barcha sarmoyadorlar summasini belgilaydi;


ustav kapitali aksionerlik kapitalidan mazmuni va ko’lami bo’yicha farq qiladi;


aksionerlik kapitali faqat aksiya chiqarish va joylashtirish bilan ham shakllantiriladi;


ustav kapitalini foyda hisobiga o’stirish mumkin bo’lsa, aksionerlik kapitalini qayta oshirish yo’llari bilan ko’paytirish mumkin;


aksionerlik kapitali – aksionerlik jamiyatlari (ochiq turdagi aksionerlik jamiyati, yopiq turdagi aksionerlik jamiyati)ni tashkil etishdagi mablag’lar manbaini shakllantirsa, ustav kapitali-ham xususiy va aralash korxonalarda qo’llaniladi. Хususiy kapital tarkibida qo’shilgan va zaxira kapitali, shuningdek taqsimlanmagan foyda ham alohida ko’rsatkich sifatida hisobga olinadi. Qo’shilgan kapital aksiyalarni nominal qimatidan baland narxlarda dastlabki sotishdan olinadigan emissiya daromadini aks ettiradi.


Zaxira kapitali esa mol-mulkni qayta baholash chog’ida hosil bo’ladigan inflyatsiya zaxiralarini, shuningdek, tekinga olingan mol-mulk qiymatini aks ettiradi. Тaqsimlanmagan foyda foydaning jamg’arilayotganini ifodalaydi va mulkdorlarning qaroriga binoan ustav kapitaliga qo’shilishi mumkin.
Korxonaning ustav faoliyatini amalga oshirish, jamoada ishlab chiqarishni va ijtimoiy sohani rivojlantirish maqsadida ustav kapitali, zaxira kapitali va qo’shilgan kapital yaratiladi. Тaqsimlanmagan foyda esa korxona faoliyati natijasida vujudga keladi. Ularni tekshirishdan maqsad korxonaning barqaror faoliyat qilishi, raqobatbardoshligi va ishlab chiqarishi yanada rivojlantirishini ta’minlashdan iborat.
Maqsadli tushum va fondlar, ya’ni «Grantlar, subsidiyalar va qaytarilmaydigan yordamlarni xususiy kapital sifatida aks ettirish uchun quyidagi shart sharoitlar asos bo’ladi:

-ma’lum shartlar bajarilganida qaytarib bermaslik;


-subsidiyalar va grantlarni jalb qilish uchun xarajatlar qilinmaydi, demak, ular daromad hisoblanmaydi (mos kelish tamoyildan kelib chiqib).Тa’kidlash joizki, subsidiyalaar va grantlar turli nodavlat tashkilotlar va fondlar tomonidan korxonalarga ma’lum dasturlarni amalga oshirishlari uchun beriladi. Shuningdek, Davlat tomonidan berilgan yordam (subsidiya) bu iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida va ular tomonidan belgilangan shartlarni bajarganda davlat (hukumat) tomonidan pul hamda moddiy ko’rinishda tekinga berilgan yordamdir. Хususiy kapital tarkibida kelgusi davr sarflari va to’lovlar uchun rezervlar ham hisobga olinadi hamda ular xarajatlar va to’lovlarni bir tekisda ishlab chiqarishga kiritish masqadida, belgilangan tartibda rezerv qilingan summalar va ularning harakati haqida axborotlarni o’zida umumlashtiradi. Jumladan: asosiy vositalarni ta’miri bo’yicha rezerv qilinadigan xarajatlar; vaqtinchalik (titulli) bino va inshootlarni tiklash bo’yicha xarajatlar va hokazolar. Shunday qilib, korxonaning xususiy kapital ko’rsatkichlari ushbu hisobotning mazmuni va mohiyatini ochib beradi hamda ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun zarur ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.


Yangi tuzilgan korxona birinchi moliyaviy hisobotini e’lon qilgunga qadar, o‘zi tanlagan hisob yuritish siyosatini rasmiylashtiradi va uni yuridik shaxs maqomini olgan vaqtdan boshlab, 90 kun ichida amalga oshiradi. Korxona tomonidan tanlangan hisob yuritish siyosati yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan vaqtdan ya’ni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin qo‘llanilishi mumkin.
Xususiy kapital tarkibi quyidagi qismlardan tashkil topadi:





Download 163.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling