Anatomiya 2014. indd


joylashgan. Frontal sath- da peshona suyagining pallasi bilan tepa suyaklari o‘rtasida esa  tojsimon chok


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   422
Bog'liq
True

 joylashgan. Frontal sath-
da peshona suyagining pallasi bilan tepa suyaklari o‘rtasida esa 
tojsimon chok
 o‘tsa, tepa suyaklari bilan ensa suyagining palla-
si o‘rtasida lambdasimon chok
yotadi. Kalla qopqog‘ining ikki 
yon yuzasida tepa suyagining tangasimon chekkasi bilan chak-
ka suyagi pallasi o‘rtasida tangasimon chok
 bor. Kalla gumbazi-
ning oldingi qismida qosh usti yoyi, qanshar va peshona do‘ngligi 
joylashgan. Kalla gumbazining yuqorigi lateral tomonlarida tepa 
suyagining do‘ngligi, uning ostida ravoq shaklida yo‘nalgan ustki 
chakka chizig‘i o‘tadi. Undan pastda yaxshi bilingan pastki chak-
ka chizig‘i o‘tadi.
Kallaning miya qismi suyaklarining ichki yuzasi bosh miyaga 
qaragan bo‘lib, uni miya yuzasi deyiladi. Unda bosh miya relyefi-


134
ga mos bo‘lgan miya pushtalaining izlari, arteriya va vena egatlari 
bor. Alohida suyaklarning miya yuzasida miya qattiq pardasining 
sinuslari va diploik venalar boshning tashqi venalari bilan bog‘la-
nadigan vena teshiklari bor.
Kalla asosida ham tashqi va ichki yuza tafovut qilinadi. Kal-
la asosining ichki yuzasi (72-rasm) bosh miyaning pastki yuzasi 
relyefiga mos tekis bo‘lmagan yuzaga ega. U uchta: oldingi, o‘rta 
va orqa kalla chuqurchasiga bo‘linadi.
Oldingi kalla chuqurchasi
 peshona suyagining ko‘z kosasi qis-
mi, ponasimon suyakning kichik qanotlari va g‘alvirsimon suyak-
ning g‘alvirsimon plastinkasidan hosil bo‘lgan.
Bu chuqurchada miya izlarining bo‘rtmalari va barmoqsimon 
botmalar, xo‘roz toji, ko‘r teshik, peshona qirrasi va hidlov nervi 
ipchalari o‘tadigan g‘alvirsimon teshikchalar bor.
O‘rta kalla chuqurchasi nisbatan chuqur. Uni ponasimon 
suyak tanasi va katta qanotlari, chakka suyagi piramidasining ol-
dingi yuzasi va pallasi hosil qiladi. Unda turk egari, gipofiz chu-
qurchasi, ko‘ruv nervi kesishmasining oldingi egati, ko‘ruv nervi 
kanali, uyqu arteriyasining egati, ko‘z kosasining yuqori yorig‘i,

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling