Psixologik o‘lchov. Sensor deprivatsiyasi . Sezgi psixofizikasi Perseptiv timsollarning tashkil topishi: o‘rganish metodlari Reja: - 1.Dastlabki psixologik o‘lchov nazariyalari.
- 2.O‘lchov shkalalarining turlari. Psixologik o‘lchovlarining turlari.
- 3.Sensor deprivatsiya tushunchasi.
- 4.Sensor deprivatsiyasining namoyon bo‘lish shart-sharoitlari.
- 5.Sezgi pog‘onalari va analizatorlarning sezgirligi.
- 6.Absolyut va differensial sezgirlik.
- 7.Differensial sezgirlikni o‘lchash. Buger-Veber, Fexner qonunlari.
- 8.Absolyut sezgirlikni o‘lchash. Sezgining sub’ektiv va ob’ektiv ko‘rsatgichlari.
Dastlabki psixologik o‘lchov nazariyalari. - Metodologiya - uslibiyot deb ilmiy tadqiqot tamoyillari tizimiga aytiladi. Aynan, metodologiya to‘plangan faktlar bilimning real va ishonchli asosiga qay darajada xizmat qilishi mumkinligini aniqlaydi. Rasmiy nuqtai nazardan, metodologiya real hayot haqidagi bilimlar mazmuni bilan bog‘liq bo‘lmay, balki bilimlarni tashkil etish borasidagi jarayonlar bilan ish ko‘radi. Shuning uchun «metodologiya» termini, odatda, tadqiq etilgan protsedura, texnika, usullar majmuini va ma‘lumotlar to‘plash, ularni qayta ishlashni anglatadi. Metodologiyani mohiyatan tushunish tadqiqot predmeti doirasidagi evristik (ya‘ni, izlanayotgan) funksiyani amalga oshirish asoslanadi. Har qanday nazariy bilimlar tizimi nafaqat predmet doirasidagi tasvirlash va tushuntirish mazmuniga ega bo‘ladi, balki, bir vaqtning o‘zida yangi bilimlar izlanishida qurol hisoblanadi. Predmet doirasidagi ob‘yektiv hayotni aks ettiruvchi nazariya qanchalik tamoyil va qonunlarni shakllantirsa u shunchalik voqye‘likning o‘rganilmagan qirralariga kirish usullarini ko‘rsatadi. Gegelning ta‘kidlashicha: - “Har qanday fan amaliy mantiqdir”.
Psixologiyada empirik metodlarni qo`llash muammosi ko`rib chiqilayotganda ularni psixologik metodlar tizimidagi o`rnini aniqlashdan boshlash kerak. Empirik metodlarni qo`llashning beshta darajasini ajratish mumkin. - 1. Metodika darajasi.
- 2. Metodik qo`llanma darajasi.
- 3. Metod darajasi.
- 4. Tekshirishni tashkil qilish darajasi.
- 5. Metodologik yondashish darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |