Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yonoq suyagi
- 68-rasm. Yonoq suyagi
suyak tanasidan pastga chiqib oldinga qarab qa-
vargan plastinka. O‘siqning pastki chekkasi alveolyar yoyni hosil qi- ladi. Unda tish alveolalari va ularning o‘rtasida alveolalararo to‘siq- lar, alveolyar o‘siqning tashqi yuzasida esa alveola tepaliklari bor. Tanglay o‘sig‘i suyakning burun yuzasidan boshlanib, gorizon- tal joylashadi. U qarama-qarshi o‘siq bilan birikib qattiq tang layni hosil qilish da qatnashadi. O‘siqning medial erkin chekkasida yu- qoriga ko‘tarilgan burun qirrasi ko‘rinadi, u dimog‘ suyagining past ki chekkasi bilan birikadi. O‘siqning ustki yuzasi silliq bo‘lib, burun bo‘shlig‘ining past ki devorini hosil qiladi. Past ki yuzasida esa bo‘ylama tanglay egatlari, o‘rta chok ning oldingi uchida ku- rak tish lari orasidagi kanallar teshigi bor. O‘siqning orqa chekkasi tanglay suyagini gorizontal plastinkasi bilan birikadi. 128 Yonoq suyagi (os zygomaticum) yuz suyaklari orasida eng qattig‘i bo‘lib (68-rasm), kallaning miya va yuz qismi suyaklari- ni (peshona, chakka, ustki jag‘) bir-biriga qo‘shib turadi. Yonoq suyagining joy lashgan o‘rniga qarab uchta: lateral, chakka, ko‘z kosasiga qaragan yuza lari va ikkita: peshona, chakka o‘siqlari ta- fovut qilinadi. 68-rasm. Yonoq suyagi: A–ich tomondan ko‘rinishi: 1–peshona o‘sig‘i; 2–chakka yuzasi; 3–yonoq-yuz teshigi; 4–ko‘z kosasiga qaragan yuza; B–tashqi tomondan ko‘rinishi: 1–peshona o‘sig‘i; 2–lateral yuza; 3–chakka o‘sig‘i; 4–yonoq-chakka teshigi. Lateral yuzasi noto‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, lateral tomonga va oldinga qarab biroz qavargan. Unda yonoq-yuz teshi- gi bor. Chakka yuzasi silliq, chakka osti chuqurchasining oldingi de- vorini hosil qiladi. Unda yonoq-chakka teshigi bor. Ko‘z kosasiga qaragan yuzasi ko‘z kosasining lateral-pastki devo ri ni va ko‘z kosasi osti qirrasining lateral qismini hosil qilish da qatna sha di. Bu yuzada joylashgan yonoq-ko‘z kosasi teshigi suyak ichida ikkiga bo‘linib, lateral yuzasiga yonoq-yuz teshigi bilan, chakka yuzasiga esa yonoq-chakka teshigi bilan ochiladi. Peshona o‘sig‘i yuqoriga yo‘nalib, peshona suyagining yonoq o‘sig‘i va ponasimon suyakning katta qanoti bilan birikadi. Chakka o‘sig‘i orqaga yo‘nalib, chakka suyagi yonoq o‘sig‘i bi- lan qo‘shilib yonoq ravog‘ini Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling