Anatomiya 2014. indd


tashqi qa variq yuzasi yon tomon- ga chakka yuza siga


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   422
Bog'liq
True

 tashqi qa variq yuzasi yon tomon-
ga chakka yuza siga
 o‘tib ketadi. Pallaning tashqi yuzasida bir juft 
peshona do‘ngligi
 bor, ularning o‘rtasida qanshar joylashgan. 
Suyak pallasini ko‘z kosasi qismidan ko‘z kosasining ustki 
60-rasm. O‘ng tepa suyagi. 
Tashqi yuzasi:
1–peshona qirrasi; 2–pal-
la qirrasi; 3–tepa suyagining 
do‘ngligi; 4–ostki chak-
ka chizig‘i; 5–ensa qirrasi; 
6–yuqorigi chakka chizig‘i; 
7–o‘qsimon qirra.
61-rasm. Peshona suyagi. Old tomondan 
ko‘rinishi:
1–tepaga qaragan qirra; 2–peshona 
do‘ngligi; 3–chakka chizig‘i; 4–qan shar; 
5–ko‘z kosasi usti teshigi; 6–burun qismi; 
7–ko‘z kosasi usti qirrasi; 8–ko‘z kosasi 
usti kemtigi; 9–yonoq o‘simtasi; 10–qosh 
usti yoyi; 11–chakka chuqurchasi;
12–peshona suyagining pallasi.


119
qirrasi
ajratib turadi. Bu qirraning burun qismiga yaqin joyida 
ko‘z kosasi usti kemtigi bor. Ko‘pincha, bu kemtik teshikka ay-
lanishi mumkin. Ko‘z kosasining ustki qirrasi lateral tomonga 
yonoq suyagi bilan birikadigan yonoq o‘simtasini hosil qilib tu-
gaydi. Undan yuqoriga va orqaga qarab chakka mushagi birikadi-
gan chakka chizig‘i yo‘naladi. Har bir qirradan yuqoriroqda qosh 
usti yoyi bor. Peshona suyagi pallasining ichki (miya) yuzasi go-
rizontal joylashgan ko‘z kosasi qismiga o‘tadi. Pallaning ichki 
yuza sini oldingi tomonida peshona qirrasi bor.
U orqa tomonga qarab o‘rta chiziq bo‘ylab yo‘nalgan ustki 
o‘qsimon sinus egatigacha davom etadi. Peshona qirrasining aso-
sida bosh miya qattiq pardasi yopishadigan ko‘r teshik bor.
Peshona suyagining ko‘z kosasi qismi
 gorizontal joylashgan bir 
juft yupqa plastinkadan iborat. O‘ng va chap ko‘z kosasi qismla-
ri o‘zaro g‘alvirsimon suyak kemtigi bilan ajralgan. Uning ustki 
miya yuzasida barmoq izlari va miya izlarining bo‘rtmalari
bor. 
Ko‘z kosasi qismining ko‘z kosasiga qaragan yuzasi
 silliq va bo-
tiq bo‘lib, ko‘z kosasining ustki devorini hosil qiladi. Uning tashqi 
burchagida ko‘z yoshi bezining chuqurchasi joylashgan.
Peshona suyagining burun qismi taqasimon shaklda. U ko‘z 
kosasi qismlarining o‘rtasida joylashib g‘alvirsimon suyak kemti-
gini old va yon tomondan chegaralaydi. Uning oldingi tishli qis-
mi burun suyaklari va ust ki jag‘ suyagining peshona o‘sig‘i bilan 
birikadi. Bu qismning o‘rtasida burunning o‘tkir qirrasi bo‘lib, 
burun to‘sig‘ini hosil qilishda qatnashadi. Uning o‘ng va chap to-
monlarida peshona bo‘sh lig‘i

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling