171
laydi. Chaynov mushaklari to‘rt juft.
Ulardan ikkitasi yuza (chaynov
va chak-
ka mushaklari), ikkitasi – chuqur (la-
teral va medial qanotsimon mu shaklar)
joylashadi.
1.
Chaynov mushagi (m. masse-
ter)
to‘rt burchak shaklda bo‘lib, yonoq
ravo g‘idan boshlanib, pastga va oldinga
yo‘nalib pastki jag‘ning chaynov g‘adir-
budirligiga birikadi.
Faoliyati: pastki jag‘ni ko‘taragi.
2.
Chakka mushagi (m. tem poralis)
yelpig‘uch shaklidagi mu shak bo‘lib, o‘z
nomidagi chuqurcha va kalla suyagi-
ning lateral yuzasida joylashgan. Chak-
ka chuqurchasi
va fassiyasidan bosh-
lanib, qalin pay bilan pastki jag‘ suyagi-
ning tojsimon o‘simtasiga birikadi.
Faoliyati: pastki jag‘ni ko‘taradi va orqaga tortadi.
3.
Medial qanotsimon mushak (m. pterygoideus medialis)
to‘rtburchak shakldagi qalin mushak bo‘lib,
ponasimon suyak-
ning qanotsimon o‘simtasi chuqurchasidan boshlanadi. Mushak
tolalari pastga lateral va orqaga yo‘nalib, pastki jag‘ burchagi-
ning ichki yuzasida joylashgan qanotsimon g‘adir-budirligiga bi-
rikadi.
Faoliyati:
ikki tomonlama qisqarsa, pastki jag‘ni yuqoriga tor-
tadi. Bir tomonlama qisqarsa pastki jag‘ qarama-qarshi tomonga
yo‘naladi.
4.
Do'stlaringiz bilan baham: