Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
kalla asosining tashqi yuza-
siga qaragan. Piramidaning asosiga yaqin joyda bo‘yinturuq chu- qurchasi bo‘lib, uni orqa tomondan bo‘yintiriq o‘ymasi chegara- lab turadi. U ensa suyagining shu nomli chuqurchasi bilan biri- kib bo‘yinturuq teshigini hosil qiladi. Oldida ichki uyqu arteriya- sining kalla bo‘shlig‘iga o‘tadigan uyqu kanalning tashqi teshigi bo‘lib, kanal kallaning ichki yuzasiga uyqu kanalining ichki teshigi bo‘lib piramidaning uchiga ochiladi. Uyqu arteriyasi kanali orqa devorida uning tashqi teshigiga yaqin joyda nog‘ora bo‘shlig‘iga ochiladigan uyqu-nog‘ora kanalchalari boshlanadi. Uyqu kanali teshigi bilan bo‘yinturuq teshigi o‘rtasida toshsimon chuqurcha, uning tubida nog‘ora kanalchasining pastki teshigi bor. Bo‘yintu- 126 ruq teshigining tashqi tomonida ingichka, uzun bigizsimon o‘siq- cha chiqib turadi. Uning orqasida bigizsimon va so‘rg‘ichsimon o‘sim talar o‘rtasida bigizsimon-so‘rg‘ichsimon teshik yotadi. So‘rg‘ichsimon o‘simta tashqi eshituv yo‘lagining orqasida joylashib tashqi yuzasi qavariq va g‘adir-budir, pastki uchi yuma- loq. O‘sim tani ichki tomondan so‘rg‘ichsimon o‘simta kemtigi chegaralab turadi. Kemtikdan ichkarida ensa arteriyasining egati joylashgan. O‘simta ichida so‘rg‘ichsimon katakchalar bo‘lib, ular so‘rg‘ichsimon g‘or vositasida o‘rta quloqqa qo‘shilib turadi. O‘simtaning ensa suyagi bilan birikadigan joyda so‘rg‘ichsimon o‘simta teshigi ко‘rinadi. Uning ichki kalla bo‘shlig‘iga qaragan ichki yuzasida sigmasimon sinus egati joylashgan. Kallaning yuz qismi suyaklari Ustki jag‘ suyagi (maxilla) juft suyak (67-rasm). Uning ta- nasi va to‘rtta: peshona, yonoq, tanglay va alveolyar o‘siqlari bor. Ustki jag‘ suyagining tanasi ichida havo saqlaydigan ustki jag‘ bo‘shlig‘i bo‘lib, u burun bo‘shlig‘iga ustki jag‘ bo‘shlig‘ining yori g‘i orqali ochiladi. Tanasida to‘rtta: oldingi, ko‘z kosasiga qaragan, burun va chakka osti yuzalari tafovut qilinadi. Oldingi yuzasi botiq bo‘lib, ko‘z kosasiga qaragan yuzasidan ko‘z kosasining pastki chekkasi bilan ajralib turadi. Uning os- tida qon tomir va nervlar o‘tadigan ko‘z kosasi ostidagi teshik bor. Undan past roqda qoziq tish chuqurchasi joylashgan. Oldingi yuza ni ichki tomondan chegaralaydigan burun kemtigi burunning oldingi o‘tkir qirrasi bo‘lib tugaydi. Ko‘z kosasiga qaragan yuzasi bir oz botiqroq uchburchak shakldagi silliq yuza bo‘lib, ko‘z kosasining pastki devorini tash- kil qiladi. Bu yuzaning medial chekkasi ko‘z yoshi suyagi, g‘al- Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling