170
Engak mushagi (m. mentalis)
pastki jag‘
kurak tishlari alveo-
lasi bo‘rtmasidan boshlanib, engak terisiga birikadi.
Faoliyati: engak terisini yuqoriga va tashqariga ko‘taradi.
Lunj mushagi (m. buccinator) yupqa to‘rtburchak shakldagi
mu shak, pastki jag‘
shoxidagi qiyshiq chiziqdan, ustki jag‘ alveo-
lyar yoyining katta oziq tishlari sohasidan, qanotsimon o‘simta il-
mog‘i va pastki jag‘ o‘rtasidagi
fibroz pardadan boshlanib, og‘iz
burchagi shilliq pardasi va terisiga, ustki va pastki labga, og‘iz tir-
qishi atrofidagi aylanma mu shakka birikadi.
Faoliyati: og‘iz burchagini orqaga tortadi.
Lunjni tishlarga va
milkka tegizadi.
Ustki labni ko‘taruvchi mushak (m. levator labii superioris)
ust ki jag‘ suyagining ko‘z kosasining pastki chekkasidan boshlanib,
yuqori lab terisiga birikadi.
Faoliyati: yuqori labni ko‘taradi, burun-lab egatini hosil qilib,
burun qanotini tortadi.
Kichik yonoq mushagi (m. zygomaticus minor)
yonoq suyagi-
ning oldingi yuzasidan boshlanib pastga va medial tomonga yo‘na-
lib, lab burchagi terisiga birikadi.
Faoliyati: lab burchagini ko‘taradi.
Katta yonoq mushagi (m. zygomaticus major) yonoq suyagi-
ning yon yuzasidan boshlanib, lab burchagi terisiga birikadi.
Faoliyati: lab burchagini yuqoriga va tashqariga tortib,
asosiy
kulgu mushagi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: