Boshning orqa katta to‘g‘ri mushagi (m. rectus capitis pos-
terior major)
II bo‘yin umurtqasining qirrali o‘siqchasidan bosh-
lanib, ensaning pastki bo‘yin chizig‘iga birikadi.
Faoliyati: boshni orqaga tortadi. Bir tomonlama qisqarsa
bosh ni o‘z tomoniga buradi.
2.
Boshning orqa kichik to‘g‘ri mushagi (m. rectus capitis poste-
rior minor) atlantning orqa do‘mboqchasidan boshlanib, ensa suya-
giga oldingi mushakdan medialroq birikadi.
Faoliyati: boshni orqaga va yon tomonga tortadi.
3.
Boshning yuqorigi qiyshiq mushagi (m. obliquus capitis supe-
rior)
atlantning ko‘ndalang o‘siqchasidan boshlanib, ensaning pastki
bo‘yin chizig‘i ustiga birikadi.
Faoliyati: ikki tomonlama qisqarsa, boshni orqaga, bir tomonla-
ma qisqarsa, o‘zi tomoniga bukadi.
4.
Boshning pastki qiyshiq mushagi (m. obliquus capitis in fe-
rior) II
bo‘yin umurtqasi qirrali o‘siqchasidan boshlanib, atlant-
ning ko‘ndalang o‘siqchasiga birikadi.
Faoliyati: boshni II umurtqa tishining bo‘ylama o‘qi atrofida
buradi.
Bo‘yin fassiyalari. Bo‘yin fassiyalari uchta plastinkadan iborat.
1. Yuza plastinka
bo‘yinning teri osti mushagi orqasida joy-
lashib, bo‘yinni har tomondan o‘raydi. U trapetsiyasimon va
to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushaklarga qin hosil qiladi.
2. Kekirdak oldi plastinkasi o‘mrov suyagi va to‘sh suyagi das-
tasining orqa yuzasi bilan til osti suyagi o‘rtasida tortilgan. U yon
tomondan kurak-til osti mushagiga birikkan bo‘lib, bu mushak
qisqargan vaqtda taranglashib bo‘yin venalaridan qonni oqishini
yaxshilaydi. Bu plastinka til osti suyagidan pastda joylashgan mu-
shaklarga qin hosil qiladi.
3. Umurtqa oldi plastinkasi halqumning orqasida joylashib,
umurt qa oldi va narvonsimon mushaklar uchun qin hosil qiladi.
166
Do'stlaringiz bilan baham: |