Anatomiya 2014. indd


Orqaning pastki tishli mushagi


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   422
Bog'liq
True

2. Orqaning pastki tishli mushagi orqaning serbar mushagi ol-
dida yotadi. U pastki ikkita ko‘krak, ustku ikkita bel umurtqalari-


150
ning o‘tkir qirrali o‘siqchalaridan boshlanib, IX–XII qovurg‘alar-
ning orqa yuzasiga birikadi.
Faoliyati: qovurg‘alarni pastga tushiradi.
Orqaning xususiy mushaklari umurtqalarning o‘tkir qirrali va 
ko‘n dalang o‘siqchalari, qovurg‘alar burchagi o‘rtasidagi egatlarda 
joylashib, uch: yuza, o‘rta va chuqur qavatlarni hosil qiladi.
Yuza qavatda bosh va bo‘yinning tasmasimon mu shagi, umurt-
qa pog‘onasini tiklaydigan mushak lar joylashgan (82-rasm). 
1. Boshning tasmasimon mushagi (m. splenius capitis) ensa 
boylamining pastki qismi, VII bo‘yin va yuqorigi 3–4 ta ko‘krak 
umurt qalarining o‘tkir qirrali o‘siqchasidan boshlanadi. Mushak 
tolalari yuqoriga lateral yo‘nalib, ensaning yuqori bo‘yin chizig‘i 
lateral qismiga va so‘rg‘ichsimon o‘simtaga birikadi. 
Faoliyati: ikki tomonlama qisqarsa, bosh va bo‘yinni orqaga 
tortadi. Bir tomonlama qisqarsa, boshni o‘z tomoniga tortadi.
2. Bo‘yinning tasmasimon mushagi (m. splenius cernicis) 
III–V ko‘k rak umurtqalarining o‘tkir qirrali o‘siqchasidan bosh-
lanib, 2–3 ta yuqo rigi bo‘yin umurtqalarining ko‘ndalang o‘siq-
chasining orqa do‘mboq chasiga birikadi.
Faoliyati: ikki tomonlama qisqarsa, umurtqa pog‘onasining bo‘-
yin qismini orqaga tortadi. Bir tomonlama qisqarsa, o‘z tomoniga 
buradi.
3. Umurtqa pog‘onasini tiklaydigan mushak (m. erector spinae) 
orqaning eng kuchli autoxton mushagi bo‘lib umurtqa pog‘onasi-
ning bor bo‘yicha tortilgan (82-rasm). U qalin, pishiq pay vosita-
sida dum g‘azaning orqa yuzasidan, bel, XII va 
XI ko‘krak umurt qalarining o‘tkir qirrali o‘siq-
chasidan, yonbosh suyagi qirrasining orqa qis-
midan boshlanadi. Mushak tolalari yuqori to-
monga yo‘nalib, yuqorigi bel umurtqalari soha-
sida uch qismga: lateral-qovurg‘alarga birikuv-

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling