Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yelka-bilak mushagi
- Bilakni ichkariga buruvchi yumaloq mushak
Tirsak mushagi (m. anconeus) uchburchak shaklida. U yel-
ka suya gining lateral do‘ng usti do‘mboqchasining orqa yuzasidan boshlanib, tirsak suyagi yuqori uchining orqa yuzasiga birikadi. Faoliyati: bilakni tirsak bo‘g‘imida yozadi. Bilak mushaklari ko‘p sonli bo‘lib, ko‘p bo‘g‘imli mushaklar turkumiga kiradi, chunki ular tirsak, bilak-kaft usti va kaft suyakla- ri bo‘g‘imlariga ta’sir etadi. Bilak mushaklari faoliyat jihatidan ik- ki guruhga: oldingi (bukuvchi va pronatorlar), orqa (yozuvchi va supinatorlarga) bo‘linadi. Bilakning oldingi guruh mushaklariga (94-, 95-rasm) qo‘l kaf- ti va barmoqlarini bukuvchi yettita va ikkita pronatsiya qiluvchi mushak lar kiradi. Bu mushaklarning ko‘pchiligi yelka suyagining medial do‘ng usti do‘mboqchasi va bilak fassiyasidan boshlanadi. Bilakning oldingi guruh mushaklari to‘rt qavat bo‘lib joylashadi. Birinchi qavat mushaklari: 1. Yelka-bilak mushagi (m. brachioradialis) yelka suyagining lateral do‘ng usti qirrasidan va lateral mushaklararo to‘siqdan boshlanadi. Bilakning o‘rta qismida uzun payga o‘tib, bilak suya- gining distal uchi va bigizsimon o‘siqchasining lateral yuzasiga birikadi. Faoliyati: bilakni tirsak bo‘g‘imida bukadi, qo‘l kaftini pro- natsiya va supinatsiya holatining o‘rtasiga keltiradi. 2. Bilakni ichkariga buruvchi yumaloq mushak (m. pronator teres) yelka suyagining medial do‘ng usti do‘mboqchasi va yel- 176 94-rasm. O‘ng bilak mushaklari. Oldingi guruh. Yuza qavat: 1–yelkaning uch boshli mushagi; 2–yelka mu- shaklari o‘rtasidagi medial devor; 3–medial do‘ng usti do‘mboqchasi; 4–bilakni ichkariga buruvchi yumaloq mushak; 5–panjani bukuvchi bilak mu shagi; 6–uzun kaft mushagi; 7–panjani bukuvchi tirsak mushagi; 8–barmoqlarni bukuv- chi yuzaki mu shak; 9–uzun kaft mushagi payi; 10–barmoqlarni bukuvchi yuzaki mushak paylari; 11–no‘xatsimon suyak; 12–jimjiloq asosidagi te- palik; 13–kaftning serbar payi; 14–bukuvchi mushaklarni ush lab turuvchi bog‘ich; 15–qo‘lning bosh barmog‘ini bukuv chi uzun mushak; 16–kaftning bilak tomonga yozuv chi kalta mushak; 17– kaftning bilak tomonga yozuvchi uzun mushak; 18–yelka-bilak mushagi; 19–yelkaning ikki boshli mushagining serbar payi; 20–yelkaning ikki boshli mushagining payi; 21–yelka mushagi; 22–yelkaning ikki boshli mushagi. ka mushaklari o‘rtasidagi medial devori, bilak fassiyasi va tir- sak suyagi tojsimon o‘siqchasidan boshlanadi. Pastga va tashqariga yo‘nalib, bilak suyagi lateral yuzasining o‘rta qismiga birikadi. Faoliyati: bilakni pronatsiya qiladi va uni tirsak bo‘g‘imida bu kish da ishtirok etadi. 3. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling