Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- 89-rasm. Bo‘yin uchburchaklari chizmasi
Bo‘yin topografiyasi
Bo‘yin yuqoridan pastki jag‘, tashqi eshituv yo‘lagi, so‘rg‘ich- simon o‘simta; pastdan to‘sh suyagining bo‘yinturuq o‘ymasi, o‘mrov suyagi, akromion; orqa tomondan trapetsiyasimon mu- shakning lateral chekkasi bilan chegaralanadi. To‘sh-о‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushak bo‘yinni uch sohaga: To‘sh-о‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushak sohasi, lateral va medial bо‘yin uch burchaklariga (89-rasm) ajratadi. Bo‘yinning lateral uchburchagi to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mu shakning orqasida joylashib, old tomondan shu mushak bi- lan past dan o‘mrov suyagi, orqadan trapetsiyasimon mushak bi- lan chegaralangan. Bo‘yinning medial uchburchagi to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mu shakning oldida joylashib orqa tomondan shu mu shak bilan yuqo ridan pastki jag‘ va old to mondan bo‘yinning o‘rta chizig‘i bi- lan chegaralanadi. Kurak-til osti mushagi pastdan yuqoriga yo‘na- lib, bo‘yinning ikkala uchburchagini yana kichik uchburchaklarga ajratadi. Bo‘yinning lateral uch burchagi ikkiga bo‘linadi: 1. Yuqorigi kurak-trapetsiyasimon uchburchak old tomondan to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushak, pastdan kurak-til osti mu- shagining pastki qorinchasi, orqadan trapetsiyasimon mushak ning tashqi chekkasi bilan chegaralangan. 2. Pastki kurak-o‘mrov uchburchagi old tomondan to‘sh-o‘mrov- so‘r g‘ichsimon mushak, yuqoridan kurak-til osti mushagi, pastdan o‘mrov suyagi bilan chegaralangan. Bo‘yinning medial uchburchagi uchga bo‘linadi: l. Uyqu uchburchagi orqadan to‘sh- o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mu shak, yuqori- dan ikki qorinchali mushakni orqa qo- rinchasi, old va pastdan kurak-til os- ti mushagining yuqorigi qorinchasi bilan chegaralangan. 89-rasm. Bo‘yin uchburchaklari chizmasi: 1–pastki jag‘ osti uchburchagi; 3–uyqu uchburchagi; 2–kurak-kekirdak uchburchagi; 4– kurak-o‘mrov uchburchagi; 5–kurak-trape tsiyasimon uchburchagi. 167 2. Kurak-kekirdak uchburchagi orqa va past tomondan to‘sh- o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushak, orqa va ust tomondan kurak-til osti mushagining yuqori qorinchasi, old tomondan kekirdak bi- lan chegaralangan. 3. Pastki jag‘ osti uchburchagi yuqoridan pastki jag‘, pastdan ikki qorinchali mushakning oldingi va orqa qorinchalari bilan chegaralangan. Bu sohada jag‘ osti bezi, qon tomirlar va nervlar joylashadi. Bu uchburchak sohasidagi jarrohlikda katta ahamiyat- ga ega bo‘lgan til (Pirogov) uchburchagi tafovut qilinadi. U old tomondan pastki jag‘-til osti suyagi mushagining orqa chekkasi, past va orqa tomondan ikki qorinchali mushakning orqa qorin- chasi, yuqoridan til osti nervi bilan chegaralangan bo‘lib, unda til arteriyasi yotadi. Bo‘yinning yon tomonida narvonsimon mushaklar orasida ham uchburchak shaklidagi oraliqlar bo‘lib, bulardan qon tomir va nerv lar o‘tadi. 1. Narvonsimonaro oraliq oldingi va o‘rta narvonsimon mu- shak o‘rta sida, pastdan I qovurg‘a bilan chegaralangan. Undan o‘mrov osti arte riyasi va yelka chigali poyalari o‘tadi. 2. Narvonsimon oldi oraliq oldindan to‘sh-qalqonsimon va to‘sh-til osti mushaklari, orqadan oldingi narvonsimon mushak bilan chegaralangan. Bu oraliqdan o‘mrov osti venasi va kurak osti arteriyasi o‘tadi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling