Anatomiya 2014. indd
Bosh mushaklari va fassiyalari
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- 90-rasm. Bosh va bo‘yin mushaklari. O‘ng tomondan ko‘rinishi
Bosh mushaklari va fassiyalari
Bosh mushaklari mimika va chaynov mushaklariga bo‘linadi. Mimika mushaklari tananing boshqa sohasi mushaklaridan o‘zi- ning kelib chiqishi, birikishi va faoliyati bilan farq qiladi (90- rasm). Ular teri ostida yuza joylashib, fassiyalar bilan qoplanmay- di, suyaklardan bosh lanib, teriga birikadi. Shuning uchun ular- ning qisqarishi terini harakatga keltirib, odamning hissiyotini ifo- dalaydi. Mimika mu shaklari ko‘proq tabiiy teshiklar atrofida joy- lashgan bo‘lib, tolalari aylanma yoki radial yo‘nalishga ega. Joy- lashgan joyiga qarab mimika mu shaklari kalla gumbazi mushak- lari; ko‘z yorig‘ini o‘ragan mu shaklar; burun teshigini o‘ragan mushaklar; og‘iz yorig‘ini o‘ragan mushaklar va quloq suprasini o‘ragan mushaklarga bo‘linadi. 168 90-rasm. Bosh va bo‘yin mushaklari. O‘ng tomondan ko‘rinishi: 1–kallaning pay qalpog‘i; 2–ensa-peshona mushagining peshona qorinchasi; 3–ustki labni ko‘taruvchi mu shak; 4–kichik yonoq mu shagi; 5–katta yonoq mushagi; 6–pastki labni pastga tortuvchi mushak; 7–kulgu mu shagi; 8–og‘iz burchagini pastga tortuvchi mushak; 9–bo‘yinning teri osti mushagi; 10–ko‘zning aylanma mushagi; 11–quloq sup rasining orqa mushagi; 12–ensa-peshona mushagining ensa qorinchasi; 13–quloq sup rasining ustki mushagi. Kalla gumbazi ust tomondan kalla usti mushagi (m. epicra- nius) bilan qoplangan. U peshona qorinchasi, ensa qorinchasi va ularni o‘zaro qo‘shib turgan kallaning pay qalpog‘idan iborat. Bu mushakning ensa qorinchasi ensaning yuqori bo‘yin chizig‘ining lateral 2/3 qismidan boshlanib, kallaning pay qalpog‘iga o‘tib ke- tadi. Uning pe shona qorinchasi kallaning pay qalpog‘idan bosh- lanib, qosh sohasi terisiga birikadi. Kallaning pay qalpog‘i yassi fibroz qatlamdan iborat bo‘lib, kalla qopqog‘ining katta qismini qoplaydi. U bilan kalla qop qog‘ini qoplagan suyak parda o‘rta sida yumshoq biriktiruvchi to‘qima qatlami joylashgan. Shuning uchun ensa-peshona mushagi qisqarganida bosh terisi kallaning pay qal- pog‘i bilan birga kalla gumbazi ustida erkin harakat qiladi. Faoliyati: ensa qorinchasi bosh terisini orqaga tortadi, pesho- na qorinchasi esa peshona terisini yuqoriga ko‘tarib, peshonada ko‘ndalang burmalar hosil qilib, qoshni yuqoriga ko‘taradi. Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling