Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- 103-rasm. Ovqat hazm qilish tizimi a’zolarining chizmasi
Hazm a’zolari tizimi
Hazm a’zolari og‘iz yorig‘idan boshlanib, tashqi teshik bilan tugov chi hazm traktidan iborat. Unga og‘iz bo‘shlig‘i va unda joy- lashgan a’zolar (tishlar, til, so‘lak bezlari), halqum, qizilo‘ngach, osh qozon, ingichka va yo‘g‘on ichak, jigar, oshqozon osti bezi ki- radi (103-rasm). Hazm a’zolari tizimi organizmga tushgan oziqa moddalarni mexanik va kimyoviy parchalash, parchalangan ozi- qa moddalarni qon va limfa tomirlarga so‘rilishi, so‘rilmay qolgan qismini esa chiqindi (axlat) sifati- da tashqariga chiqarib yuborish vazifasini bajaradi. Og‘iz bo‘shlig‘i hazm a’zolarining bosh lang‘ich qismi bo‘lib, bu yerda tishlar vosi ta sida uzib olin- gan oziqa moddalar may da lanadi, til yordamida 103-rasm. Ovqat hazm qilish tizimi a’zolarining chizmasi: 1–quloq oldi bezi; 2–til; 3–qizilo‘ngach; 4–oshqo- zon; 5–oshqozon osti bezi; 6–och ichak; 7–ko‘nda- lang chambar ichak; 8–tushuv chi chambar ichak; 9–sigmasimon chambar ichak; 10–to‘g‘ri ichak; 11–yonbosh ichak; 12–chuvalchangsimon o‘simta; 13–ko‘richak; 14–ko‘tariluvchi chambar ichak; 15–o‘n ikki barmoq ichak; 16–umumiy o‘t yo‘li; 17–o‘t pufagi; 18–jigarning o‘ng bo‘lagi; 19–jigarning chap bo‘lagi; 20–jag‘ osti bezi; 21–til osti bezi; 22–og‘iz bo‘shlig‘i. 202 aralashtirilib, so‘lak bezlari ish lab chiqargan suyuqlik – so‘lak bi- lan yum shatiladi. Hosil bo‘lgan ovqat luqmasi halqum va qizil- o‘ngach orqali oshqozonga o‘tkaziladi. Osh qozonda ovqat mod- dalari oshqozon shirasi ta’sirida suyultiriladi, aralashadi va par- chalanadi. Ma’lum darajada parchalangan ovqat massasi oshqo- zondan ingichka ichakka o‘tadi. Ingichka ichakning boshlang‘ich qismi bo‘lgan o‘n ikki barmoq ichakda ovqat moddalari oshqozon osti bezi shirasi, jigarda ishlab chi qarilgan o‘t suyuqligi va ichak bezlari shirasi ta’sirida parchala nishda davom etadi. Och va yon- bosh ichakda parchalangan oziqa moddalar qon va limfa tomirla- riga so‘riladi. Parchalanmay va so‘rilmay qolgan ovqat moddalari yo‘g‘on ichakka o‘tadi. Bu yerda suv so‘rilib, qolgan moddalardan axlat hosil bo‘ladi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling