Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   422
Bog'liq
True

 Kurak-til osti mushagi (m. omohyoideus) o‘zaro oraliq pay 
bilan bo‘lingan ikki: pastki va ustki qorinchalardan iborat. Past-
ki qorinchasi
 kurakning ustki qirrasini kurak kemtigidan ichka-
riroqda bosh lanib, yuqoriga va oldinga qiya ko‘tariladi. To‘sh-
o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushakning orqa chekkasida oraliq payga 
o‘tadi. Oraliq paydan boshlangan ustki qorinchasi til osti suyagi 
tanasining pastki chekkasiga birikadi.
2. 
To‘sh-til osti mushagi (m. sternohyoideus) to‘sh suyagi 
dastasining orqa yuzasidan, o‘mrov suyagining to‘shga qaragan 
uchi va orqa to‘sh o‘mrov boylamidan boshlanib, til osti suyagi-
ning pastki chekkasiga birikadi.
3. 
To‘sh-qalqonsimon mushagi (m. sternothyroideus) to‘sh 
suyagi dastasining orqa yuzasidan va I qovurg‘a tog‘ayidan bosh-
lanib, hiqildoq qalqonsimon tog‘ayining qiyshiq chizig‘iga biri-
kadi.
4. 
Qalqonsimon-til osti mushagi (m. thyrohyoideus) qalqon-
simon tog‘ay qiyshiq chizig‘idan boshlanib, til osti suyagi tanasi 
va katta shoxiga birikadi.
Faoliyati: til osti suyagining ostidagi mushaklar til osti suyagi 
va hiqildoqni pastga tortadi.
Bo‘yinning chuqur guruh mushaklari lateral va medial guruh-
larga bo‘linadi. Lateral guruhga: umurtqa pog‘onasining yon to-
monida joylashgan oldingi, o‘rta va orqa narvonsimon mushaklar 
(88-rasm) kiradi.
1. 
Oldingi narvonsimon mushak (m. scalenus anterior) III–IV 
bo‘ yin umurtqalari ko‘ndalang o‘siqchasining oldingi do‘mboq-
chasidan bosh lanib, I qovurg‘aning oldingi narvonsimon mu-
shak do‘mboq chasiga birikadi.
2. 
O‘rta narvonsimon mushak (m. scalenus medius) IIVII 
bo‘yin umurtqalarining ko‘ndalang o‘siqchasidan boshlanib, I 
qovurg‘aning o‘mrov osti arteriyasi egati orqasiga birikadi.
3. 
Orqa narvonsimon mushak (m. scalenus posterior) IV–VI 
bo‘yin umurtqalari ko‘ndalang o‘siqchasining orqa do‘mboqcha-
sidan bosh lanib, II qovurg‘aning yuqori chekkasi va tashqi yuza-
siga birikadi.
Narvonsimon mushaklar I va II qovurg‘alarni ko‘tarib, ko‘krak 
qafasini kengaytiradi. Qovurg‘alar qimirlamay tursa, ikki tomon-
lama qisqarganida umurtqa pog‘onasining bo‘yin qismini oldin-
ga bukadi.


164
Medial guruh mushaklariga umurtqa pog‘onasining oldida 
joylashgan umurtqa oldi mushaklari: bo‘yinning uzun mushagi, 
boshning uzun mushagi, boshning oldingi to‘g‘ri mushagi, bosh-
ning lateral to‘g‘ri mushagi kiradi.
l. 

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling