Anatomiya 2014. indd


Bosh mushaklari va fassiyalari


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   422
Bog'liq
True

Bosh mushaklari va fassiyalari
Bosh mushaklari mimika va chaynov mushaklariga bo‘linadi. 
Mimika mushaklari tananing boshqa sohasi mushaklaridan o‘zi-
ning kelib chiqishi, birikishi va faoliyati bilan farq qiladi (90-
rasm). Ular teri ostida yuza joylashib, fassiyalar bilan qoplanmay-
di, suyaklardan bosh lanib, teriga birikadi. Shuning uchun ular-
ning qisqarishi terini harakatga keltirib, odamning hissiyotini ifo-
dalaydi. Mimika mu shaklari ko‘proq tabiiy teshiklar atrofida joy-
lashgan bo‘lib, tolalari aylanma yoki radial yo‘nalishga ega. Joy-
lashgan joyiga qarab mimika mu shaklari kalla gumbazi mushak-
lari; ko‘z yorig‘ini o‘ragan mu shaklar; burun teshigini o‘ragan 
mushaklar; og‘iz yorig‘ini o‘ragan mushaklar va quloq suprasini 
o‘ragan mushaklarga bo‘linadi.


168
90-rasm. Bosh va bo‘yin
mushaklari. O‘ng tomondan ko‘rinishi:
1–kallaning pay qalpog‘i; 2–ensa-peshona 
mushagining peshona qorinchasi
3–ustki labni ko‘taruvchi mu shak; 
4–kichik yonoq mu shagi; 5–katta 
yonoq mushagi; 6–pastki labni
pastga tortuvchi mushak; 7–kulgu 
mu shagi; 8–og‘iz burchagini pastga 
tortuvchi mushak; 9–bo‘yinning
teri osti mushagi; 10–ko‘zning
aylanma mushagi; 11–quloq
sup rasining orqa mushagi;
12–ensa-peshona mushagining
ensa qorinchasi; 13–quloq
sup rasining ustki mushagi.
Kalla gumbazi ust tomondan 
kalla usti mushagi (m. epicra-
nius)
 bilan qoplangan. U peshona qorinchasi, ensa qorinchasi va 
ularni o‘zaro qo‘shib turgan kallaning pay qalpog‘idan iborat. Bu 
mushakning ensa qorinchasi ensaning yuqori bo‘yin chizig‘ining 
lateral 2/3 qismidan boshlanib, kallaning pay qalpog‘iga o‘tib ke-
tadi. Uning pe shona qorinchasi kallaning pay qalpog‘idan bosh-
lanib, qosh sohasi terisiga birikadi. Kallaning pay qalpog‘i yassi 
fibroz qatlamdan iborat bo‘lib, kalla qopqog‘ining katta qismini 
qoplaydi. U bilan kalla qop qog‘ini qoplagan suyak parda o‘rta sida 
yumshoq biriktiruvchi to‘qima qatlami joylashgan. Shuning uchun 
ensa-peshona mushagi qisqarganida bosh terisi kallaning pay qal-
pog‘i bilan birga kalla gumbazi ustida erkin harakat qiladi.
Faoliyati: ensa qorinchasi bosh terisini orqaga tortadi, pesho-
na qorinchasi esa peshona terisini yuqoriga ko‘tarib, peshonada 
ko‘ndalang burmalar hosil qilib, qoshni yuqoriga ko‘taradi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling