Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   422
Bog'liq
True

 ko‘ndalang tolaliaylanma tolali mushaklarga bo‘linadi. Ay-
lanma tolali mushaklar (78- h rasm) teshiklarni o‘rovchi sfinkter-
larni hosil qiladi.
Mushak tolalari pay o‘qiga nisbatan har xil yo‘nalishga ega 
bo‘ladi. Agar qiyshiq tolalar payning bir tomonida joylashsa mu shak 
bir patli (78- b rasm),
 agar mushak tolalari payning ikki tomonida 
joylashsa ikki patli (78- d rasm),
 har tomonida joylashsa ko‘p pat-
li
 deyiladi.
Vazifasiga qarab mushaklar bukuvchi, yozuvchi,
yaqinlashti-
ruv chi
uzoqlashtiruvchi, aylantiruvchi, ichki tarafga buruvchi va 
tashqi tarafga buruvchi
 mushaklar deyiladi.
Bo‘g‘imlarga nisbatan mushaklar bir, ikki va ko‘p bo‘g‘imli 
mu shaklarga bo‘linadi. Ko‘p bo‘g‘imli mushaklar uzun bo‘lib, 
yuzaroq joylashadi. Bir bo‘g‘imli mushaklar kalta va chuqurroq 
joylashadi. Joyla shishiga qarab mushaklar yuza va chuqur, lateral 
va medial, oldingi va orqa guruhlarga bo‘linadi.
Mushaklarning yordamchi apparatlari. Mushaklarning aso-
siy qism lari ya’ni tanasi va paylaridan tashqari uning yordamchi 
qism lari ham bo‘lib, ular mushak ishini yengillashtiradi. Bular-
ga fassiyalar, pay qinlari, sinovial sumkalar va mushaklar g‘alta-
gi kiradi.
Fassiya – mushaklarni o‘ragan zich tolali biriktiruvchi to‘qi-
madan tuzilgan parda bo‘lib, ular mushaklarni bir-biridan ajra-
tib, qisqargan vaqtida mushakni bir joydan surilib ketmasligi-
ni ta’minlaydi. Fassiyalar g‘i lof tuzilishiga ega bo‘lib, ba’zi bir 
patologik hollarda (yiring to‘plangan va qon quyilgan vaqtda) 


144
79-rasm. Odam tanasi mushaklari.
Old tomondan ko‘rinishi:
1–chakka mushagi; 2–ensa-pesho-
na musha gining peshona qorincha-
si; 3–og‘izning aylanma mushagi; 
4–engak mushagi; 5–tosh-til osti 
mushagi; 6–jimjiloqni yozuv-
chi mushak; 7–kaftning tirsak 
tomonga yozuv chi mushak
8–barmoqlarni yozuvchi mu-
shak; 9–panjani bukuvchi tir-
sak mu shagi; 10–tirsak
mushagi; 11–katta ko‘krak 
mushagi; 12–qorinning to‘g‘ri 
mushagi; 13–qorinning tashqi qiyshiq 
mushagi; 14–piramidasimon mushak; 
15–keng fassiyani taranglovchi
mushak; 16–yonbosh-bel mushagi; 
17–taroqsimon mushak; 18–sonni
yaqinlashtiruvchi uzun mu shak;
19–tikuvchilar mushagi; 20–nozik 
mushak; 21–sonning to‘g‘ri mushagi; 
22–lateral serbar mushak; 23–son-
ning o‘rta serbar mushagi; 24–boldir 
mu shagi; 25–kambalasimon mushak;
26–barmoqlarni bukuvchi uzun mu-
shak; 27–bar moqlarni yozuvchi uzun 
mushak payi; 28–oyoq bosh bar-
mog‘ini uzoqlashtiruvchi mushak; 
29–barmoqlarni yozuvchi uzun mu-
shak; 30–oldingi katta boldir musha-
gi; 31–qo‘lning bosh barmog‘ini
yozuvchi kalta mushak; 32–qo‘lni 
bosh barmog‘ini uzoqlashtiruvchi 
mushak; 33–kaftni tirsak tomonga 
yozuvchi mushak; 34–kaftning bilak 
tomonga yozuvchi kalta mushak;
35–barmoq larni yozuv chi mushak; 36–panjani bukuvchi bilak mushagi;
37–kaftning bilak tomonga yozuv chi uzun mushak; 38–yelka-bilak mushagi;
40–uch boshli mu shak; 41–yelkaning ikki boshli mushagi; 42–oldingi tish-
chali mushak; 43–deltasimon mushak; 44–trapetsiyasimon mushak;
45–to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mu shak; 46–og‘iz burchagini pastga
tortuvchi mushak; 47–chaynov mushagi; 48–katta yonoq mushagi;
49–ko‘zning aylanma mushagi.


145

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling