Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   422
Bog'liq
True

 kalla suyagi ichidagi barmoqsimon botmalar, 
miya izlarining bo‘rtmalari
 va arteriya egatlari bor. Katta qanot-
ning tanaga yaqin joyida uchta teshik bor. Boshqalardan yuqori roq 
va oldinda uch shoxli nervning II shoxi o‘tadigan yumaloq teshik,
 
qanot ning o‘rtasida uch shoxli nervning III shoxi o‘tadigan oval 
teshik joylash gan. Nisbatan kichkina o‘tkir qirrali teshik katta qa-
notning orqa burchagida joylashib, undan miya qattiq pardasining 
o‘rta arteriyasi o‘tadi. Ko‘z kosasiga qaragan yuzasi
 ko‘z kosasi-
ning lateral devorini hosil qiladi. U to‘rtburchakli silliq plastinka 
shaklida. Yuqori jag‘ yuzasi
uchburchak shaklida, qanot-tanglay 
chuqurchasiga qaragan bo‘lib, unga yumaloq teshik ochiladi. 
Chakka yuzasi
 keng, uni chakka osti qirrasi ikki qismga ajra-
tadi. Yuqo rigi katta qismi vertikal joylashib, chakka chuqurcha-
si devorini hosil qilishda qatnashadi. Pastki gorizontal joylashgan 
qismi chakka osti chuqurchasini ustki devorini hosil qiladi. Katta 
qanotning qirralari qo‘shni suyaklar bilan birikadi. 
Qanotsimon o‘simta
 juft bo‘lib tanadan katta qanot boshlana-
digan joydan pastga qarab vertikal yo‘nalgan. Ularning ichki yu-


123
zasi burun bo‘shlig‘iga qaragan bo‘lsa, tashqi yuzasi chakka osti 
chuqurchasiga qaragan.
Qanotsimon o‘simtaning asosida oldindan orqaga yo‘nalgan 
qanotsimon kanal,
 uning oldingi chekkasida yuqoridan pastga to-
mon qanotsimon-tanglay egati
 o‘tadi. Qanotsimon o‘simta ikki: 
medial va lateral plastinkadan
 iborat. Old tomonda plastinkalar 
birikkan. O‘sim ta plastinkalari orqa tomonda bir-biridan uzoq-
lashadi va ularning o‘rtasida qanotsimon chuqurcha

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling