132
Kalla suyaklarining birlashuvi
Kalla suyaklari o‘zaro uzluksiz birlashmalarning bir turi bo‘l-
gan chok lar vositasida birlashadi. Ulardan faqat pastki jag‘ suyagi
chak ka suyagi bilan bo‘g‘im hosil qilib qo‘shiladi. Kalla qopqog‘i
suyak lari o‘zaro tishli choklar hosil qilib birlasha di.
Chak ka suya-
gining palla qismi tepa suyagi bilan tangasimon chok hosil qilsa,
yuz suyak lari o‘zaro silliq chok yordamida qo‘shi la di. Kalla aso-
sida esa sinxondroz lar ham uchraydi.
Kalla qopqog‘i suyaklari o‘rtasida
quyidagi tishli choklar uch-
raydi. Tepa suyaklarining medial chekkalari o‘zaro sagittal chok
hosil qilib birlashadi. Peshona va tepa suyaklari o‘rtasida tojsimon
chok bo‘lsa, tepa suyak lari va ensa suyagi pallasi o‘rtasida lamb-
dasimon chok hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: