Reja: Xususiy kapital to’g’risidagi hisobotning mazmuni va mohiyati
Xususiy kapitalning shakllanish manbalari
Download 163.71 Kb.
|
bh xususiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ustav kapitali
Xususiy kapitalning shakllanish manbalari
Mulkchilikning tegishli shakllariga taalluqli xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ustav kapitalini tashkil qilish tartibi ta’sis hujjatlari va hukumatning tegishli qonunlari asosida tartibga solinib turiladi. Ustav kapitali harakatining buxgalteriya hisobi 8300 - «Ustav kapitali» schyotida, 13-jurnal orderda yuritiladi. Ustav kapitali (fondi)ning holati va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda olib boriladi: 8310-«Oddiy aksiyalar» 8320-«Imtiyozli aksiyalar» 8330-«Pay va quyilmalar» Ustav kapitali - ta’sis hujjatlarida belgilangan, huquqlar va imtiyozlar olish uchun korxona muassislari tomonidan ta’sis hujjatlariga muvofiq qo‘shilgan (to‘langan) hamda korxonaning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va harajatlar majmuidir. Korxona ustavi va ta’sis shartnomasiga muvofiq belgilanadi va nisbatan doimiy harakterga ega bo‘ladi. Uning birlamchi miqdorini o‘zgarishi faqat korxona ustavini davlat qaydnomasidan qayta o‘tqazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ustav kapitaliga ta’sischilarning hissalari uzoq va qisqa muddatli aktivlar bilan, ya’ni asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital va moliyaviy investitsiyalar, tovar-moddiy boyliklar va pul mablag‘lari bilan kiritilishi mumkin. Ta’sischilarning ustav kapitalidagi hissalari korxonaning sof foydasini hissali usulda taqsimlashga, aksiyalarning soni yesa sof foydani ularning har biriga mos ravishda taqsimlashga asos bo‘lib hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyatlari davlat ro‘yxatidan o‘tgandan keyin, oddiy va imtiyozli aksiyalar chiqarish huquqiga ega bo‘ladi. Iqtisodiѐtning globallashuvi sharoitida korporativ tuzilmalar xalqaro miqѐsda raqobatga kirishiga to‘g‘ri kelmoqda. Buning uchun o‘z faoliyatlarini muntazam rivojlantirib borishlari, innovatsion loyihalarni amaliѐtga joriy etishlari, yangi bozorlarni egallash talab qilinmoqda. Aksiya blanklarining majburiy rekvizitlari; Aksiyadorlik jamiyatining nomi va manzili Qimatli qog‘ozning nomi – aksiya Seriyasi, tartib raqami va chiqarilgan sanasi Turi (oddiy yoki imtiyozli) Nominal qiymati Egasining nomi (egasining nomi yoziladigan aksiyalar uchun) Aksiyadorlik jamiyati aksiyalarni chiqarilgan kundagi ustav fondining miqdori Chiqarilayotgan aksiyalar soni Dividendlar to‘lash muddati Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi va bosh buxgalterining imzolari Ro‘yxatga olish idorasi tomonidan berilgan aksiya kodi va sanasi 8310-«Oddiy aksiyalar» schyoti ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan oddiy aksiyalarning qiymati qo‘shilgan holdagi aksiyadorlar kapitalining holati va harakati to‘g‘risidagi va imtiyozli aksiyalar uchun to‘lanadigan dividendlar qayd etilgandan keyin qolgan sof daromadni taqsimlashda qatnashuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Aksiyador jamiyatlari o‘zining ustav kapitalini yangi aksiyalarni chiqarish yoki ularning nominal qiymatlarini oshirish yo‘li bilan ko‘paytirishi mumkin. Aksiyalarni tugatish maqsadida ularni maydalab yubo-rish, ya’ni ularning nominal qiymatini mutanosib ravishda kamaytirib, umumiy miqdorini ko‘paytirish lozim bo‘ladi. Ushbu aksiyalarni maydalash natijalari aksiyadorlar kapitalining hajmiga ta’sir qilmaydi, faqatgina yangi chiqarilgan aksiyalarning nominal qiymatini va muomaladagi aksiyalarning miqdorini ko‘paytiradi. Ushbu muomalalar bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari amalga oshirilmaydi, lekin ushbu muomalalarni 8310-«Oddiy aksiyalar» schyotiga ochilgan analitik hisob registrlarida qayd qilish zarur. Misol. Ta’sischilardan biri AJ ga aksiya qiymati evaziga avval foydalanishda bo‘lgan “MAN” rusumidagi yuk mashinasini hissa tariqasida kiritdi. Ta’sischilar o‘zaro kelishgan holda aksiyadorga ushbu transport vositasi uchun 2000 dona oddiy aksiya berishga qaror qildilar. Aksiyaning nominal qiymati 40000 so‘m, bozor qiymati esa 55000 so‘mni tashkil qiladi. Aksiya qiymati evaziga avval foydalanishda bo‘lgan transport vositasini baxosi 110000000 so‘mni tashkil qiladi. Aksiyaning nominal qiymati bo‘yicha 80000000 so‘mni tashkil qiladi. Bizning misol bo‘yicha aksiyaning bozor qiymatidagi bahosi bo‘yicha “MAN” rusumidagi yuk mashinasini balansga qabul qilib olamiz. Aksiyador jamiyatni tashkil qilishda ta’sischilar yoki aksiyaga obuna bo‘lgan shaxslarning qarz summasi 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi” schyotining debeti ustav kapitalini hisobga oluvchi 8310-«Oddiy aksiyalar» schyoti bilan bog‘langan holda hisobga olinadi. Debet 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi” schyoti 110000000 so‘m Kredit 8310-«Oddiy aksiyalar» schyoti 110000000 so‘m Ta’sischilarning ulush summalari “MAN” rusumidagi yuk mashinasi ko‘rinishida kirim qilinganda 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi” schyotining kreditida va 0160 "Transport vositalari" ni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda yozuv amalga oshiriladi. Debet 0160 "Transport vositalari" schyoti 110000000 so‘m Kredit 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi” schyoti 110000000 so‘m Shunindek, moddiy va boshqa qiymatliklar (pul mablag‘laridan tashqari) ko‘rinishidagi ulushlar 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi” schyotining kreditida asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, materiallar va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan yozuvlar bilan rasmiylashtiriladi. Korxonaga mulk sifatida aksiyalarga to‘lov uchun natura shaklida berilgan mol-mulk ta’sischilar kelishuvi asosida aniqlangan bahoda kirim qilinadi. 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi” schyoti bo‘yicha analitik hisob (ko‘rsatuvchiga aksiyalaridan tashqari) har bir ta’sischi bo‘yicha alohida yuritiladi. Ta’sischilarning ulush summalari pul mablag‘lari ko‘rinishida haqiqatda kelib tushganda 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi” schyotining kreditida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda yozuv amalga oshiriladi. Ta’sis shartnomasiga muvofiq qo‘shma korxonaning ustav kapitalida chet ellik muassisning ulushi 200 ming AQSh dollaridan iborat. Hujjatlarni ro‘yxatga olish paytida 1 AQSh dollari 9521 so‘mni tashkil qilgan edi. Biroq pul mablag‘lari bilan badalni to‘lash paytida 1 AQSh dollari 9530 so‘mga teng bo‘lgan. Debet 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi” schyoti 1 906 000 000 so‘m Kredit 8310-«Oddiy aksiyalar» schyoti 1906000000 so‘m Ta’sischilarning ulush summalari pul mablag‘lari (200 ming AQSh dollari) ko‘rinishida haqiqatda kelib tushdi: Kredit 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi” schyoti 1906000000 so‘m Debet 5210 “Mamlakat ichida valyuta schyotlari” schyoti 1906000000 so‘m 8310 - «Oddiy aksiyalar»ning hisobi bo‘yicha hisob xo‘jalik shakllanishini ta’minlashi zarur. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi, 2015 yil 24 apreldagi PF-4720-sonli «Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish choratadbirlari to‘g‘risida»gi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-sonli «2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi farmonlari va boshqa “Imtiyozli aksiya aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ovoz berish huquqini va bu bilan klrxonani boshqarishda ishtirok etish huquqini bermaydi. Ularning imtiyozliligi, bir tomondan, jamiyat xo‘jalik faoliyati natijalaridan qat’iy nazar, kafolatlangan daromadni olish imkoniyatidan, ikkinchi tomondan esa, aksiyadorlik jamiyati tugatilgan vaqtda aksiyalar qiymatini birinchi navbatda olish huquqini beradi”4 8320-«Imtiyozli aksiyalar» schyoti imtiyozli aksiya ko‘rinishida chiqariladi, ovoz berish huquqiga ega bo‘lmagan, lekin aksiya egasiga dividend kafolatini beradigan, ya’ni olingan foydani taqsimlash jarayonida oddiy aksiya egalariga nisbatan imtiyozi belgilangan (dividend olish kafolati) aksiyadorlar kapitalining holati va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun qo‘llaniladi. Aksiyalarning hisobi 8320-«Imtiyozli aksiyalar» schyotida ushbu aksiyalarning nominal qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi. Ushbu aksiyalarning nominal qiymatidan yuqori bahoda sotishdan olingan har bir summa 8410 - «Emissiya daromadi» schyotida qayd etiladi. Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha analitik hisob xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bo‘yicha va kapitalning shakllanish bosqichi bo‘yicha axborotlarning shakllanishini ta’minlashi shart. Yuqorida keltirilgan yozuvlar natijasida 4610 - schyotining debet tomonida hosil bo‘lgan qoldiq aksiyadorlarninig qarzini, ya’ni olingan aksiyalar uchun to‘lanmagan mablag‘ yoki ta’sis hujjatida e’lon qilingan ustav fondiga ko‘chirilishi lozim bo‘lgan ulush miqdorini ko‘rsatadi. Bu to‘lovlar yoki aksiya qiymati to‘langanda kelib tushgan mablag‘ summasiga 4610 - schyoti kreditlanib, ustav kapitali miqdori o‘zgarishsiz qoldiriladi. Aksiyadorlar sotib olgan aksiyalar uchun aksiyadorlik jamiyati foydasi hisobidan dividend oladilar. Uning miqdori xo‘jalik yurituvchi sub’ekt xo‘jalik faoliyati natijalariga ko‘p jihatdan bog‘liq. Foydadan budjetga soliq, rezerv kapitaliga, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt umumiy maqsadlariga ajratmalar qilingandan keyin aksiyadorlar uchun dividend to‘lanadi. Bu schyotlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan aksiyalar qiymatining chegarasidagi yoki puli to‘langan aksiyalarning nominal qiymatidagi ustav kapitali aks ettiriladi. Ustav kapitalining hajmi ustavda ro‘yxatdan o‘tkazilgan summadan oshib ketishi mumkin emas. Sub’ekt ustav kapitalining ko‘payishi yoki kamayishi faqat ta’sischilarning qarori bilan va sub’ekt nizomi hamda boshqa ta’sis hujjatlariga o‘zgarishlar kiritilgandan so‘ng amalga oshiriladi. Ta’sischilar ko‘yilmalarining haqiqiy kelib tushishi 4610-«Ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari» schyotining kreditiga o‘tkaziladi, har xil aktivlarni hisobga oluvchi schyotlarning debeti bilan bog‘langan holda moddiy qiymatliklar va nomoddiy aktivlar, ustav kapitaliga kiritilgan ko‘yilmalarning qiymati aniq, haqiqatda mavjud bo‘lgan bozor bahosida yoki ta’sischilarning roziligi bo‘yicha baholanadi. Ustavda qayd qilingan va ta’sis hujjatlarida ko‘rsa-tilgan ta’sischilarning ulushi va omonatlaridan tashkil topgan sub’ektning ustav kapitalini ro‘yxatdan o‘tkazil-gandan keyin ta’sischilarning ulushi va omonatlarining summasi 8330 - «Ulush va omonatlar» schyotining krediti va 4610 - «Ustav kapitali (fondi) ga badallar bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari» schyotining kreditida va pul mablag‘larini, moddiy va nomoddiy qiymatliklarni hisobga oluvchi schyotlarning debet tomonida ko‘rsatiladi. 8310 - «Oddiy aksiyalar hisobvarag‘i» ustavga muvofiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan chiqarilgan (chiqarishga ruxsat berilgan) oddiy aksiyalarning summa nominal qiymatida ifodalangan aksiyadorlik kapitali holati va harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamlash uchun mo‘ljallangan. Mazkur schyot krediti bo‘yicha oddiy aksiyalar qismida ro‘yxatga olingan aksiyadorlik kapitali hajmi aks ettiriladi. Debet bo‘yicha - bu turdagi sarmoyaning kamayishi ko‘rsatiladi. 8530 - «Imtiyozli aksiyalar» schyoti imtiyozli aksiyalar qismida ularning nominal qiymati bo‘yicha aksiyadorlik kapitalining holati va harakati haqidagi ma’lumotlarni jamlaydi. Imtiyozli aksiyalarning tahliliy hisobi xuddi oddiy aksiyalar hisobi kabi amalga oshiriladi. 8530 - «Pay va quyilmalar» schyoti aksiyadorlik jamiyatlaridan tashqari boshqa hamma tashkiliy-huquqiy shakldagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar: davlat va xususiy korxonalar, shirkatlar va sherikchiliqtsa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun ustav kapitalining holati va harakati haqidagi ma’lumotlarni jamlashga mo‘ljallangan. Davlat korxonalarida esa bu ustav fondi deb nomlanadi, u davlat tomonidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektga ajratilgan asosiy va oborot vositalar majmuidan iborat. Ulushli kapitali - xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun shirkat a’zolar tomonidan kiritilgan ulushlar jamidir. Ustav kapitali - ta’sis hujjatlarida belgilangan doiradagi faoliyatni ta’minlash uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektni tashkil etish chog‘ida uning mulkiga muassislar (a’zolar) ko‘shgan ulushlarining jamini (nominal qiymati bo‘yicha hissalari, aksiyalar) pul birligida ifodalashdir. Shunday qilib, tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ustav kapitali uning muassislari tomonidan qo‘shilgan mablag‘laridan to‘planib boradi. U bir vaqtning o‘zida muassislarning jamoaviy mulki hamda yuridik shaxs bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning mulki hisoblanadi. Bu nuqtai nazardan qaraganda ustav kapitali bir tomondan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning o‘z mablag‘lari fondi, boshqa tomondan esa har bir muassisning mulki sifatida namoyon bo‘ladi. Download 163.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling