Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   422
Bog'liq
True

Qorinning oq chizig‘i (linea alba) qorin serbar mushaklari 
aponev rozlari tolalarining birlashishidan hosil bo‘ladi. U xanjar-
simon o‘simtadan qov simfiziga tortilgan fibroz plastinkadan ibo-
rat bo‘lib, yuqori qismining kengligi 2,5 sm bo‘ladi. Kindikdan 
past ga tomon u torayib, qalinlashib boradi. U pishiq bo‘lib, qon 
tomir lari kam bo‘lgani uchun jarrohlik aralashuvlarida katta 
ahamiyat ga ega.
Chov kanali
Chov kanali (canalis inguinalis) chov boylamining medial 
yarmi ustida, qorin serbar mushaklarining orasida qiya joylash-
gan tirqish bo‘lib, undan erkaklarda urug‘ tizimchasi, ayollarda 
bachadonning yumaloq boylami o‘tadi. Chov kanalining uzun-
ligi 4–5 sm bo‘ladi. Uning chuqur va yuza halqachalari tafovut 
qilinadi. Yuza chov halqachasi qov suyagining ustida joylashgan 
bo‘lib, uni yuqori tomondan chov boylamining medial oyoqcha-
si
pastdan lateral oyoqchasi chegaralaydi. Yuza chov halqachani 
lateral tomondan medial va lateral oyoqchalar o‘rtasida tortilgan 
oyoqchalar orasidagi tolalar va medial tomondan lateral oyoq-
chaning tolalaridan hosil bo‘lgan bukilgan boylam chegaralaydi.
Chuqur chov halqachasi
qorin bo‘shlig‘i tomonidan ko‘nda-
lang fassiyadagi lateral chov chuqurchasi sohasida joylashgan vo-
ronkasimon botiqlikdan iborat. Chov kanalidan o‘tayotgan a’zo-
larga nisbatan uning to‘rt ta devori tafovut qilinadi. Chov kanali-
ning oldingi devorini qorin tash qi qiyshiq mushagining aponev-
rozi, orqa devorini ko‘ndalang fassiya, ustki devorini qorinning 
ko‘ndalang va ichki qiyshiq mushaklarining pastki chekkalari, 
pastki devorini chov boylami hosil qiladi.
Bo‘yin mushaklari va fassiyalari
Bo‘yin mushaklari kelib chiqishi va faoliyati turli xil bo‘lga-
ni uchun murakkab tuzilishga va topografiyaga ega. Topogra-
fiya nuqtayi nazaridan bo‘yin mushaklari uch guruhga: yuza qa-


161
vat, o‘rta guruh va chuqur qavat mushaklariga bo‘linadi (87-, 88-
rasm). Bo‘yining yuza mushaklariga bo‘yinning teri osti mushagi 
va to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushak kiradi.
1. 

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling