Anatomiya 2014. indd
-rasm. Odam tanasi mushaklari
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
80-rasm. Odam tanasi mushaklari.
Orqa tomondan ko‘rinishi: 1–chakka mushagi; 2–ensa-peshona mu- shagining ensa qorinchasi; 3–boshdagi yarim qirrali mushak; 4–boshning tas- masimon mu shagi; 5–to‘sh-o‘mrov- so‘rg‘ichsimon mushak; 6–trape- tsiyasimon mushak; 7–deltasimon mu shak; 8–uch boshli mushak; 9–yelkaning ikki boshli mu shagi; 10–yelka mushagi; 11–bilakni ichkariga burovchi yumaloq mushak; 12–yelka-bilak mushagi; 13–panja- ni bukuv chi bilak mushagi; 14–uzun kaft mu shagi; 15–panjani bukuv chi tirsak mu- shagi; 16–barmoqlarni bukuvchi yuzaki mushak payi; 17–yarim payli mushak; 18, 20–yarim pardali mushak; 19–sonning ikki boshli mushagi; 21–boldir mushagi; 22–kambalasimon mushak; 23–uzun ki- chik boldir mushagi payi; 24–kalta-kichik boldir mushagi; 25–oyoq kafti mushagi; 26–katta dumba mushagi; 27–o‘rta dumba mu shagi; 31–katta yumaloq mushak; 32–kurak qirrasi ostidagi mushak; 33–kichik yumaloq mushak; 34–yelka-bi- lak mushagi; 35–chaynov mushagi. ularning tarqalishini chegaralaydi va ba’zi hollarda anesteziya qilish da yordam beradi. Fassiyalar suyaklarga birikib mushaklar- aro to‘siqlar hosil qiladi. Fassiyalar xususiy va yuza fassiyalar- ga bo‘linadi. Xususiy fassiya odam tanasining har bir sohasi- ga tegishli bo‘lib, shu nom bilan ataladi. Agar mushaklar birne- cha qavat joylashgan bo‘lsa, unda qavatlar o‘rtasida xususiy fas- siya qatlamlari yuza qavat orasida – yuza qatlam, chuqur qavat orasida esa – chuqur qatlam hosil bo‘ladi. Yuza fassiyalar te- ri ostida joylashgan bo‘lib, mushaklarni teri osti yog‘ to‘qimasi- dan ajratib turadi, shuning uchun uni teri osti fassiyasi ham deb ataladi. Yuza fassiya yumshoq biriktiruvchi to‘qimadan tuzil- gan bo‘lib, u teri ostida butun tanani o‘rab turadi va unda ba’zi bir sohalarda yog‘ to‘qimasi to‘plangan bo‘ladi. Fassiyalar tana- 146 ning turli qismlarida har xil taroqqiy etadi. Agar mushaklar ha- rakati kuchli bo‘lsa (oyoq da) fassiyalar qalin bo‘ladi. Qo‘l va oyoqning ba’zi bo‘g‘imlari sohasida (bilak-kaft oldi, boldir-oyoq panja bo‘g‘imi) mushak paylarining yo‘nalishi o‘zgaradi. Bu so- halarda fassiyalar qalinlashadi va suyaklarni turtib chiqqan joy- lariga birikib mushaklarni ushlab turuvchi bo‘gichni hosil qiladi. Bu sohada mushaklarni ushlab turuvchi bo‘gich ostida kanallar hosil bo‘lib, ulardan mushak paylari o‘tadi. Bu kanallami fib- roz yoki suyak-fibroz kanallar deb ataladi. Fibroz kanallar fas- siyalardan hosil bo‘lsa, suyak-fibroz kanallari fassiya va suyaklar o‘rtasida hosil bo‘ladi. Ular payni bir holatda ushlab turib, ular- ning harakat kuchining yo‘nalishini ta’minlaydi. Fibroz kanal- larning devorlari sinovial parda bilan o‘ralgan bo‘lib, bu parda kanalni ikkala uchida payni o‘rab, yopiq sinovial qinlar hosil qi- ladi. Sinovial pardaning bir qismi payni o‘rab olib unga birikib ketadi va uning visseral varag‘ini hosil qiladi. Ikkinchi qismi esa fibroz qinini ichidan qoplab uni devoriga birikib parietal varaq- ni hosil qiladi. Visseral varaqning parietal varaqqa o‘tgan yerda sinovial parda 2 qavat bo‘ladi va uni pay tut qichi mezotendiniy deyiladi. Mezotendiniy ichida payning qon tomirlari va nervlari joy- lashadi. Sinovial qinning visseral va parietal varaqlari orasida bo‘shliq bo‘lib, unda birnecha tomchi suyuqlik bo‘ladi, u pay ha- rakat qilgan vaqtda uni ish qalanishdan saqlaydi. Pay yoki mushaklar suyaklarning ko‘tarilgan joyiga tegib tur- sa, bu yerlarda sinovial xaltalar hosil bo‘ladi. Ular biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan bo‘lib, ularning ichida ozgina suyuqlik bo‘la- di. Bu suyuq lik ham payni ishqalanishdan saqlaydi. Sinovial xal- taning devori bir tomondan harakatlanuvchi pay yoki mushakka yopishgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan suyaklarga yopishadi. Xalta bo‘shlig‘i qo‘shni bo‘g‘im bo‘shlig‘i bilan qo‘shiladi. Mushak paylari o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradigan joylarda g‘al- tak hosil bo‘lib, uning ustida pay xuddi kamar o‘q ustidan o‘tga- nidek bo‘ladi. G‘altaklar suyakdan iborat bo‘lishi mumkin. Bu hollarda suyak ust tomondan tog‘ay bilan qoplanadi. Bunda suyak bilan pay o‘rtasida sinovial xalta joylashgan bo‘ladi. Fibroz g‘al- taklar fassiya boylamlaridan hosil bo‘ladi. Sesamisimon suyaklar paylar ichida paydo bo‘ladi. Bularga no‘ xat simon suyak va tizza qopqog‘i kiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling