Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chakka chuqurchasi
Og‘iz bo‘shlig‘i (cavitas oris). Uning ustki devorini suyak
(qattiq) tanglay hosil qiladi. Qattiq tanglay o‘zaro o‘rta chiziqda chok lar vositasida birikkan o‘ng va chap ustki jag‘ suyagi tanglay o‘sim tasi hamda tang lay suyagi gorizontal plastinkasidan iborat. Old va yon tomondan ustki jag‘ suyagi alveolyar o‘sig‘i bilan che- garalanadi. Suyak tanglay og‘iz bo‘shlig‘ining yuqorigi devorini hosil qilib, pastki yuzasi bukilgan. Uning o‘rtasidan o‘rta tanglay choki o‘tgan bo‘lib, oldingi uchida kurak tishlari orasidagi kanal 75-rasm. Burun bo‘shlig‘ining lateral devori: 1–yuqorigi burun yo‘li; 2–burunning yuqori chig‘anog‘i; 3–ponasimon suyak bo‘shlig‘i; 4–turk egari; 5–burunning o‘rta chig‘anog‘i; 6–ponasimon-tang- lay teshigi; 7–o‘rta burun yo‘li; 8–burunning pastki chig‘anog‘i; 9–tang lay suyagining perpendikulyar plastinkasi; 10–ostki burun yo‘li; 11–tanglay suyagining gorizontal plas- tinkasi; 12–ustki jag‘ning tanglay o‘sig‘i; 13–ustki jag‘ bo‘shlig‘ning yorig‘i; 14–ko‘z yoshi suyagi; 15–ustki jag‘ suyagining peshona o‘sig‘i; 16–burun suyagi; 17–peshona bo‘shlig‘i. 139 joy lashgan. Ustki jag‘ suyagi tanglay o‘sig‘ining orqa chekkasi- ni tang lay suyagi gorizontal plastinkasi birikkan joyda ko‘ndalang tang lay choki bor. Kallaning yon qismida chakka, chakka osti va qanot-tanglay chuqurchalarini ko‘rish mumkin. Chakka chuqurchasi orqa va yuqoridan chakkaning pastki chizig‘i, pastdan chakka osti qirrasi va yonoq ravog‘ining oldingi chekkasi, oldindan yonoq suyagi bilan chegaralanadi. Bu chuqurchani chakka mushagi to‘ldirib turadi. Chakka osti chuqurchasining ustki devorini chakka suyagi va ponasimon suyakning katta qanoti, medial devorini qanotsimon o‘simtaning lateral plastinkasi hosil qiladi. Uning oldingi devori ustki jag‘ suyagi do‘mboqchasi va yonoq suyagidan hosil bo‘lgan. Chakka osti chuqurchasi old tomondan ko‘z kosasining ostki yori- g‘i orqali ko‘z kosasiga, ichki tomondan qanotsimon-ustki jag‘ yorig‘i Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling