Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   422
Bog'liq
True

Kichik yumaloq mushak (m. teres minor) kurakning late-
ral qirrasi va qirra osti fassiyasidan boshlanib, yelka suyagi katta 
do‘mboqchasining pastki yuzasiga birikadi.
Faoliyati: yelka suyagini tashqariga (supinatsiya) buradi. 
5. 
Katta yumaloq mushak (m. teres major) kurakning late-
ral qirrasining pastki qismi ostki burchagi va qirra osti fassiyasi-
dan bosh lanadi. Mushak tolalari kurak suyagining lateral chek-
kasi bo‘ylab yo‘nalib, yelka suyagi kichik do‘mboqchasi qirrasi-
ga orqaning serbar mushagi payidan pastroqda va biroz orqaroq-
da birikadi.
Faoliyati: kurak qimirlamay turganida ko‘tarilgan qo‘lni past-
ga tushirib, tanaga yaqinlashtiradi va ichkariga buradi. Qo‘l qi-
mirlamay tursa, kurakning pastki burchagini tashqariga va oldin-
ga tortadi.
6. 
Kurak osti mushagi (m. subscapularis) keng, qalin uchbur-
chak shaklida bo‘lib, kurakning qovurg‘a tomondagi yuzasini 
qop lab turadi. Kurak osti chuqurchasi va kurakning lateral qirra-
sidan boshlanib, yassi pay bilan yelka suyagi kichik do‘mboqcha-
sining va uning qirrasiga birikadi. 
Faoliyati: yelkani ichkariga buradi va tanaga yaqin lashtiradi. 


174
Qo‘lning erkin qismi mushaklari
Qo‘lning erkin qismi mushaklariga yelka, bilak va qo‘l kaf-
ti mu shaklari kiradi. Yelka mushaklari oldingi (bukuvchi) va orqa 
(yozuv chi) mushaklarga bo‘linadi. Ular o‘zaro yelkaning xususiy 
fassiyasi qatlamlaridan hosil bo‘lgan yelka mushaklari o‘rtasidagi 
medial va lateral devorlar vositasida ajrab turadi. Yelkaning oldin-
gi guruh mu shaklari uchta: yelkaning ikki boshli mu shagi, tum-
shuqsimon-yelka mushagi va yelka mushagidan iborat (93-rasm).
1. 
Yelkaning ikki boshli mushagi (m. biceps brachii)ning ik-
ki: uzun va kalta boshchasi bor. Uzun boshchasi kurak suyagining 
bo‘g‘im chuqurchasi ustidagi do‘mboqchadan boshlanadi. Uning 
payi yelka bo‘g‘imi xaltasi ichida do‘mboqchalararo egatda yota-
di. Kalta boshchasi
 kurakning tumshuqsimon o‘simtasidan bosh-
lanadi.
Yelkaning o‘rta qismida mushakning ikkala bosh chasi o‘zaro 
birikib duk shaklidagi umumiy qorinchani hosil qiladi. Mushak 
payi bilak suyagidagi g‘adir-budir do‘nglikka birikadi. Faoliyati: 
yelkani yelka bo‘g‘imida bukadi. Bilakni tirsak bo‘g‘imida bukadi 
va tashqariga buradi.
2. 

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling