Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   422
Bog'liq
True

Silliq mushaklar o‘zining fiziologik xususiyatlari bilan ko‘n-
dalang targ‘il mushaklardan farq qiladi. Silliq mushaklarning qo‘z-
g‘aluvchanligi nisbatan past. Ularni qo‘zg‘atish uchun kuchli va 
uzoq ta’sir etuvchi ta’sirlovchi kerak. Silliq mushaklar qo‘zg‘alish-
ni juda sekin o‘tkazadi. Masalan, odamning ingichka ichagi mu-
shak pardasida qo‘zg‘alish 1 sm/sek tezlikda tarqaladi. Silliq mu-
shak hujayralari ning qisqarishi ham aktin iplarining miozin ipla-
riga nisbatan sirpanishiga bog‘liq. Ammo bu sirpanishning va 
ATFning parchlanishi tezligi ko‘ndalang targ‘il mushaknikiga qa-
raganda 100–1000 barobar kam. Shuning uchun silliq mushaklar 
charchamasdan uzoq va turg‘un qisqarishga moslangan. Ular katta 
cho‘ziluvchanlikka ega. Sekin cho‘ziluvchanlikka javoban mushak 
uzayadi, ammo uning kuch lanishi osh maydi. Shuning uchun ichki 
a’zolar to‘lganida, uning bo‘shlig‘ida bosim oshmaydi. Oshqozon-
dagi bosim ichda 200 ml va 500 ml suyuqlik bo‘lganda ham 7 mm 
suv ustuniga teng.


200
Silliq mushaklarni ko‘ndalang targ‘il mushaklardan ajratib 
turuv chi o‘ziga xos xususiyatlardan biri ularning plastikligidir. 
Ya’ni, silliq mu shaklar ma’lum chegarada cho‘zilsa ham tarang-
ligini o‘zgartirmaydi. 
Silliq mushaklarning kuchli va tez cho‘zilishi ularning qis-
qarishiga sabab bo‘ladi. Ularning bu xususiyati ichi kavak ich-
ki a’zolarning fao liyati uchun katta ahamiyatga ega. Bu a’zolar 
bo‘shlig‘ni to‘lishi mu shaklarni cho‘zadi, ular faol qisqarib, yig‘i-
lib qolgan moddalarni harakatlantiradi.
Silliq mushaklar simpatik va parasimpatik nervlar bilan inner-
vatsiya qilinadi.
ICHKI A’ZOLAR HAQIDAGI ILM
Ichki a’zolar bosh va bo‘yin, ko‘krak, qorin va chanoq bo‘sh-
liq larida joylashadi. Ular organizmning modda almashinish fao-
liyati da, uni oziqa moddalar bilan ta’minlash hamda modda al-
mashinish jarayonida hosil bo‘lgan moddalarni chiqarib yuborish 
vazifasini ba jaradi. Tanosil yoki jinsiy a’zolar esa ko‘payish vazi-
fasini bajaradi.
Ichki a’zolar kelib chiqishi tuzilishi, topografiyasi va faoliyati-
ga qarab hazm a’zolari, nafas a’zolari va siydik-tanosil a’zolarga 
bo‘ linadi.
Hazm a’zolari tizimi bosh, bo‘yin, ko‘krak, qorin va chanoq 
bo‘sh liqlarida joylashadi. Nafas a’zolari bosh, bo‘yin ko‘krak qa-
fasida joylashsa, siydik-tanosil a’zolari – qorin va chanoq bo‘sh-
liqlarida yotadi. Bundan tashqari ko‘krak qafasida o‘pkalar yoni-
da qon aylanishning markaziy a’zosi yurak, qorin bo‘shlig‘ida esa 
immun tizimi a’zosi bo‘lgan taloq joylashgan. Organizmning turli 
sohalarida joy lashgan ichki sekretsiya bezlari alohida ahamiyat-
ga ega.
Ichki a’zolar tuzilishiga qarab parenximatoz va naysimon 
a’zolarga bo‘linadi.
Ichki a’zolar tananing ventral qismida homila entodermasidan 
rivojlanadi. Entodermadan ichak nayi hosil bo‘lib, u mezoderma-
ning qorin qismi bilan o‘raladi. Ichak nayi devorining mushak va 
seroz qavatlari mezenximadan rivojlanadi.
Ichak nayi bosh va tana ichakka bo‘linadi. Bosh ichak, o‘z 
nav batida, og‘iz va halqum qismlariga bo‘linadi. Og‘iz qismi epi-


201
teliyi ektodermadan kelib chiqqan. Halqum qismidan nafas a’zo-
lari, qalqonsimon, qalqon oldi va ayrisimon bezlar hosil bo‘ladi. 
Ichak nayining tana qismi oldingi, o‘rta va orqa ichaklarga bo‘lina-
di. Oldin gi ichakdan qizilo‘ngach va osh qozon rivojlanadi. O‘rta 
ichakdan in gich ka va yo‘g‘on ichakning bosh lang‘ich qismi (ko‘r-
ichak, ko‘tariluv chi va ko‘ndalang chambar ichak) rivojlanadi. Or-
qa ichakdan esa past ga tushuvchi chambar, S simon va to‘g‘ri ichak 
rivojlanadi. 
Siydik-tanosil a’zolar homilaning o‘rta varag‘i – mezodermadan 
rivojlanadi. Homila tana bo‘shlig‘ini mezoderma varaqlari o‘raydi. 
Keyinchalik undan ko‘krak qafasida ikkita plevra va bitta perikard 
bo‘shlig‘i, qorin bo‘shlig‘ida esa bitta qorinparda bo‘shlig‘ini hosil 
qiladi. 

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling