Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoshlarni chimiruvchi mushak
- Burun mushagi
- Og‘izning aylanma mushagi
Takabburlik mushagi burun suyagining tashqi yuzasidan bosh-
lanib, yuqoriga yo‘naladi va peshona terisiga birikadi. Faoliyati: ikki qosh o‘rtasida ko‘ndalang egat va burmalar ho- sil qiladi. Ko‘z yorig‘ini o‘ragan mushaklarga: Ko‘zning aylanma mushagi (m. orbicularis oculi) yassi mu- shak. U qovoqlarning tashqi yuzasini va ko‘z kosasining chekka- sini egallaydi. Bu mushak qovoqlarning medial boylami va ko‘z 169 kosasining medial devoridan, peshona suyagining burun qismi va ustki jag‘ suyagining peshona o‘sig‘idan, ko‘z yoshi suyagi qirra- sidan va lateral yuzasidan boshlanadi. Mushak ko‘z yorig‘ining lateral chetiga, yuqori va pastki qovoqlarning birlashgan yeriga birikadi. Faoliyati: ko‘z tirqishini yopadi. Ko‘z yoshi xaltachasini kengaytiradi. Qoshlarni chimiruvchi mushak (m. corrugator supercilli) qosh usti ravog‘ining medial chetidan boshlanib, yuqori va lateral to- monga yo‘naladi va o‘z tomonidagi qosh terisiga birikadi. Faoliyati: qoshlarni bir-biriga yaqinlashtirib, qoshlar o‘rtasida vertikal burmalar hosil qiladi. Burun teshigini o‘ragan mushaklar. Burun mushagi (m. nasalis) ustki jag‘ suyagining qoziq va la- teral kurak tishlari alveolasi ustidan boshlanadi. Yuqoriga ko‘tari- lib, burun qanotini aylanib o‘tib, qarama-qarshi tomondagi mu- shak payiga va burun qanoti terisiga birikadi. Faoliyati: burun teshigini toraytiradi. Burun to‘sig‘ini pastga tortuvchi mushak (m. depressor sep- ti nasi) ustki jag‘ suyagining medial kurak tishi alveolasi ustidan boshlanib, burun to‘sig‘i tog‘ayiga birikadi. Faoliyati: burun to‘sig‘ini pastga tortadi. Og‘iz tirqishini o‘ragan mushaklar. Og‘izning aylanma mushagi (m. orbicularis oris) ustki va past- ki lablar asosini hosil qilib, tolalari yo‘nalishi turlicha bo‘lgan ikki qism dan iborat. Labga tegishli qismi ustki va pastki lablar ichida joylashib, tolalari og‘iz burchaklari sohasida o‘zaro birika- di. Chetdagi qismi ustki va pastki lablarga keluvchi og‘iz tirqishi yaqi nida joylash gan mimika mushaklari tolalaridan iborat. Faoliyati: og‘iz tirqishini yumadi, so‘rish va chaynash jarayon- larida ishtirok etadi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling