Anatomiya 2014. indd


lateral devorini medial serbar mushak, old tomon- dan yuqoridagi mushaklar o‘rtasida tortilgan fibroz qatlam qop- lab turadi. Son kanali


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   422
Bog'liq
True

 lateral devorini medial serbar mushak, old tomon-
dan yuqoridagi mushaklar o‘rtasida tortilgan fibroz qatlam qop-
lab turadi.
Son kanali (canalis femoralis) sog‘ odamda bo‘lmaydi, am-
mo tomirlar sohasi botig‘ini medial burchagida son halqasi
 bo‘lib, 
unda limfa tuguni yotadi. Uning devorlarini old tomondan chov 
boylami, orqadan taroqsimon fassiya, medial tomondan lakunar 
boylam va lateral tomondan son venasi chegaralab turadi. Qorin 
bo‘shlig‘i tomonidan son halqasi qorinning ko‘ndalang fassiyasi 
bilan yopilgan. Qorin bo‘shlig‘ida bosim oshganida son churrasi 
paydo bo‘lishi mumkin. Bunday holatda son halqasi son kanali-
ning kirish teshigiga aylanadi. Bu teshik orqali kirgan churra son-
ning keng fassiyasining yuza va chuqur varaqlari o‘rtasidan o‘tib, 
oval chuqurcha sohasiga borib oval teshik
 orqali teri ostiga chiqa-
di. Bu teshik son kanalining chiqish teshigiga aylanadi. Son ka-
nalining uchta devori bo‘lib, oldingi devorini sonning serbar fas-
siyasining yuza varag‘i, orqa devorini sonning serbar fassiyasining 
chuqur varag‘i, lateral devorini son venasi hosil qiladi.
Taqim chuqurchasi romb shaklida bo‘lib, tizza bo‘g‘imi orqa-
sida joylashgan. Uning yuqori burchagi lateral tomondan sonning 
ikki bosh li mushagi, medial tomondan yarim payli mushak bilan
pastki burchagi boldir mushagining boshchalari bilan chegarala-
nadi. Taqim osti chuqurchasida nerv, qon tomirlar, limfa tugun-
lari yotadi.
Taqim osti chuqurchasining pastki burchagidan taqim-boldir 
kanali
boshlanadi. Bu kanal boldirning orqa guruh mushaklari-
ning yuza va chuqur qavatlari o‘rtasida joylashib, old tomondan 
orqa katta boldir mushagi, orqa tomondan kambalasimon mu-
shak chegaralaydi. Kanaldan orqa katta boldir arteriyasi, venasi 
va katta boldir nervi o‘tadi.
Boldirning lateral yuzasining yuqori qismida kichik boldir 
suyagi bilan kichik boldirning uzun mushagi o‘rtasida ustki mu-
shak-kichik boldir kanali joylashgan bo‘lib, undan yuza kichik 
boldir nervi o‘tadi. Pastki mushak-kichik boldir kanali boldir-
ning o‘rta qismida taqim-boldir kanalidan lateral tomonga ajra-
lib chiqadi. Uning oldingi devorini kichik boldir suyagining orqa 
yuzasi, orqa devorini esa bosh barmoqni bukuvchi uzun mushak 
hosil qiladi. Bu kanalda kichik boldir arteriyasi va venasi yotadi.


198
Oyoq panjasining kaft yuzasida medial va lateral kaft egatlari 
bo‘ lib, ulardan shu nomdagi qon tomir va nervlar o‘tadi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling