Anatomiya 2014. indd


Bo‘yinning teri osti mushagi


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   422
Bog'liq
True

Bo‘yinning teri osti mushagi (m. platysma) yupqa, yassi 
mu shak bo‘lib, bevosita bo‘yin terisi ostida yotadi. Bu mushak 
ko‘krak fassiyasining yuza qatlamidan boshlanadi. Yuqoriga va 
medial tomonga yo‘nalib, pastki jag‘ qirg‘og‘iga birikadi.
Faoliyati: bo‘yin terisini taranglab, yuza venalardan qon 
oqishini yaxshilaydi, og‘iz burchagini pastga tortadi. 
2. 
To‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushak (m.sternocleidomastoi-
deus 87-rasm)
teri osti mushagining ostida yotadi. To‘sh suya-
gi dastasining oldingi yuzasi va o‘mrov suyagining to‘sh uchidan 
ikki qism bo‘lib boshlanadi. Yuqoriga va orqa tomonga yo‘na-
lib, chakka suyagining so‘rg‘ichsimon o‘simtasiga va yuqorigi en-
sa chizig‘ining lateral qismiga birikadi. Faoliyati: bir tomonlama 
qisqarsa, boshni o‘sha tomonga egadi va yuzni qarama-qarshi to-
monga buradi. Ikki tomonlama qisqarsa, boshni orqaga tortadi.
O‘rta guruh mushaklariga til osti suyagiga birikuvchi mu-
shaklar kiradi (88-rasm). Til osti suyagiga birikuvchi mushaklar, 
87-rasm. Bo‘yin mushaklari.
Yon tomondan ko‘rinishi:
1–chaynov mushagi; 2–to‘sh-
o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushak; 
3–pastki jag‘-til osti suyagi mu shagi; 
4–ikki qorinchali mushakning oldin-
gi qorinchasi; 5–qalqonsimon-til os-
ti mushagi; 6–to‘sh-til osti musha-
gi; 7–kurak-til osti mushagini yuqori 
qorinchasi; 8–katta ko‘krak mushagi; 
9–oldingi narvonsimon mu shak;
10–deltasimon mushak; 11–orqa 
narvonsimon mushak; 12–kurak-til 
osti mushagini past ki qorincha-
si; 13–o‘rta narvonsimon mus-
hak; 14–trapetsiyasimon mus-
hak; 15–kurakni ko‘taruv chi 
mushak; 16–bosh ning tasmasi-
mon mushagi; 17–ikki qorin-
chali mushakning orqa qorin-
chasi; 18–bigizsimon-til osti suyagi mushagi; 19–ensa-peshona
mushagining ensa qorinchasi.
19


162
o‘z navbatida, til osti suyagi usti mushaklari
 va til osti suyagining 
ostidagi mushaklarga bo‘linadi. Bu ikki guruh mushaklari til os-
ti suyagiga turli tomonidan birikib uni o‘rta holatda ushlab tura-
di. Til osti suyagi usti mushaklari til osti suyagini pastki jag‘, kal-
la suyagi asosi bilan bog‘laydi. Til osti suyagining ostidagi mu-
shaklar kurak, to‘sh suyaklari va hiqildoq tog‘ayidan boshlanib, til 
osti suya giga birikadi.
Til osti suyagi usti mushaklarga to‘rtta: ikki qorinchali mu-
shak, bigiz simon-til osti suyagi mushagi, pastki jag‘-til osti suyagi 
mushagi va engak-til osti mushagi kiradi.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling