N I z o m I y n o m I d a g I t o s h k e n t d a V l a t p e d a g o g I k a u n I v e r s I t e t I m a m a s o L i j u m a b o y e V

bet1/18
Sana18.10.2017
Hajmi
#18133
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
18133

0 ‘ZBEKISTON  RESPUBLIKASJ  O LIY   VA  0 ‘RTA 
MAXSUS  TA’LIM  V A ZIR LIG I
N I Z O M I Y   N O M I D A G I   T O S H K E N T   D A V L A T  
P E D A G O G I K A   U N I V E R S I T E T I
M A M A S O L I   J U M A B O Y E V
BOLALAR  ADABIYOTI 
YA  FOLKLOR
Oliy va o ‘rta m axsus ta ’lim vazirligi to m o n id a n  oliy o ‘quv yurtlari 
boshlang‘ich t a ’lim ,  tarbiyaviy ish va sp o rt fakultetlarining talabalari 
uchun darslik sifatida tavsiya etilgan
0 ‘  zbekiston  Yozuvchilar  uyushmasi  A dabiyot ja m g ‘arm asi  nashriyoti
Toshkent  —  2006
www.ziyouz.com kutubxonasi

M am aso li  J u m a b o y e v .  B o la la r  adabiyoti  va  fo lk lo r.  D arslik.  0 ‘  z b c k isto n  
Y ozuvchilar  uyushm asi  A dabiyot jam g‘armasi  nashriyoti,  2006.  216  b.
H ar  to m o n la m a   b arkam ol  yangi  avlodni  voyaga  yetkazish  davlatim izning 
bugungi kundagi eng m u h im  vazifalaridan biridir.  Bu borada badiiy adabiyot, ayniqsa, 
bolalar adabiyoti  k a tta   rol  o'ynaydi.  M .  Jum aboyevning  m azkur  darsligi  «Kirish*, 
«Xalq  og‘zaki  ijodi  v a   b o lalar  kitobxonligi»,  « 0 ‘zbek  bolalar  adabiyoti»,  «C het  el 
bolalar  adabiyoti»  d e b   nom lanuvchi  bo'lim lardan  iborat.
Darslikda o ‘zb ek  va ja h o n  bolalar adabiyotining ko‘zga ko'ringan yozuvchilari 
saralab  olingan.  Q ala m k a sh lar va  ulam ing  ijodlari  haqidagi  m ateriallar  ham  ju d a  
ixcham  va tu sh u n arli  berilgan.
D arslik  bosh lan g ‘ic h   ta ’lim  va  tarbiyaviy  ishlar  fakultetlarining  talabalariga 
m o ‘ljallab  yozilgan.  L ekin  u ndan  o ‘zbek  tili  va  adabiyoti,  maktabgacha  t a ’lim , 
defektologiya  fak u ltetla rin in g   talabalari  ham   foydalanishlari  mumkin.
M a s’ul  m uharrir:
Taqrizchilar:
S afo   Ochil,
pedagogika fanlari doktori, 
professor,  bolalar  shoiri.
T urdunboy  Adashboyev,
B olalar  shoiri;
B ahodir  Sarimsoqov,
filologiya  fanlari  doktori,  professor;
H am idulla  Boltaboyev, 
filologiya  fanlari  doktori,  professor.
Nizomiy  nomTT
T P  P U   _
kuiui 
á
tv asi
Ч -
/
©   0 ‘  zbekiston  Yozuvchilar  uyushmasi 
Adabiyot jam g (arm a si nashriyoti,  2006.
www.ziyouz.com kutubxonasi

BOLALAR  ADA BIYOTIN ING  M A Q SA D   VA  VAZIFALARI
Bolalaradabiyoti so‘z sa n ’ati va taibiya vosiíasidir. Kichkintoylar u c h u n  
yoziladigan h ar qanday badiiy asar u lam ing yosh xususiyatlariga,  saviyalariga 
mos,  kitobxonlar  qalbida  o ‘y-fikrlar  uyg‘otadigan,  yorqin  obrazlarga  boy, 
yuksak g‘oyalarga,  ulkan va porloq ishlarga  ilhomlantiradigan boMishi  zaru r. 
Eng m uhim i  m avzular tushunarli,  sodda va qiziqarli tilda ifodalanishi  kerak.
Bolalar adabiyoti  yoshlami  im o n -e ’tiqodli  kishilar sifatida va v atan g a 
muhabbat ruhida taibiyalashda mustaqil mamlakatim izning qudratli qurolidir.
Faqat  chinakam   badiiy  asarlargina  bolalarga  kuchli  ta ’sir  k o ‘rsatib, 
ana  shu  yuksak  talablarga  javob  bera  oladi.  Shu  sababli  bunday  k ito b la r 
pedagogik  nuqtai  nazardan  ham   alo h id a  aham iyat  kasb etadí.
Bolalar  kitobi  bu  vazifani  bajarishda  badiiy  tilga  suyanadi.  A d ab iy  
asaming tili uning g‘oyaviy mazmunini an iq  va ¡fodali ochib berish vositasidir. 
Yaxshi,  an iq ,  ravon,  obrazli,  boy  til  b ilan   yozilgan  asar  y o zu v ch in in g  
maqsad va fikrlarini kitobxoniarga tez va oson yetkazadi.
Alisher N avoiy «Mahbubul qulub»da tilni  «ko‘ngil xazinasining qulfi», 
deb  ta'riflaydi.  Buyuk  shoir  kishilam i  qisqa  va  m azm unli,  c h u q u r  m a n tiq  
bilan so‘zlashga chaqiradi.  Bu  talab,  shubhasiz, bolalar yozuvchilariga h am  
taalluqlidir.
Bolalar  yozuvchisi  sodda,  ravon,  qiziqarli  va  m azm undor  q ilib   yoza 
bilishi kerak.  Buning  uchun  esa u  xalq tilini  puxta bilishi  lozim.  R a v o n  til 
bilan yozilgan badiiy asarlarkitobxonning nutqiga ham katta ta ’sir k o ‘rsatadi, 
so‘z  boyligini  oshiradi.
Bolalar  yozuvchilarining  eng  yaxshi  kitoblari  yosh  avlodni  h ay o tg a 
to‘g‘ri m unosabatda bo‘lishga o‘rgatadi, ona-diyorimizga, mehnatga m uhab bat, 
zam onam izga  sadoqat  ruhida  tarbiyalaydi,  ulam i  yurtim izning  m u n o sib  
farzandlari bolishga chaqiradi.  Kitob bolaning dunyoqarashini shakllantirishga 
yordam beradi, xarakterini tarbiyalaydi.  flm -fanga muhabba'ini oshiradi.  Kitob 
xalqimizning  o ‘tm ishi,  ilg‘or  m adaniyatim iz,  fan  va  texnikamiz  yu tu qlari 
bilan  tanishtiradi,  faxr-iftixor  tuyg‘ularini  o ‘stiradi.
Bugungi  kunda qudratli qurol  b o 'lg an  adabiyotdan keng fo y d alan m ay  
turib, yangi jam iyat quruvchisini h a r tom onlam a yetuk inson qilib tarbiyalash 
m um kin  em as.
B o la la r  k ito b x o n lig in i  o 'q u v c h il a m i n g   p e d a g o g ik - p s ix o lo g ik  
xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha guruhlarga ajratish  mumkin:
1.  M aktabgacha  ta ’lim  yoshidagi  b o lalar  kitobxonligi  (2  y o s h d a n   7 
yoshgacha).
2.  M aktab  yoshidagi  kichik  b o lalar  kitobxonligi  (7  y oshdan  11-12 
yoshgacha).
3.  0 ‘rta va  katta  yoshdagi b o lalar  kitobxonligi  (13-14  y oshdan  15-17 
yoshgacha).
www.ziyouz.com kutubxonasi

MAKTABGACHA  TA’L IM   Y O SH ID A G I  BOLALAR 
K IT O B X O N L IG I
Bu davr bolalar kitobxonligi asosan ota-onalar va tarbiyacliilar tomonidan 
am alga oshiriladi. Hali o'qish, yozish, chizishni bilmaydigan maktabgacha ta’lim 
yoshidagi bolalar dunyo sirlaridan butunlay bexabar bo‘ladilar. Shunga qaramay, 
kichkintoylar o ‘zlarini  qurehagan  olamni  tezroq  bilib  olishga,  uni  o ‘rganishga 
intiladiiar.  Bunda ota-onalar,  bog'chalaida esa tarbiyachilar bolalarga yaqindan 
yordam  berishlari, ya’ni ulaiga badiiy asarlardan parchalar o ‘qib berishlari lozirn. 
B u davr bolalariga o'qib beriladigan har qanday asarning hajmi qisqa, mazmuni 
sodda  bo‘lishi  talab  ctiladi.  Shuningdek,  bunday  kitoblaming  rasmlari  rang- 
barang, harflari esa yirik-yirik bo'lishi maqsadga muvofiq.
M aktabgacha  t a ’lim   yoshidagi  bolalar tinglaydigan  asarlam ing  katta 
k o ‘pchiligini  alla-qo‘shiq,  e rta k   topishm oq,  m aqol,  tez  aytish  kabi  xalq 
o g 'z ak i  ijodi  asarlari  tashkil  etadi.  Bundan  tashqari,  yozuvchilar  yaratgan 
va yuqoridagi talablarga to ‘la -to ‘kis javob beradigan asarlar ham  maktabgacha 
t a ’lim  yoshidagi bolalar u ch u n  q o ‘l keladi. Am m o shu narsani  ham  ta ’kidlab 
o ‘tish kerakki, bolalar uchun  ijod qiladigan qalam sohibi hayotdagi  m uhim , 
xarakterli  voqea  va  hodisalarni  badiiy  obrazlar orqali  bolalar  nutqiga  mos 
tilda,  ulam ing yoshi,  ruhiyati va saviyasiga muvofiq ravishda tasvirlashi lozim.
Bolalar shoiri A nvar O bidjon o'zining «Suhbat» degan she' rida bolalar 
yaxshi  k o ‘radigan  g ‘o z la r  to 'g 'r is id a   so‘z  yuritadi.  M a 'lu m k i,  bolalar 
jo n iv o rla r,  xususan,  qushlarga  ilk  yoshlaridan  boshlab  qiziqadilar.  Shu 
jih a td a n   qaraydigan  bo‘lsak,  «Suhbat»  bola  hayotida  m uh im   rol  o ‘ynaydi. 
V oqea juda oddiy va sodda. 6 ‘zaro suhbatdan  m a' lum  bo ‘ladiki, g ‘ozlaming 
q o rn i  och,  ulam i boqish  kerak.  Buni  shoir o ‘yin  vositasida  ifoda etadi:
—  G 'ozlar,  bir s o ‘z  d ey siw i?
—  G ‘a,  g ‘a - g ‘a!
—  Totli  suli yeysizmi?
—   Ha,  h a -h a
—  Nega p a tn i silaysiz?
—  G'oq,  g ‘oq-g ‘oq.
—  M endan  nima  tilaysiz?
—  Boq,  boq,  boq!
Bu  xildagi  s h e ’rlar  k ich k in to y la m i  m ustaqil  fikrlashga,  turm ush 
taassurotlarini  to ‘plab,  ulard an   xulosa chiqarishga  o ‘rgatadi.
B olalam ing,  ayniqsa,  jajji  qizchalam ing  sevimli  m ashg‘ulotlaridan 
b in  q o ‘g‘irchoq o ‘ynashdir. Y o‘ldosh Sulaymonning «Qo‘g‘irchoq» sh e' rida 
q o ‘girchoqlam i asrab-avaylash,  oddiy b i r o ‘yinchoq vositasida kattalam ing 
m e h n a tin i  e'zo zlash   m asalasi  o ‘rtaga tashlanadi:
www.ziyouz.com kutubxonasi

Quyosh  bilan  teng turib,
Ozoda  kiyintirib,
Senga  taqam iz  marjon,
Q o ‘g ‘irchoq,  q o ‘g ‘irchoqjon.
Qo 4ldan  qo ‘ym aym iz  ¡¡ira,
Yuqtirmaymiz gard,  shira.
Ovunchoqsan  bizlarga,
Q o‘g ‘irchoqsan  bizlarga.
H ar  qanday  yozuvchi  m aktabgacha  ta ’lim  yoshidagi  bolalarga  o ‘qib 
beriladigan  asar  tilining  badiiy  jih a td a n   p uxta-p ishiqligig a,  tushunarli, 
aniq  va  ravonligiga  alohida  e ’tib o r  beradi.  Bu  yoshdagi  b olalarga  tavsiya 
eîiladigan asarlar havot  haqida  m uayyan  tasaw u r berishi  b ilan   birga  zavq- 
shavq bag‘ishlaydi.  Masalan, S hukur Sa’dullaning «Lola va m ushuk» she’rini 
olíb  ko'raylik.  Bu  asar  juda  oddiy.  Misralari  ham   so d d a.  A m m o   u  bir 
o'qishdayoq kichkintoy mchrini o ‘ziga tortadi, uni barvaqt turishga,  yuvinib- 
taranishga, ozoda,  pokizabo‘lishga o ‘rgatadi.  Uy hayvonlariga, jonivorlariga 
m ehribon,  g‘am xo‘rlik!arini  oshiradi:
Men  Lolaman,  Lolaman,
Ozoda  qiz  bo  laman.
Erta  bilan  turaman,
Yuz-qo‘lim ni yuvaman.
Mushugim  bor qora  mosh,
0 ‘zi ju d a ya m   yuvosh,
Mendan  oldin  turadi,
Yuz-qo ‘Uni yuvadi.
X ulosa  qilib  aytganda,  b u   davr  bolalari  o ‘zlari  tin g la g an   asarlari 
yordam ida  asta-sekin  atrof-m uhit  bilan  tanishadilar,  o n a-y u rtg a  m ehr- 
oqibatli  b o ‘lishni,  tabiatni  asrashni,  m ehnatni  sevishni  o ‘rganadilar.
MAKTAB  Y O SHIDAGI  K IC H IK   B O IA IA R   K IT O B X O N L IG I
Bu  yoshdagi  bolalar  kitobxonligi  avvalgisidan  b ir  o z  farq  qiladi.  Bu 
farq bolalam ing yoshi  va bilim  saviyasi  bilan  bog‘liq.  M aktabg ach a  t a ’lim 
yoshidagi bolalar asosan tarbiyachilari, ota-onalari y o rd a m id a badiiy asarlar 
bilan tanishsalar, boshlang‘ich sin f o ‘quvchilari bu ishni  m ustaqil bajaradilar. 
M ustaqillik ularga ishonch va zavq-shavq bag‘ishlaydi.
Bu yoshdagi bolalami tevarak-atrofdagi turli voqea-hodisalar nihoyatda 
qiziqtiradi. Ulaming bizni qurshagan olam  haqidagi savollariga badiiy asarlarda 
mufassal javob  berilgan.
www.ziyouz.com kutubxonasi

11-12  yoshdagi  bolalar  sehrli,  fantastik  ertak,  sarguzasht,  xikoya, 
qissa va d o stonlarni sevib o ‘qiydilar.  O lloyom ing «Fazogir chum oli» (ertak- 
qissa),  A nv ar O bidjonning «D ahshatli  M eshpolvon»  (ertak-qissa),  Quddus 
M u h a m m a d i y n i n g   « E r k in jo n   o y g a   c h iq ib d i*   ( d o s t o n ) ,   Y u s u f 
S hom ansu rning «Oydan kelgan bolalar»  (doston)  kabi  asarlar shu yoshdagi 
bolalarga m o ‘ljallab yozilgan.
Bu  yoshdagi  bolalar  o ‘zlari  mustaqil  ravishda  kitob  o‘qib  qolmay,  balki 
o‘qigan kitoblaridagi qahramonlaming xatti-harakatlarini baholashga o ‘rganadilar, 
zarur bo‘lsa ular ko‘isatgan mardlik vajasoratlami  takrorlashga hozirlanadilar.
0 ‘RTA   VA  KATTA  Y O S H D A G I  BOLALAR  K IT O B X O N LIG I
Bu yoshdagi bolalarga xalqim izning shonli tarixi, bugungi hayoti haqida 
yozilgan tu rli janrdagi asarlam i tavsiya etish mumkin.  «Shiroq», «To‘maris* 
kabi  afso n alar  bilan  birga,  Oybek,  G ‘afur  G ‘ulom,  Zafar  D iyor,  Quddus 
M uham m ad iy,  H akim  N azir,  Sh.  S a 'd u lla , A.  Obidjon,  T.  Adashboyev va 
b o shqalam ing  zam onaviy m avzudagi  eng yaxshi  asarlari  m uhim  tarbiyaviy 
aham iyat  kasb  etadi.
J a h o n   bo lalar adabiyotining  A.  S.  Pushkin,  L.  Tolstoy,  S.  Servantes, 
D.  D efo,  J.  Svift,  E.  V oynich,  K.  Chukovskiy,  S.  Ya.  M arshak  kabi 
n am o y an d alari  yaratgan  asarlar  b o lalar  dunyoqarashini  shakllantirishga 
ijobiy  t a ’sir  k o ‘rsatadi.
K o‘rib  o ‘tganim izdek,  bolalar adabiyoti  o'ziga xos xususiyatlari  bilan 
k a tta la r  a d a b iy o tid a n   farq  q ila d i.  Z o ta n ,  b o lalar  y o zuv ch isi  d u ny o 
voqealarini  bolalar  tasaw uri,  tushunchasini  nazarda  tutib  tasvirlaydi.  Shu 
orqali  kichkintoylarni  olg‘a  intilishga  chaqiradi,  hayotni  chuq ur anglashga 
va sevishga yordam  beradi.
XALQ  O G ‘ZAKI  IJ O D I  VA  BOLALAR  K ITO BX O N LIG I
F o lk lo r h am m a zam onlarda h am   ijod sarchashmasi hisoblanib keladi. 
S h u n in g   u c h u n   h a m   in so n iy a t  a lia ,  q o ‘shiq lar,  afso n alar,  e rta k   va 
d o s to n la rd a  o ‘zining yuksak o rz u -u m id la ri,  zavq-shavqi-yu  kurashlarini 
ifodalagan.  X alq og‘zaki  ijodi o ‘zining m azm unan rang-barangligi,  yuksak 
g ‘o y a la r  b ila n   y o ‘g ‘rilganIigi,  x a lq   tu rm u sh i,  m e h n a ti,  xullas,  xalq 
h a y o tin in g   b a rc h a   to m o n la ri  b ilan   uzviy  bog‘liqligi  bilan  h am   g 'o y atd a 
e ’tib o rlid ir.
B o lalar  folklori  ko‘p in ch a  kattalar  tom onidan  ijod  qilinadi  (alia), 
b a ’zi  h o llard a bolalar o ‘z o ‘yinchoqlari asosida o ‘zlari ham  alia,  qo‘shiq va 
o v u tm a c h o q la r  to ‘qiydilar.  B u lam in g   ham m asi  bir  b o ‘lib  faqat  yaxshi 
tarbiyani  ta rg ‘ib  qiladi.  Bolalar  xalq  og‘zaki  ijodining  pedagogika  bilan 
bo g ‘lanishi  allad a n   boshlanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

ALLA
Xalq  og‘zaki  ijodining  eng  rivojlangan  jan rla rid an   biri  alladir.  A lla 
bolalarbeshikdaligida, haii tiJi chiqm asidanoq aytiladi.  Boshqacha ayîganda, 
beshik qo‘shig‘i bolaga o na suti bilan kiradi.
AHalar poetik jihatdan ham, onalarning ich ki tuyg‘ulari bayoni sifatida 
ham   xalq  ijodining  b o ‘lak  turlaridan  ajralib  tu rad i.  U lam i  bolaning  o nasi 
yoki tarbiyachisi aytadi  (ona, enaga, keksa o n a la r, b a’zan o ta la rto m o n id a n  
ham   aytiladi).  A llalar  bolani  ovutish,  uxlatish  u chu n  m ayin  ohan gd a  ijro 
qilinadi.
O naning yurakdan  aytgan  quyidagi  allasid a  bola  obrazi  qisqa,  a m m o  
chuqur  m azm unli  so ‘zlar  yordamida  ifodalanadi:
Alla  bolam,  alla.
Jonim bolam,  alla,
Ik k i  ko'zim  alla,
Shirin  so'zim  alla.
Alla  bolam,  baxti  bor.
H ar narsaning  vaqti  bor,
Jonim  bolam,  alla,
Shirin  bolam,  alla,
Ik k i ko'zim  alla.
Aliada yaxshi taibiya ko'rgan bola ja m o a t o ‘rtasida, to ‘y-to m oshalarda 
o ta-o n a n in g   o b ro ‘yi,  uning  shuhrati  sifa tid a   t a ’riflanadi.  S h u n in g d e k , 
bolaning to ‘g‘ri tarbiyalanishida o ta-o n a n in g  ro li katta ekanligi ko‘rsatiladi. 
Bola yoqimli  q o ‘shiqlar ohangini osongina o ‘rganib oladi. Alla bolaga z a v q  
bag‘ishlaydi,  m a ’naviy-tarbiyaviy  ozuqa  b eradi.
Yot,  bolam,  uxla,  q o ‘zim ,
Uylarda  о ‘chdi  chiroq.
Uxlar asalarilar,
Uxlar baliqlar  tinchroq.
K o‘kda oy yarqiraydi,
Derazadan  qaraydi.
K o‘zlaring yumgin  q o ‘zim ,
Yot,  quvonchim,  qunduzim ,
Alla,  alla.
www.ziyouz.com kutubxonasi

S u v  sepgandek,  uylar tinch 
Q orong'i  hujralar  tinch.
H ech  darvoza  tiq  etmas,
Sichqon  uxlar,  miq  etmas.
K im d ir oh  tortsa,  unda 
N e   ishim iz  bor unda?
Ko W aring yumgin,  qo'zim,
Ovunchog ‘im,qunduzim!
A lla,  alia.
Q ushcham   g  ‘amsiz yashaydi,
Uning  har dam  vaqti chog*.
Shirinliklar mo ‘lu  ko 7,
K o ‘p d ir   qiziq  o ‘yinchoq.
Bari  sangadir> qo ‘zim!
Yig'lam a  hech yulduzim!
B axtiyor  o ‘tsin  umring!
Yot,  quvonchim,  qunduzim!
AUa,  alia.
Alla,  alia,  allayo.
Uxla,  qo'zim,  allayo.
Yum  ko  ‘zingni yulduzim,
Yum -yum   k o ‘zingni,  qunduzim!
M AQOLLAR
Xalq og‘zaki  ijodida  m aqollam ing o ‘ziga  xos  o ‘m i  bor.  U   xalqning,  bir 
necha  avlodlaming  aqlu-farosati  hamda  turmush  tajribasining  yakuni,  ular 
donishmandligining mahsulidir. Bola ta’lim-taibiyasida maqollaming o ‘mi katga. 
M aqollar  ona-vatanni  sevishga,  uning  har  bir  qarich  yen  uchun  kurashga 
(«Yurt qo‘risang o ‘zarsan, q o ‘rimasang to'zarsan»); kasb-hunar egasi bo‘lishga 
(«Yigit kishiga yetmish h u n a r ham  oz»); ahil b olib m ehnat qilishga («Ko'pchilik 
q o ‘Ida unum ko‘p»); to ‘g ‘ri  so‘z va halol kishilar b o lib  kamol topishga  («Egri 
ozadi, to‘g‘ri o ‘zadi*>); yaxshi odob va olijanob xuiqli bo‘lishga («Odob bozorda 
sotilmas»,  «Yalqovlikning  oxiri  xo‘rlik»)  chaqiradi.  Masalan:
Ona  yurting  omon  bo‘lsa,
Rangu  ro yin g  somon  bo4Imas.
M ehnatsiz  rohat yo ‘q.
Egri  ozadi,  to ‘g ‘ri o ‘zadi.
Boshingga  qilich  kelsa  ham,  rost gapir.
Ko ‘zing  o g ‘risa,  q o ‘lingni  tiy,
Iching og'risa,  nafsingni  tiy.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Odamning yuziga  boqma,  so 'ziga  boq.
Birliksiz  kuch  bo ‘Imas.
Yuzim  oq  bo b in   desang,  ishingni  to ‘g ‘ri  qil.
T O P IS H M O Q L A R
Topishm oqlar  xalq  og'zaki  ijodining  bo lalam i  o ‘yiashga,  topqirlikka 
o ‘rgatuvchi qadimiy janrlaridan biridir.  H ar bir to p ish m o q  zam irida «kirn?», 
«nima?» so‘roqlariga yashirin jav ob yotadi.  Наг b ir to p ish m o q  uni yaratgan 
xalqning  hayoti,  urf-odati,  o ‘ziga  xos  rasm -rusm lari  bilan   bog‘liq  holda 
b o ‘lib,  bolalar  o ‘rtasida  keng  tarqalgan.  M asalan:
Tunda  k o 'rib,  cho ‘g ‘ deysan,
Tongda  turib,  yo ‘q  deysan.
(Y ulduz)
Keragida suvga otasan,
Qimiriashin poylab yotasan.
(Q arm oq)
Q o‘shaloq  tovoq, 
fchi  to "la  yo g ‘.
(Y o n g b q )
T E Z   AYTISHLAR
Tez  aytishlar  og‘zaki  n u tq   mashqi  bo ‘lib,  kichik  yoshdagi  bolalarda 
m a ’lum   tovushlam i  to ‘g‘ri  va  ohan g d o r  talaffuz  q ilish   k o'nikm alarini 
orttiradi.  Bu  janrga  m ansub  asarlar  bolalam i  biy ro n  s o ‘zlashga  o'rgatish 
bilan  birga,  ularga  estetik  zavq  beradi,  fikrlash  qobiliyatlarini  o ‘stiradi, 
xotiralarini  mustahkamlaydi.
Masalan:
Olti ju ft  oq  chinni  choynakka  to ‘rt ju ft  k o ‘k   qopqoq,  to ‘rt ju ft  k o ‘k  
chinni  choynakka  olti ju fto q   qopqoq yopsa  b o ‘ladim i?
Qurilishga  terak  kerak,
Demak,  ekmoq  kerak  terak.
Tolib  turupni  tarozida  tortib  topshirdi.
Oq  choynakka  oq  qopqoq,  k o 4к   choynakka  к о 4к   qopqoq.
Oltin  o ‘tloq  —  oq  о ‘tloq.
www.ziyouz.com kutubxonasi

ERTAKLAR
Xalq  og‘zaki  p oetik  ijodidagi  eng  boy va  rang-barang janrlardan  b in  
ertakdir.  Xalq  to m o n id a n   yaralilgan  k o‘plab  ertaklarda  bolalam ing  o ‘ziga 
xos  hayoti  ch e tla b   o'tilm agan.  H atto,  turli  yoshdagi  bolalar  uchun  juda 
ko‘p  maxsus  e rta k la r  yaratilgan.
Hrtakning  m u h im   xususiyatlaridan  biri  uning  ham isha  xalq  hayoti, 
kurashi,  tarixi,  ruh iy  olam i,  dunyoqarashi,  urf-odatlari bilan  cham barchas 
bog‘lanishi,  insonlarga  axloqiy  va  m a ’naviy  yoMdosh  bo‘lib  kelishidadir. 
E rtaklar  in so n n in g   m a ’naviy  va  jism o n iy   kuchi^a  ishonch  ruhi  bilan 
sug‘orilgan b o ‘lib,  ijobiy kuchlar tabiat va  ijtimoiy hayotda o ‘ziga dushm an 
bo‘lgan  kuchlarga qarshi kurashda doim o g'olib chiqadi. Xalq ertaklarida uni 
varatuvchilam ing dunyoqarashi,  axloq norm alari va boshqa ijtimoiy m uhim  
masaialar o d ilo n a  hal  etiladi.  Ertaklar sodda  va  tushunarli  b o ‘lgani  uchun 
har qanday kitobxonga tez yetib boradi.  U lar orqali ham  insonning ijtimoiy 
axloq  norm alari  shakllanadi.
Bu  ho!  ayniqsa,  hayvonlar  haqidagi  ertakda  aks  etgan.  0 ‘tm ishda 
yaratilgan  ertak lard a  xalqchilik  kurashi 
0
‘zining  haqqoniy badiiy  ifodasini 
topgandir.  X alqning kelajakka bo‘lgan kom il ishonchi, adolatning adolatsizlik 
ustidan g'alabasi, yorug‘likning zulm atni yengishi, ozod va baxtiyor hayotga 
erishish  g‘oyalari  yorq in  obrazlar  orqali  tasvirlangan.
Xalq ertak larid a el-yurtni ko‘z qorachig‘iday avaylab saqlovchi ajoyib 
qahram onlar u lug‘lanadi;  ayollam ing haq-huquqlari himoya qilinadi; uzoq 
masofalar yaqin  qilinadi;  kishilar xarakteridagi  yaram as odatlar,  n o m a’qul 
i lla tla r   t a n q i d   o s tig a   o lin a d i;  m a r d lik ,  e p c h illik ,  d o v y u ra k lik , 
m ehnatsevarlik,  halollik,  vafodorlik,  saxiyük  g‘oyalari  ulugManadi.
Xalq ertaklari o ‘z xususiyatlariga ko‘ra bir necha turga bolinadi: hayotiy 
ertaklar,  hayv onlar  haqidagi  ertaklar.  sehrli  afsonaviy  ertaklar,  ijtimoiy- 
maishiy ertaklar.
M ak tab g a ch a t a ’lim voshidagi bolalarga o ‘q»b, hikoya qilib beriladigan 
ertak lar
Bu  y o s h d a g i  b o la la rg a   ta v s iy a   e tila d ig a n   e rta k la rn in g   hajm i 
qisqa,mazmuni sodda bo‘ladi. Awal eslatib o ‘tganimizdek bu yoshdagi bolalar 
hali olam  n im a ekanligini bilmaydilar.  Shuning uchun bu yoshdagi bolalarga 
tavsiya  etiladigan  ertaklar  tabiat,  hayvonot  olam i,  do‘stlik,  m ehnat  ahli, 
jam oa,  o d o b -ax lo q  to ‘g‘risida bo‘lishi  foydadan  xoli  bo ‘lmaydi.
Bu  davr  bolalariga  «Chivinboy»,  «Qizganchiq  it»,  «Tuyaqush  bilan 
qoplon»,  « M aq tan c h o q   quyon»,  «R ostgo‘y  bola»,  «Arilaming  g‘azabi», 
«Tulki  bilan  tu rn a» ,  «Sholg‘om »,  «Qum ursqa»,  «K aptar  sovg‘asi»  kabi 
ertaklam i  o ‘qib  berish  foydadan  xoli  b o ‘lmaydi.
Bog‘ch a  tarbiyachilari  va  o ta -o n a la r  oldida  turadigan  ishlardan  eng
www.ziyouz.com kutubxonasi

m uhimi kichkintoylam i mehnatga m u habbat  ruhida tarbiyalashdir.  S huning 
u ch u n   ham   boiani  yoshligidan  b o sh lab   b ir  ishga  o ‘rgatish,  k ic h k in a  
vaqtidanoq  unga  bir  yumush  berib,  ish  qilishga  odatlantirish  Iozim .  Tili 
chiqib,  u  yerga,  bu  yerga  yura  boshlagan  vaqtida  ham   bolaga  b iro r  ish 
berish lozim.  Unga beriladigan bu ish aham iyatsiz, hatto «ish» nom i berishga 
loyiq  boMmasa  ham ,  undan  keladigan  foyda  zo ‘rdiT.  C hunki  u n d ay   ishlar 
boiani  ishni sevishga o ‘rgatadi.
A m m o  bu  borada  shu  narsani  h a m   t a ’kidlab  o ‘tish  k e ra k k i,  bu 
m alakalar  birdan  hosil  b o lm aydi,  balki  asta-sekin  yuzaga  keladi.  Lekin 
zam inni ju d a  erta, bog‘chadan boshlab qo 'y ish  kerak. Bolada m e h n a t qilish 
malakasi  vujudga  kelsa,  u ota-onasi,  kattaiam ing   ko’rsatib  tu rishini  kutib 
o ‘tirm ay,  o ‘zi  eplab  ketaveradi.
Bu yerda yana bir muhim narsani l a ’kidlab o ‘tish kerak.  Ishga o ‘rganish 
va o ‘igatishda diqqat qilinadigan yana bir narsa har ishni o ‘z vaqtida bajarishdir. 
Ishga  odatlanish  qancha  m uhim   b o ‘lsa,  ishni  o ‘z  vaqtida  bajarish  u n d an  
ham   m uhim roqdir.  H ar ishni o ‘z vaqtida bajarm ay,  keyinga q oldirish  k o ‘p 
ishlam ing  yig'ilib  qolishiga,  ko‘pin in g   yuzaki,  sifatsiz  ishlanishiga  yoki 
butunlay qolib ketishiga sabab boMadi.  S h u n in g  uchun h a r ishni o 4z vaqtida 
g‘ayrat  va  m atonat  bilan  bajarish  lozim .  C hunki  dunyodagi  b a rc h a   tirik 
narsalar  harakat  qiladi,  intiladi  va  shu  tufayli  hayot  uchun  za ru r  b o 'lg a n  
narsalarga erishadi.  Hatto, eng zaif hisoblangan arilar, chum olilar va q ushlar 
ham   intilishda  boMib,  vozdan  tashqari,  qish  g‘am ini  ham   yeydilar.
G a p n in g   lo ‘ndasi  har  b ir  tirik   jo n   yashash  u ch u n   h a ra k a td a   va 
intilishdadir. 0 ‘rgimchakka nazar soling,  u tirikchilik dardida do im o  to 'q ish  
bilan  o vo ra,  agar  to'rining  b iro r  yeri  b u zilsa,  darhol  t a ’m ir  e tis h   va 
tuzatishga kirishadi.
Barcha insonning birinchi vazifasi —  kishining yurish turishi va yashashi 
uchun  zarur  b o ‘lgan  halol  rizq  topib,  yeyish-ichishga  yetarli  n arsa  hosil 
qilish.  Bunga  esa tirishqoqlik,  intilish orq ali erishiladi.
Bu b orada xuddi  inson kabi tin ib -tin c h im as m ehnatkash q u m u rsq alar 
va  ular  haqida  xalq  to ‘qigan  «Q um ursqa»  ertagini  shu  yoshdagi  b olalarg a 
o ‘qib,  hikoya  qilib,  aytib  berish  yaxshi  sam ara  beradi.
K ic h k in a   b o la la r  u  y o q d a   tu r s in ,  h a tto ,  k a tta la r  h a m   u n c h a  
m ensim aydigan  qum ursqaning  ishchanligini,  kechasi-yu-kunduzi  tin m a y  
m ehnat  qilishini  uni  kuzatgan  odam   sezadi,  xolos.
H ayotda shunday: kim ko‘p  ishlasa,  tin im  bilmay m ehnat qilsa so g ‘ligi 
yaxshi  b o ‘ladi,  boy-badavlat  yashaydi,  h ec h   kimga  hech  q ach o n   x o r-z o r 
bo‘lmay  um r  kechiradi.  Qum ursqa  m aq ta n c h o q   em as,  u  oddiy  va  sodda. 
Shu  oddiyligi,  soddaligi,  m ehnatkashligi  bilan  ajralib  turadi.
Savol-javoblarda  muz,  bulut,  quyosh,  yom g‘ir,  yer,  o ‘t,  m o l,  b o ‘ri, 
merganu  sichqon  kabilardan ham   q u m u rsq a  ustun chiqadi.  Q u m u rsq a n in g  
o‘ziga berilgan  ta ’riflarda ham bu  m a 'n o  k o ‘zga yaqqol  tashlanib tu ra d i:
www.ziyouz.com kutubxonasi

—  Qoming nima  uchun  ka tta ?
—  Jigarim  zo'r, 
—  dedi  qumursqa.
—  Beling nima  uchun  ingichka?
—  Mehnatim  zo'r!

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling