Anatomiya 2014. indd


Chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   422
Bog'liq
True

Chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi (articulatio temporomandibula-
ris)
 juft, hamkor bo‘g‘im (71-rasm). U tuzilishi jihatidan ellips-
simon bo‘g‘im tur kumiga kiradi va pastki jag‘ suyagi boshchasi 
bilan chakka suyagi pastki jag‘ chuqurchasi o‘rtasida hosil bo‘ladi. 
Suyaklarning bo‘g‘im yuzalari fibroz tolali tog‘ay bilan qoplan-
gan. Bo‘g‘im diskining
 chekkasi bo‘g‘im xaltasiga birikib ketgan-
ligi uchun, bo‘g‘im bo‘shlig‘ini ikki qavatga ajratadi. Diskning ik-
ki cheti baland, o‘rtasi chuqur bo‘lib, suyaklarning bo‘g‘im yuza-
larini bir-biriga moslab turadi. Bo‘g‘im xaltasi chakka suyagiga 
old tomondan bo‘g‘im do‘mboq chasi, orqa tomondan esa tosh-
simon-nog‘ora yorig‘i sohasida yopishadi.
Pastki jag‘ suyagi do‘ngli o‘siq chasini old tomondan past -
ki jag‘ bosh chasining chekkasi bo‘ylab biriksa, orqa tomondan 
past ki jag‘ boshchaning orqa chekkasi dan 0,5 sm pastroqda bi-
rikadi. Bo‘ g‘im xaltasining old tomoni orqasiga nisbatan yupqa-
roq. Uni tash qi tomondan yonoq o‘simtasi asosidan boshlanib, 
bo‘g‘im o‘simtasi bo‘ynini orqa lateral yuzasiga birikadigan yel-
pig‘ich shaklidagi lateral boylam mustah-
kamlaydi. Bundan tashqari bo‘g‘imni mu-
stahkamlashda ponasimon suyak qanotsi-
71-rasm. Chakka-pastki jag‘ bo‘g‘imi:
1–bo‘g‘im xaltasi; 2–lateral boylam; 3–ponasi-
mon-pastki jag‘ boylami; 4–bigizsimon o‘simta; 
5–bigizsimon-pastki jag‘ boylami.


133
mon o‘simtasidan boshlanib, pastki jag‘ tilchasiga birikadigan in-
gichka fibroz tizimcha shaklidagi ponasimon-pastki jag‘ boyla-
mi va bigizsimon o‘simtadan boshlanib pastki jag‘ shoxining or-
qa chekkasini ichki yuzasiga birikadigan bigizsimon-pastki jag‘ 
boylami
ham ish tirok etadi. Bo‘g‘imda harakat uch o‘q atrofi-
da bo‘ladi: 1. Og‘izni ochib yopi lishiga mos ravishda pastki jag‘ 
past ga tushadi va ko‘tariladi. 2. Pastki jag‘ning oldinga va orqaga 
surilishi. 3. Pastki jag‘ning o‘ng va chap tomonga harakati. 
Butun kalla
Kallaning miya qismi uning gumbazi va asosidan tashkil top-
gan. Ular o‘rtasidagi chegara ensa suyagini tashqi do‘ngligidan 
boshlanib, ensaning yuqori bo‘yin chizig‘i bo‘ylab so‘rg‘ichsimon 
o‘simta asosiga, undan tashqi eshituv yo‘lagi ustidan yonoq ra-
vog‘i va ko‘z kosasining ustki qirrasi bo‘ylab peshona burun cho-
kigacha boradigan shartli chiziqdan iborat. Kalla gumbazini pe-
shona, ensa va chakka suyaklarining palla qism lari, tepa suyakla-
ri, ponasimon suyak katta qanotini lateral bo‘laklari hosil qiladi. 
Kalla gumbazi suyaklari yassi suyaklar turkumiga kiradi. Ular ik-
ki qavat yupqa kompakt modda qatlami va ular o‘rtasida joylash-
gan, uncha qalin bo‘lmagan g‘ovak moddadan iborat. Ichki bosh 
miyaga qaragan qatlam mo‘rt bo‘lgani uchun shi shasimon qatlam 
deyiladi. Bosh shikastlangan vaqtda tashqi qatlam o‘zgarmagan 
holda, ichki qatlamning mayda bo‘laklarga bo‘linib ketishi kuza-
tiladi. Kalla gumbazining tashqi yuzasida tepa suyaklarining sa-
gittal chekkalari o‘rtasida sagittal chok

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling