N I z o m I y n o m I d a g I t o s h k e n t d a V l a t p e d a g o g I k a u n I v e r s I t e t I m a m a s o L i j u m a b o y e V

bet7/18
Sana18.10.2017
Hajmi
#18133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
yia xiyonat qilur,
Bir kun  o 4zin  shoyia  hijoiat qilur.
«Toshbaqa bilan Chayon* masalining syujeti xalq og‘zaki ijodida juda 
mashhur.  G ulxaniy  bu  masal  mazmunini  nasriy  yo‘l  bilan  bergan  bo'lsa, 
Hamza unga qayta sayqal berib, nazmda bayon etgan. Hamza masalda do‘stlikni 
ulug'laydi, firibgarlik, tilyog‘lamalikni esa qattiq qoralaydi. Toshbaqa orqali 
rahmdil,  chin  d o ‘st  obrazini  yaratadi.  Chayon  obrazida  esa  yaxshilikka 
yomonlik  qaytaruvchi,  tilyog‘lama,  o ‘z so‘zida  turmaydigan  kishilar  fosh 
etiladi.
Shoir  bolalam i  tanlab,  bilib  do ‘st  bo'lishga,  yomon  niyatli  kishilar 
bilan ham roh b o ‘lmaslikka chaqiradi,  kimda-kim yaxshilikka yomonlik qil, 
uning boshiga kulfat tushishi turgan gapligini uqtiradi. Masalda bunday xulosa 
chiqariladi:
Hissa,  kimi g ‘aym i  ulfat etar,
0 4z~o‘zicha  boshiga  kulfat yetar.
« 0 ‘qish kitobi»dagi asarlaming ko‘pchi!igida o ‘z zamonasi uchun g‘oyat 
ilg‘or  fikrlar  olg‘a   suriladi.  Ayniqsa,  undagi  maktab,  kitob,  qalam,  ilm, 
o‘qituvchi,  bola taibiyasida ota-onaning roli  haqidagi she'rlar,  «Toshbaqa 
bilan Chayon* kabi ibratli asarlar hozirgi vaqtda ham kitobxonlarga m anzur 
bo‘Igan va  m a'rifiy-estetik tarbiya beradigan  asarlar sirasidandir.  Ana shu 
g‘oyaviy  va  badiiy  yuksak,  o‘quvchilarga  m anzur bo‘lgan  asarlar  « 0 ‘qish 
kitobi*ni o‘zbek bolalar adabiyotining noyob namunalaridan deb hisoblash 
uchun  asos  bo ‘ladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Hamza  1925 yilda «Ikkinchi sinf uchun qiroat kitobi» darsligini yozdi. 
Bu  kitob  g'oyaviy  mavzui jihatidan Alisher  Navoiyning  «Hayratul-abror» 
asariga yaqin turadi. Kitob bolalar ruhiga mos qilib, nasriy yo‘l bilan yozilgan. 
Undagi  birinchi  asar  —  «Ilm»da  m a'rifatlilik ,  ilmli  bo ‘lish  shunday 
sharhlanadi:
«Ey bolalar,  har bir inson bolasiga dunyoda eng aw al zamr va lozim 
bo‘lgan narsa olam da  ilmlik o‘lmoqdir.  Ilmsiz  kishini  butun  inson  dem ak 
ayni  xatodir...»
Kitobdagi barcha darslar ana shunday tafsilot biJan boshlanadi, so‘ng 
bir  bayt  she’r  keltiriladi:
Ilmsiz  har kishi  uchsa  havoga 
Ko ‘ngil berma  aningdek xudnamoga.
Ham za  ilm  haqidagi  h ikoyalaridan  keyingilarini  axloq,  o d o b  
masalalariga bag‘ishlaydi.  Xususan,  muallif darslikda bola tarbiyasida ota- 
onaning beqiyos  rolini  yuqori  baholaydi.
Hamza bu asarida xalq og‘zaki ijodidan unum li foydalangan. Asaming 
badiiy shaklini belgilashda bolalar adabiyotining taJablari to‘Ja ko'zda tutilgan, 
fikr sodda,  ixcham,  ayni  vaqtda, jonli  til  va  obrazli  iboralar  bilan  bayon 
qilingan.
Asaming boshdan-oyoq beva-bechora, m ehnatkash omma manfaatini 
himoya qilish va m a’rifatga da’vat etish ruhi bilan sug‘orilganligi Harrizaning 
haqiqiy  m a’rifatparvar  shoir  ekanini  tasdiqlaydi.
«Qiroat kitobi* Ham za ijodida yetakchi o ‘rinda turadi.
1915 
yilda  Hamzaning «Milliy ashulalar*  to ‘plami bosilib chiqdi.  Bu 
to ‘plamdagi she' rlaming ko‘pchiligida m a' rifatparvarlik g‘oyalarini targ‘ib 
etish davom etadi.  Hamza awalgi she' rlarida ilmli va yaxshi xulqli kishilami 
m a'rifatparvar deb  ko‘rsatgan  bo‘lsa,  endi  u  o ‘z  xalqi  uchun jonini  ham  
ayamaydigan,  yuksak  ijtimoiy  ongli  shaxslami  m a'rifatparvar  deb  talqin 
qildi.  Bu uning ijodiga ijtimoiy voqeilikta'siretganini, ijodkoming g‘oyaviy 
tomondan  o'sganini  ko‘rsatadi.
Shoir «Milliy ashulalar», «Oq gui», «Qizil gui», «Yashil gui» va boshqa 
to'plam iandagi  qo ‘shiq!ari  bilan  xalq  om m asini  madaniyatli  bo lish g a 
undaydi,  zulmdan shikoyat qiladi,  ijtimoiy faollikka chaqiradi.
Mashhur taibiyachi, atoqli shoir, dramatuig va bastakor Hamza Hakimzoda 
Niyoziy  mehnatkash  xalqni,  shuningdek,  yosh  avlodni  o‘qitish,  ma’rifatli 
qilish, tarbiyalash ishiga o ‘zining butun iqtidorini,  umrini bag‘ishladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

ABDULLA  AVLONIY
(1878-1934)
Hozirgi zam on bolalar adabiyotining rivojiga juda katta hissa qo‘shgan 
Abdulla Avloniy bola ta’lim-tart)iyasiga alohida muhabbat bilan qarar edi.
-  
T a rb iy a n i  t u g ‘ilg a n   k u n d a n   b o s h la m a k ,  v u ju d im iz n i 
quwatlantirmak, axloqimizni kuchlantirmak, zehnimizni ravshanlantirmak 
lozim... -  deydi u ,— Shuning uchun taibiya qiluvchi muallimlaming o'zlari 
ilmlariga olim bo'lib, shogirdlariga ham bergan darslarini amal ila chaqishtirib 
o ‘rgatmaklari  lozimdir.  Bu  ravish  ta ’lim  ila  borilgan  dars  va  m a’lumot 
shogirdlarning  diliga  tez  ta ’sir  qilib,  ular  ilmli-odobli  bo‘ladilar...
Eng yomon kishilar ilmga amal qilmaydirgan kishilardir. Agar tarbiya 
qiluvchi muallim olim  b o ‘lib, amalsiz bo‘lsa, bu shogirdlar axloqiga yomon 
ta’sir  ko‘rsatadir...
Abdulla Avloniy bola kamolotida zakovat va fikming ijobiy ta’sir kuchiga 
g‘oyat  zo‘r  baho  beradi.  Uningcha,  zakovat  —  insonning  eng  yaxshi 
fazilatlaridandir.  Zakovatli  kishilar biron  ishni boshlamoqchi  boMsalar uni 
har  taraflama  o ‘ylab  ko‘radilar.  Shuning  uchun  ham  ular  katta  hayotiy 
tajriba orttirib, kamolotga erishadilar. Zakovat hayotning barcha mushkul va 
jumboq  masalalarini  hal  qilishda  odamga  hamrohdir:  -   Fikr tarbiyasi,  ~  
deb  yozadi  Avloniy,  —  eng  kerakli,  ko‘p  zamonlardan  beri  taqdir  qilinib 
kelgan,  m uallim lam ing  diqqatlariga  suyangan,  vijdonlariga  yuklangan 
vazifadir.  Fikr insonning  sharofatli,  g‘ayratli  bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Shuning  uchu n  Avloniy  bolaning  fikrlash  qobiliyatini  o'stirishda 
muallimning roli katta ahamiyatga ega deydi.  Uning ta’kidlashicha, bolaning 
fikrini biron narsaga yo‘llash va uning o‘sha narsa haqida o‘ylashiga erishish 
uchun  uning  diqqatini  aniq  narsalarga  yo‘naltirish,  uning  oldiga  aniq  bir 
masala qo‘yish va unga javob topish uchun unda ehtiyoj paydo qilish kerak. 
Bunda bola fikrini muayyan tomonga yo‘naltiruvchi aniq vazifalar belgilab 
berishda muallim  katta  rol  o ‘ynaydi:  — Bu tarbiya,  — deb yozadi Avloniy,
— muallimlaming yordamiga so‘ng darajada muhtojdirki,  fikming quw ati, 
ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bog'liqdir.  Dars bilan tarbiya orasida 
bir  oz  farq  bo‘lsa  ham   ikkisi  bir-biridan  ayrilmaydigan,  birining  vujudi 
biriga  boglangan jo n   ila  tan  kabidir.  Masalan, joy solinmagan  yaxshi  bir 
uyning ichida o‘tirm ak mumkin bo‘lmadig‘i kabi, ichga har xil yangi ashyolar 
to‘ldirib ziynatlangan eski imorat ham o‘ltirishga yarog‘limas. Basharti, o‘ltirsa, 
insonlar «Eski uyda yangi zardevor», «Kir ko‘y!akka jun jiyak», «Mis qozonga 
loy tuvoq» deb kulgu qulurlar.
Ba>t:
Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa,
Xanjar olmosdan  bolur o'tkir.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Fikming oynasi о ‘lursa zang,
Ruh  ravshan,  zamin  bo lur benur.
Ha,  bu  uiug‘  pedagog  Abdulla  A vloniyning  dil  so'zlari.  B unday 
buyuklarning  el-yurtga  xizmati  singan  m o ‘tabar  kishilarning  n o m lari 
manguiikka  dahldor  bo'ladi.  Asrlar  osha  bunday  odamlaming  xizm atlari 
ko‘z-ko ‘z  qilanaveradi.  Prezidentim iz  q a c h o n   t a ’lim -tarbiya  h a q id a  
gapiradigan  b o ‘lsa,  albatta,  Abdulla  Avloniy  haqida  to ‘xtaladi.  U n in g  
ibratomiz  so‘zi  va  ishini  misol  qilib  aytadi,  —  men  Abdulla  Avloniyning 
«Taibiya biz  uchun  yo  hayot  yo  m am at,  yo  najot,  yo  halokat,  yo  saodat, 
falokat  masalasidir»  degan  fikrini  ko‘p  m ushohada  qilaman,  -   deb  bu 
aziz  ustozning bosib  o ‘tgan  hayot yo‘lini  yoshlarga  ibrat  qilib  ko'rsatadi.
0 ‘zbek madaniyatining ulkan vakillaridan bin, pedagog, jamoat arbobi 
va yozuvchi Abdulla Avloniy  1878 yilda Toshkent shahrida to‘quvchi oilasida 
dunyoga keldi.
Abdulla  Avloniy  boshlang'ich  diniy  m aktabda  va  madrasada  o ‘qidi, 
ilm-fanga ixlos qo'ydi.  0 ‘zbek va boshqa sharq  xalqlari  adabiyotini berilib 
o‘rgandi.  Abdulla Avloniy  14 yoshidan boshlaboq she’rlar yozishni  m ashq 
qila boshladi.  Uning bu davrda yozgan ilk sh e’rlari o ‘sha davr vaqtli m atbuot 
sahifalarida bosilib turdi.
Abdulla Avloniy xalqni ilm-fan nurlaridan bahramand qilishni o ‘zining 
birdan-bir  burchi  deb  bildi  va  1904  yilda  o ‘zi  yashab  turgan  joyda  — 
Mirobodda maktab ochdi.
Abdulla Avloniy maktab har tom onlam a  bolani o ‘ziga  iortishi  uchun 
harakat  qiladi.  Uning qo‘lidan  duradgorlik  ishlari  ham  kelar edi.  Shuning 
uchun  u  yozuv  taxtasi,  paita  yasab,  barcha  o ‘quv jihozlarini  o'zgartiradi. 
Bu  yerda  o‘qiydigan  bolalaming  asosiy  k o ‘pchiligini  kambag‘allam ing 
bolalari  tashkil  etganligi  sababli  m uallim   boy-badavlat  do ‘stlarin in g  
ko'magida «Jamiyati xayriya* tashkil etadi.  Bu bilan bolalarga kiyim -bosh, 
oziq-ovqat,  daftar,  qalam  bepul  berilishini  ta'm inlaydi.
Avloniy  ochgan  maktabning  shuhrati  tobora  ortib,  o'quvchilam ing 
soni ko‘paya boradi.
Abdulla Avloniy o‘zi tashkil qilgan  m aktabda bolalar diqqatini  asosiy 
fanlarga  qaratib,  ulaming  tezda  savodini  chiqarishga  va  aniq  fanlardan 
bahramand  etishga  harakat  qildi.  U  bolalarga jo ‘g‘rofiya,  tarix,  adabiyot, 
til,  hisob,  handasa,  hikmat  (fizika)  kabi  fanlardan  m a’lumotlar  berdi.
1907 
yilda «Shuhrat* deb nomlangan  ro ‘znom a tashkil  etdi va uning 
sahifalarida  mehnatkash  xalq  manfaatlarini  himoya  qilishga  doir  fikrlam i 
targ‘ib etdi. Jumladan, ro‘znomaning birinchi sonida: «Matbuot h ar insonga 
o‘z holini  ko‘rsatuvchi,  ahvol olamdan  xabar beruvchi,  qorong‘u  kunlam i 
yorituvchi,  xalq  orasida  fikr tarqatuvchi,  ilm ,  ittifoq,  hikmat  g‘oyalarini* 
yoyuvchidir,  deb yozgan edi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Abdulla Avloniy «Adabiyot yoxud milliy she' rlar» deb nomlangan to‘rt 
qismdan iborat b o ‘lgan darsligida yoshlami maorif, madaniyatga chorlaydi, 
yaramas xulq-odatlami esa tanqid qiladi.
0 ‘sha davr xalq pedagogikasida Abdulla Avloniyning «Birinchi muallim»
—  «Alifbo»,  «Ikkinchi  muallim» — « 0 ‘qish» kitoblari katta roi o‘ynadi.
Bu kitoblarda Avloniy o ‘tmish adabiyotimizning eng yaxshi an’analarini 
davom ettirdi,  ilm  va  m a ’rifatning ahamiyatini yangichasiga talqin  etdi.
«Birinchi  muallim»da Avloniy dastawal 32 harfni yolg'iz yoziladigan 
shakllarini bir sahifada alifbo tartibida bergan. Shu sahifada alifning so'zning 
boshida, o‘rtasida va oxirida yozilishini ko‘rsatgan, so‘ng alifni barcha «bosh 
harflar»ga  qo‘shib  bo‘g‘inlar hosil  qilgan.
«Ikkinchi  m uallim »da  bolalaming  axloq,  odobiga  doir,  halollik  va 
poklikka  oid  turli  sh e'rla r,  hikoya,  masal  va  ertaklar jamlangan,  rang- 
barang allegorik obrazlardan  ustalik bilan  foydalanilgan.
Kitob «Maktab» sh e 'r i bilan boshlanadi. U nda kimki maktabga borsa, 
o ‘qisa, savodxon b o is a , ju d a ko'p narsalarga erishishi chiroyli ta ' riflanadi:
M aktab  duru gavhar sochar,
M aktab sizga jannat ochar,
M aktab jaholatdan  qochar,
G ‘ayrat qilib  o ‘qing,  o'g'lon!
M aktab sizni inson  qilur,
M aktab  hayo  ehson qilur,
Maktab g ‘ami vayron  qilur,
G'ayrat qilib  o ‘qing,  o ‘g ‘lon!..
Darslikda ko‘plab  ibratom uz she’r, hikoya va ertaklar berilgan.
Abdulla Avloniy  1904 yildan  umrining oxiriga qadar o ‘qituvchi bo‘lib 
ishladi.  U  o'nlab  she’rlar,  «Maktab  gulistoni»,  «Turkiy  guliston  yoxud 
axloq»  kabi  darsliklari  bilan  hozirgi  zamon  o ‘zbek  bolalar  adabiyotiga 
poydevor qo‘ygan edi. U zoq yiilar qayta-qayta nashr etilgan «Turkiy guliston 
yoxud  axloq»  Yusuf Xos  Hojibning  «Qutadg‘u  bilig»,  Nosir  Xusravning 
« S ao d atn o m a» ,  S a ’d iy n in g   «G uliston»  va  «B o‘sto n » ,  Jo m iynin g  
«Bahoriston»,  Navoiyning «Mahbub ul-qulub»,  Donishning «Farzandlarga 
vasiyat»  tipidagi  o 4zigaxos  taibiyaviy  asardir.  U nda  Abdulla  Avloniy 
o ‘zining ijtimoiy va axloqiy qarashlarini bayon etgan. Asaming so‘z boshisida 
m uallif bu  haqda  shunday  yozadi:  «Men  bu  asarimni  maktablarimizning 
yuqori sinflarida ta ’lim berm ak ila barobar ulur adabiyot muhiblari — axloq 
havaskorlarining e ’tiborlariga taqdim qildim».
Darslikdagi  h ar bir  b o ‘lim  ta’lim-tarbiyaning  muhim  bir  masalasiga 
bag‘ishlangan b o iib , ulam ing biri ikkinchisini to ‘Idiradi, takomiilashtiradi. 
H a r  bir  b o iim d a   kichik  hajm li,  ibratli  hikoyalar  keltiriladi,  she’riy
www.ziyouz.com kutubxonasi

parchalarda yoki hikmatli so'zlarda «qissadan hissa* chiqariladi.. Yozuvchi bu 
asarida xalq og'zaki ijodidan keng foydatangan.
A bdulla  Avloniyning  «B ahor  keldi»,  «Bulbul*,  «Bola  ila  gul*, 
«Yolg'onchi  cho‘pon*,  «Tulki  ila  qarg'a»  kabi juda  ko‘p  sh e 'rla ri  kichik 
maktab yoshidagi bolalaiga bag‘ishlangan.
«M aktab bolasi*  she'ri  bosh!ang‘ich  sin f o'quvchilari  hayotidan  olib 
yozilgan.  Asarda ishyoqmas,  dangasa bolaning qalbida o‘qishga m uhabbat 
uyg‘onishi umumiy yo'sinda bayon  etiladi:
Yolga  soldi  til  ila y o fldoshin,
Maktabga  moyil ayladi  boshin.
Soldi o ‘rtog‘ining so ‘zina  quloq,
Bosdi ul ham  o ‘quv yo  ‘lina  oyoq.
Ikkisi  birga  bo ‘Idilar mullo,
Chiqdi xatu savod  ham  imlo.
Shu  tariqa shoir qissadan  hissa chiqarar ekan,  «Yaxshi  bilan  yursang 
yetarsan  murodga*  g‘oyasini  ilgari  suradi.
Abdulla Avloniy o‘zbek adabiyotida dram a janrining rivojlanishiga ham 
katla hissa qo‘shdi. Uning «Advokatlik osonmi?», «Pinak*, «Biz va siz* pesalari 
adabiyotimiz tarixida o ‘chmas iz qoldirdi.
Abdulla Avloniy 1934 yilda vafot etgan.  U m a’rifatchi,shoir, dram aturg, 
jum alist,  rejissyor,  taijimon,  aktyor, jam oatchi,  muallim  sifatida  xalqim iz 
qalbida mangu saqlanib qoladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

G ‘AFUR  G'ULOM
(1903-1966)
Otashnafas  kuychi  G ‘afu r  G ‘uIom  hozirgi  zam on  o ‘zbek  bolalar 
adabiyotining yuksalishida m uhim  o ‘rin egallaydi.
1918  yilda G 'afur G ‘ulom   8  oylik  muallimlar tayyolash  kursiga kirib 
o ‘qidi va  1919 yildan boshlab o ‘qituvchiIik ishlari bilan shug‘Uana boshladi. 
Yoshlam i bilim va madaniyat quchog‘iga tortishda u astoydil xizmat qildi. U 
Toshkentdagi  «Urfon»  nom li  m aktab  qoshidagi  boqimsiz  bolalar  uyida 
tarbiyachi  va  mudir bo‘lib  ishladi.
1923  yildan  adabiyot  maydoniga  qadam qo‘ygan  G ‘afur G ‘ulom  o ‘z 
ijodini  bolalarga  atab  she’r  yozishdan  boshladi.  U  butun  ijodi  davomida 
yosh avlodni unutmadi va unga munosib adabiy meros qoldirdi.  Shoiming 
«M ukofot»  (1940),  «She’rlar»  (1946),  «Tongotar qo‘shig‘i»  (1949),  «Bari 
se n ik i»   (1953),  «Bir  g ‘u n c h a   ochilguncha»  (1955),  «Siz  m ening 
yoshligimsiz» (1958)she’riy to ‘plamlari; o‘ita va katta yoshdagi bolalar uchun 
«Shum   bola»,  «Tirilgan  m urda»  (1934),  «Yodgor»  (1935)  kabi  ajoyib 
asarían  bolalar adabiyotida  m unosib  o ‘rin  tutadi.
«Tursunali  nega  v arrakdan  voz  kechdi?»  s h e 'rida  G ‘afur G ‘ulom 
te x n ik a n in g   k u ch -q u d ratin i  kichik  yoshdagi  bolalar  saviyasiga  mos 
v o sita la r — varrak va a ero p lan   orqali  ko‘rsatadi.  Shoir buni varrakning 
kuchsizligi  bilan  aero p lan n in g   kuchliligini  bir-biriga  qaram a-qarshi 
q o ‘yish  va  jonlantirish  usuli  orqali  mohirona  k o ‘rsatishga  muvaffaq 
b o ‘lgan.  Shoir aeroplanda tinm ay baland va uzoqlarga uchgan qahram on 
o b raz in i  chizar ekan,  b o lalard a zam onam izning shunday qahram oniga 
n isb a ta n   m ehr-m uhabbat  uyg ‘otadi.  Shu  bilan  birga,  m uallif sh e 'rd a  
V a ta n im iz   q u d rati  va  g o ‘z a llig in i  sh o iro n a  ta sv irla y d i,  h ayotda 
t u g ‘ila y o tg a n   y a n g ilik la r  b ila n   b o lalarn i  ta n is h tira d i,  b u larn in g  
h a m m a s i  ijo d iy   m e h n a t  o r q a li  y a ra tilg a n lig in i  k u y la b ,  u la rn i 
z a m o n a m iz   q a h ra m o n la ri  izid a n   borishga,  fan n in g   c h o ‘qqilarin i 
egallashga undaydi.
Aeroplanning  uchar  otga  o ‘xshab  ketishi  bolaning  xayoliga  muvofiq 
keladi.  Shoir  aeroplan  talqinida  bolani  uni  minib  olishga,  «Fanning  eng 
c h o ‘qqisi»ga  uchirib olib borishga  chaqiradi.  Bunday havas  ishtiyoqi  yosh 
yurakni to ‘lqinlantiradi va bola samolyot minishga qat' iy ahd qiladi.
Shoir «Bari seniki» she ' rida yuksak vatanparvarlik g‘oyasini ilgari suradi. 
A yni  choqda,  o ‘z xalqining  baxtini,  go‘zal Vatanning  istiqbolini  kuylagan 
sh o ir  hayotga  bo‘lgan  m uhabbatini  Vatanga  bo‘lgan  muhabbati  tuyg‘usi 
b ilan   yonma-yon ko‘radi,  bolalarga ikkovini bir butun  holda tushuntiradi. 
B uni shoir bola tilidan quyidagicha ifodalaydi:
www.ziyouz.com kutubxonasi

Muncha  ham chiroylisan,  azjz  Vatanim,
Bodomday ming ko'z  bilan  sevar badanim.
Sensan  aw al oxir,  sensan  sevganim,
Jonim, yurak qonim,  hatto shu  tanim,
Bir butun  holicha  ban  seniki.
«Ahmad yomon bola emas-ku, ammo...* she'rida Ahmad obrazi orqali 
«SogMom tan da—sog‘  aql* maqolidagi  m azm unni o ‘ziga xos obrazli tarzd a 
yoritadi.  Shoim ing  mahorati shundaki,  shartlilik asosida Ahm adning ta n a  
a ' zolarini jonlantiradi va Ahmad o ‘z tozaligiga befarq qaragach, bu a ' zolar 
majlis  qilib  har bin  so‘zga  chiqadi  va  egasidan  norozi  ekanliklarini  aytib, 
uni  tanqid  qiladi.  G ‘afur  G'ulom  doktom ing  foydali  maslahatlariga  am al 
qilgan  Ahm adning  keyinchalik  ozoda,  sog‘lom  va  intizomligina  b o ‘lib 
qolmay,  balki  a 'lo c h i  o‘quvchiga  aylanganligini  ishonarli  tasvirlaydi:
Qo ‘llari ham  sevinchidan  chapakda,
Butun 
a ’
zp
  bir-biriga  ko ‘makda.
Endi Ahmad sog'lom,  toza,  a ’lochi 
Me ’da kuchli,  tishiari misli inju.
Shoir «Nortojining kurak tishi* sh e' rida ham  bolalami N ortoji obrazi 
orqali tozalikka rioya qilishga undaydi.  Kichik kitobxon diqqatini dastlab 6 
yoshli  Nortojining  «...chollar  kabi  kemshik*  ekanligiga  qaratadi:
Oldingi  to‘rtta  kurak  tishining
Sog‘iyo 'q  —  hammasi  chink,  darz ketgan.
Ba ’zisi juda past,  ba  zjsi baland,
Ba ’zisi lab yular  —  misli tikan.
«N ortojining  kurak  tishi»da  sh o ir  obrazli  tasvirlar  orqali  N o rto ji 
xarakteriga  xos  boMgan  erinchoqlik  va  yalqovlikni,  tozalikka  rio y a  
qilm asligini  o ‘ziga  xos yo‘sinda  fosh  eta d i.  Xususan,  N ortoji  tis h in in g  
kovagidan  jo y   olgan  narsalarni  tasvirlar  e k an ,  uning  kulguli  h o la tin i 
«Karnayday  o g 'zini  ochishi  bilan  sassiq  hid   ham m aga  bilinib  k e td i» , 
«oldingi  kurak  tishida  bir hafta  burungi  ovqat  qoldig‘i*  kabi  m isra la r 
orqali yanada bo'rttirib gavdalantiradi. S he' rda tozalikka rioya qilmaslikning 
zararli oqibati bolalarga g‘oyat hayotiy va xarakterli misralarda yetkaziladi.
G ‘afur G ‘ulom  Nortojining  o ‘z  nuqsonlarini  to‘g‘ri  anglab,  tegishli 
xulosa chiqanb, tozalikka rioya qiluvchi bolaga aylanganligini ifodalab,  ibratli 
xulosa chiqaradi:
www.ziyouz.com kutubxonasi

Bilasizjni,  o ‘rtoqlar,  bu  don  nima?
Bir quti poroshok,  kichkina  cho'tka...
Endi  Nortojining tishlari durday,
Og‘riqni,  sasishrti bilmaydi,  iozfl.
H ar kim ki,  tishini tozalab  tursa,
Joni  orom  olar,  o !'zi pokizaî
Demak, shoir she’rlaridan kelib chiqadigan m uhim  xulosa shunchaki 
bayon  yoki  pand-nasihat  tarzida  emas,  balki  jonli  tasvir,  obrazli  ifoda 
orqali  beriladiki,  bu  kabi  xulosalar  kichkintoylar  m a’naviyatiga  tezroq 
yetib boradi.
Shuni  ta’kidlash  zarurki,  G ‘afur  G ‘ulom  «Shum  bola»,  «Tirilgan 
m urda*,  «Yodgor*  asarlari  bilan  bolalar  adabiyotida  nasriy  janm ing  
yuksalishiga ham o ‘zining m unosib ulushini q o ‘shdi.
G ‘afur G 'ulom ning  «Tirilgan  murda»  asarida jamiyatga  dog‘  bo ‘Iib 
tushadigan dangasalik bilan m ehnat o'rtasidagi kurash asosida mehnatning 
tarbiyalovchi qudrati tasvir etiladi.  Muallif ijodiy maqsadini Mamajonning 
boshidan kechirganlari va uning o‘zi tomonidan yozilgan kundalik sahifalari 
vositasida, kulgili tarzda hikoya qiladi. Asar prolog va epilogdan tashqari, 
o lti fasldan iborat b o ‘lib,  ularda mulla Mamajonning  1925 yildan to  1933 
yilgacha o ‘tgan-davrda boshidan kechirganlari yozilgan. Asarda G ‘. G ‘ulom 
o ‘z qahramoniga «so‘z* berib,  uning o ‘ziga xos xarakterini yaratadi.
Ishyoqmaslik va yalqovlikda afsonaviy dangasalami ham «bir cho‘qishda 
qochiradigan» mulla M amajonning bugungi kunda mehnatkashlaming ijobiy 
ta'sirid a  asta-sekin yalqovlikni tashlab, üg'or mehnatkashga aylanganligini 
hayotiy,  tipiksharoitda,  hajviy vakulgili ifodalargaboy lavhaiardako'rsatiladi. 
M am ajon timsoli asta-sekin o ‘sib,  izchil xarakter darajasiga ko‘tarilgan.
Ikkinchi jahon urushi yillarida she’riyatning juda ko‘p durdonalarini 
yaratgan G 'afur G ‘ulom  bolalarga ham ajoyib asarlar taqdim  etdi.  Uning 
bolalar uchun yaratgan asarlarida vatanparvarlik va baynalmilallik g‘oya!ari, 
qahram onlik  va  jasurlik,  g‘alabaga  ishonch  ohanglari  yangraydi.  Shoir 
«Navqiron naslimiz sinov oldida» she’rida yoshlaming kelajagini ifodalab, 
ulam i erk va baxt bergan vatanga munosib kishilar bo‘lishga chaqiradi:
Bizning olkamizjda y o ‘qolur ofat,
O limni yengishga sizJar kandidat.
S iz  osmon  ilmini suvday ichasiz,
Yulduzdan -yulduzga  zumda ko ‘chasiz- 
A ’iochi  o ‘g ‘lonlar,  û ’iochi qizlar,
Vatan  istagi ham xuddi ana shu.
Shoiming bu davrda yozgan noyob va go‘zal asarlaridan biri «Sen yetim 
emassan» she'ridir. U nda odamlaming ikkinchi jahon urushi yillarida yetim
www.ziyouz.com kutubxonasi

qolgan  bolalarga  bo igan  vatanparvarlik,  qardoshlik,  insonparvarlik  his- 
tuyg‘ulari yuksak mahorat bilan tarannum  etiladi:
Sen yetim  emassan,
Tinchlan jigarim,
Quyoshday mehribon,
Vataning  — onang,
Zaminday vaz/ninu,
Mehnatkash mushfiq.
Istagan  narsangni tayyorlaguvchi 
Xalq  bor  —  otang  bor.
Cho ‘chima jigarim,
0 ‘zuyingdasan.
Bu  parchada  Vatanning  muazzamligi,  uning  mehri  daryo  kishilari 
quyma obrazlarda,  lo‘nda,  ta’sirli  ifodalanganligi  har bir misrada  k o ‘rinib 
turibdi.  Shoir bolalarga  yetimlik  nima  ekanligini  tushuntirarkan,  o 'z in in g  
achchiq  yetimlik  hayotini  eslash  orqali  asam ing  ta’sir  kuchini  oshirishga 
erishgan:
...Men yetim o ‘sganman,
Oh,  u yetimlik.
..  Voy,  bechora jonim ,
Desam  arziydi.
Boshimni silashga,
Bir mehribon  qo %
Bir og‘iz shirin  s o ‘z   nondek  arzanda,
Men odam edimku,
Inson farzandi...
Bu  satrlarda  shoir  mahorati  aw alo   yetimlik  tushunchasiga  boMgan 
munosabatida namoyon boladi.  Shoir nazdida haqiqiy yetimlik faqat o ta- 
onadan judo bo‘lishgina emas, balki Vatan degan, xalq degan tushunchalarda 
ham  mavjud  bolishdadir,  degan  falsafada  namoyon boiadi.
Shoir  uru shning  dahshatli,  fojiali  voqealarini  go‘dak  x a y o lid a  
gavdalantirib, mana shu vahshiylikning sababchisi boMgan Gitlemi la’natlaydi:
Sut ko ‘r qilgur,  haromi,  Gitler oqpadar,
—  Farzandning qadrini  qayerdan  bilsin?
Shoir  she’rda  g‘alabaning  muqarrarligini  zo‘r  hayajon  va  k o ‘tarinki 
ruxda, obrazli misralarda ifoda etadi:
www.ziyouz.com kutubxonasi

Tong yaqin,
Tong yaqin,
Oppoq  tong yaqin...
Ulug4 oilaninggo4dak farzandi,
Bilib  q o y   endi:
Sen  tezda  ulg‘ayib,
Olam  kezasan...
Haqorat yemirilur,
Zuim yanchilur,
Jahonda  b o 4lurmiz,
Ozod muzaffar,
Sen yetim   emassan,
M ening jigarim!
G ‘afur G ‘ulomning bu she’ri yoshlarda Vatanga sadoqat, vatanparvarlik 
va bavnalminallik hamda bosqinchilarga nafrat tuyg‘ularini taibiyalashda katta 
ahamiyatga ega bo‘lgan barkam ol asardir.
Umshdan keyingi tinch  qurilish davrida G ‘afur G ‘ulom bolalar uchun 
«She'rlar*  (1946),  «Tongotar qo ‘shig‘i*  (1949),  «Bari  seniki»  (1953),  «Bir 
g ‘uncha  ochilguncha*  (1955),  «Siz  mening  yoshligimsiz*  (1958)  she'rlar 
to ‘plami va «Mening o ‘g‘rigina bolam»  (1965)  voqei  hikoyasini yaratdi.
G ‘afur  G ‘uIomning  bu  davr  ijodida  bolalaming  o ‘ziga  xos  orzu- 
umidlari,  yuksak  m a’naviy  olam i,  odob  va  axloqi,  o ‘qish  va  intilishlari 
asosiy  mavzuga  aylandi.  Jum ladan,  shoir  «Oltin  medal*  she’rida  o ‘rta 
maktabni bitirayotgan o ‘g ‘il va qizlaiga ishonch va umid ko‘zi bilan qaraydi. 
U la rn i  kelajagim izning  ishongan  kishilari  —  «zam onlar  tongining 
chiroqlari*  deb  tasvirlaydi:
Sizsiz  kelajak y o 4q,  siz axir xalqning,
Ming yiini  k o 4rajak  qaroglarisiz.
Sizsiz yorimaydi osmonda  Zuhra,
Zamonlar  tongining charog'iarisiz.
Shoir o‘lkamizning kelgusida yanada gullab-yashnashini, jahonda tengi 
y o ‘q  diyoiga  aylanishini  «orzu  qiladi  va  yoshlami  ana  shunday  Vatanga 
munosib  farzand  b o lish g a,  ilm-fanni  egallashga  undaydi.  U  yoshlaming 
ilm -fanni  o'rganib  kamol  topishiga  zo‘r ishonch  bilan  qaraydi.
G ‘afur G ‘ulom bolalar va yoshlami kattalarga, ayniqsa, ota-onaga mehr- 
muhabbatli qilib tarbiyalash mavzuida ko‘plab she’rlar yaratdi. Shulardan bin 
«Ona*  she’ridir.  Shoir bu  she’rida bag‘ri ufqlardan  ham  keng onaning lirik 
obrazini yaratib, bolaning unga bo‘lgan mehr-muhabbatini ifoda etadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Shoirbolani chaqaloqligidanoq m ehr-m uhabbat bilan asrab,  avaylab, 
tarbiyalab  kelgan  onani  ta’riflab,  bu  m o” tabar zotni e ’zozlaydi.
O ‘zing axir nimasan,
Qoyamisan,  tog‘misan?...
Jahonmisan,  bormisan?
Rangmisan,  quyoshmisan?
Hammasidan ulug'san!..
Hoynaxoy  bir kitobsan,
Minglab  qomusdan  baland.
Hoynahoy  oftobsan,
Men  esa senga farzand.
Shoir  she’rda  onaga  murojaat  etib,  uni  qoya,  yuksak  tog‘,  cham an 
bog‘ hamda quyoshga qiyoslaydi va onani ulardan yuqori qo‘yadi. Darhaqiqat, 
dunyoda  onadan  ulug‘  zot  yo‘q!  U  borliqqa jon  baxsh  etuvchi,  olam ni 
nurga buikovchi oftob misol qadrli, hatto undan ham azizdir. She’r bolalarda 
onalarga chuqur muhabbat hissini uyg‘otishda katta xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda,  akademik shoir G ‘afur G ‘ulom o ‘zbek bolalar 
adabiyotini  yuksaltirishga barakali  hissa  q o ‘shdi.  U  yoshlar uchun  yozgan 
asarlarida  bolalaming  quvnoq  hayotini  yurakdan  berilib  kuyladi.  U ning 
asarlari  bolalarni  yaxshi  o ‘qishga,  fan  asoslarini  chuqur  egallashga, 
zamonamizning  ilg‘or  kishilari  bo‘lib  yetishishga  chaqiradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

OYBEK
(1905-1968)
0 ‘zining roman  va  qissalari,  ilmiy-nazariy,  siyosiy,  badiiy publisistik 
asarían,  taijimalari,  ajoyib  sh e’rlari,  dostonlari,  hikoyalari  bilan  o ‘zbek 
adabiyoti xazinasini boyitgan atoqli so‘z san’atkorlaridan bin Oybek bolalar 
adabiyotiga ham munosib hissa q o ‘shgan ulkan adibdir.  Ü yaratgan she’r  va 
hikoyalar,  qissa  va  dostonlar  bolalar  ma’naviyatiga  samarali  ta’sir  etib, 
yosh  avlod  estetik  didining  shakllanishida  katta  rol  o ‘ynamoqda.  «Yosh 
yo'lchi»  (1925),  «Gunafsha»  (1926), «Bolalikni eslab»  (1926),  «Shaharcha 
bolalariga»  (1934),  «Shoiming  bolaligi»  (1937),  «Eski  va  yangi  bolalik» 
(1937),  «Odobli  T ursun»,  «Ahmadjon  bog‘bon»  (1971)  kabi  she’riy 
kitoblari,  «Zafar va Zahro» (1953),  «Haqgo'ylar»  (1976),  «Bobom» (1957) 
kabi  dostonlari,  «Alisheming  yoshligi*  (1967)  qissasi,  «Globus*  (1981) 
hikoyalar to ‘plami,»Bolalik»  kabi  asarían  ayniqsa  xarakterlidir.
Yozuvchi  Oybekning  bolaligi  ham  barcha  mehnatkash  xalq  bolalari 
kabi  kechadi.  U  yoshlikdan  uy-ro‘zg‘orga  qarashish,  guzardan  narsa  olib 
kelish,  suv  tashish,  o ‘tin  yorish,  qor  kurash  kabi  yumushlami  bajaradi. 
Barcha  bolalar  kabi  bahor  vaqtlarida  tomma  torn  oshib  varrak  uchirar, 
dovuchcha qoqar, qish bo‘lsa oshiq o‘ynar, xo‘roz, tuxum va it uríshtirishlarda 
qatnashar,  yoz  kunlari  onasining  pinjida qarindosh-urug‘larining  uylariga 
«mehmon»ga borar, hayit, sayil va boshqa milliy bayram kezlarída esa o ‘zida 
y o ‘q sevinib,  dor o ‘yini,  xalq qiziqchiliklarini,  ko'ngil  ochar tomoshalami 
ko'rishga  muyassar  b o ‘la r  edi.  Keyinchalik  «Shaharcha  bolalariga», 
«Shoiming bolaligi»  sh e'rlarid a  shu  manzaraiar o‘z  aksini  topadi.
Oybekning  bolalar  va  o ‘smirlarga  bag‘ishlangan  she’riy  asarlarida 
bugungi  qaynoq  hayot,  ilin,  hunar  va  mehnatga  b o ‘lgan  muhabbat, 
vatanparvarlik,  jam oatchilik,  ijtimoiy  burchni  anglash  kabi  xususiyatlar 
aks  etgan.
Bu fazilatlar o‘sha davrda Oybek asarlarining yetakchi mavzuiga aylanadi.
Shoir g‘oyaviy-badiiy  kuchli  she’rlar bilan birga  bolalar va o ‘smirlar 
hayotini  tasvirlovchi  hikoyalar  ham  yozdi.  1981  yilda  adibning  «Globus» 
nom li  to'plam i  bosilib  chiqdi.  Bunda  Oybekning  shu  vaqtgacha  e’lon 
qilinmagan  «Gulnor  opa»  (1930  yil),  «Fanorchi  ota»  (1930  yil),  «Singan 
umid»  (1930  yil),  «Tillatopar»  (1930  yil)  hikoyalari  ham   chop  etilgan.
Oybek  kichik  yoshdagi  maktab  bolalari  uchun  Pokiston  bolalari 
hayotidan  «Qonli  barm oqlar»  (1962  yil)  hikoyasini  yozdi,  Hikoyada 
Pokistonda tinchlik uchun kurashuvchilardan qanday qasos olinayotganligi, 
ulam ing  bolalari  ko'chalarga  chiqarib  tashlanayotganligi,  tilanchilikka  va 
malaylikka  mahkum  etilayotganligi  hikoya  qilinadi.  Yozuvchi  buni  asar 
qahram oni  to‘qqiz yoshli Aiining saiguzashtlari orqali tasvirlaydi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Oybek hikoyada AJilaming yashash sharoitini va qanday kun kechirishini 
quyidagicha tasvirlaydi:  «Gorishov  Lohuming baridagi  bir daha.  Lohur — 
qo‘shiq!ar,  gullar diyori.  Gorishov esa dahshat! Ali  bu  xaroba—vayronalar 
ichida yuguradi.  Ko‘cha, yo‘lka deydigan narsa yo‘q, tutash xaroba kulbalar. 
Shunday xaroba kulbalaming birisidan Ali bilan onasi,  otasi  qamalgandan 
so‘ng haydalib, ko‘chaga tashlangan edi».
Pokiston shaharJarining ko'cha-kuylarida to 'd a -to 'd a  tiianchi bolalar 
yuradi.  Gadoylar  odatda  «baxshish»  deyilsa,  o 'zlarin i  tom dan  tashlab 
yuborishga tayyor ekanligi  hikoyada bo‘rtib turadi.
Ali  bir  parcha  non  qidirib,  besh-olti  kundan  buyon  rastalami  kezib 
yurganda  gulobchi  do‘kondor  uni  chaqirib  «jahl  aralash  dedi,  —  mana  bu 
yashiklami bo‘shat!» va buning evaziga haq to‘lashga va'da qiladi. Ali «Rostdanmi?»
—  deb so‘radi  va  do‘kondoming  «ha*  degan  tovushini  eshitgach  bola  uzun 
xo'rsindi, jilmaydi.  Kir,  kalta ko'ylagining ycnglarini shimarib,  ishga tushdi». 
Ali yashiklardagi siniq gulob shishaJarini lashiydi: «Siniq, cheti uchgan shishalar 
va berahm quyoshning issig‘i xunob qilar,  kichik barmoqlari  tilingan,  qollari 
qon.  Ammo  och,  tentirab  yurishdan  charchagan  bola  bu  xizmatdan  vaqti 
xush*  edi.  «Isqirt, juldur,  cho'pday oriq bolalar bolaning  qonagan  qo'llanga 
tikildilar*. Bolalar Aliga ko‘mak bermoqchi bo‘lganlarida u «rahmat* deb javob 
berdi. Ali och-nahor, barmoqlarini shisha siniqlari kesib achitishiga, bir parcha 
non  topishning  nihoyatda  azob-uqubatlari  va  mashaqqatlariga  qaramay 
do'kondor  gulobchining  og‘ir  ishini  bajardi.  Do‘kondor  «bir  qutini  ochib, 
yupqa «chapati* — nonni uloqtirdi. Ali ilib oldi, quvonib dedi:
—  Darrov  borib,  ayamga  beraman,  u  kasal!
—  Aya,  men  keldim,  non  topib  keldim.  Turing  non  yeng,  non...
Kampir  onaning  yuzini  ochdi:
—  0 ‘tdi  olamdan!
Dard  bilan,  yo‘qchilik  bilan,  ochlik  bilan,  g ‘a m   bilan  hamisha 
kurashgan bu g‘arib ayolning yuzida baxtsiz hayotning eng so‘nggi nafasida 
o'lim   bilan  kurash  dahshati  ko'rinar  edi*.
Bu hayotiy parcha faqat pokistonlik Alining hayoti  uchun xos hodisa 
bo'libgina qolmay, balki  kambag‘al mehnatkash bolaiarining hayoti uchun 
ham  tipikhol  edi.
Kitobxon  Alining  sarguzashtlari  bilan  tanishar  ekan,  unda  oddiy 
insoniy huquqlardan ham mahrum etilgan bolaning ayanchli taqdiri orqali 
yovuzlikka nisbatan nafrat tuyg’ulari shakllanadi.
Muhimi shundaki, hayotda doimo yovuzlik bilan ezgulik orasida tinimsiz 
kurash  borishini,  bu  kurash  in so nlarn i  u lu g '  ish larg a  otlan tirish i 
mumkinligini  his  qiladilar.
Oybek buyuk  o'zbek shoiri Alisher  Navoiyning  bolalik  yillari  haqida 
hikoya qiluvchi  «Alisheming yoshligi* qissasini  (1967)  yozdi.
Ulug‘ Navoiy Oybekning sevimli siymolaridan biri edi.  Bu haqda adib
www.ziyouz.com kutubxonasi

maqolalaridan birida shunday hikoya qiladi:  «Navoiy she'riyati  va  Navoiy 
obrazi hamisha kuchli bir quyosh kabi ko‘nglimni torlar edi. 0 ‘z asarlarimda 
Navoiy obrazini yaratishga zo‘r mayl va istagim bor edi. Yoshligimdan beri 
Navoiyning  o ‘lmas,  adabiy  she'rlarini  sevib  o ‘qir  edim,  uning  jozibali 
g‘azallari borgan sari ko‘nglimga singib bordi, shakl va mazmunlari yuragimni 
mast va maftun etdi... U mening ko‘nglimda, yodimda edi, butun borlig‘imni 
band  etgandi.  Yursam -tursam   hamisha  Navoiyni  o ‘ylar  edim.  Uning 
m a'nodor,  aqlli  ko‘zlari  hamisha xushfe'l,  rahmdil,  olijanob qiyofasi,  asl 
pok,  ulug‘  qalbini  his  etardim,  ko‘z  o ‘ngimda  ko‘rardim...*
Oybek  1928 yildan boshlab Alisher Navoiy ijodini chuqur o'rganishga 
kirishdi.  U  dastlab,  Navoiy  ijodiga  doir ko‘pgina  ilmiy  maqolalami  o ‘qib 
o‘rganadi.  Keyinroq «Navoiy*, «Guli va Navoiy* dostonlarini nashr ettiradi. 
Davlat  m ukofotiga  sazovor  boMgan  «Navoiy»  romanida  ulug‘  shoir  va 
mutafakkir  hayotining  kamolot  davri  tasvirlanadi.
«Alisheming yoshligi» qissasida Hirotdagi (taxminan  1447—1452 yillar) 
tarixiy  voqealar,  shahzodalaming  Shohruh  vafotidan  keyingi  o‘zaro  taxt 
uchun  kurashlari  va  shu  davrda  o ‘tgan  Alisheming  bolalik  (to‘rt  yoshdan 
boshlab) yillari haqida hikoya qilinadi.  Qissada Alisher obrazining takomili 
o‘sha  vaqtdagi  tashqi  muhit  voqealari  va  ziddiyatlari  bilan  uzviy  aloqada 
tasvirlanadi.  Hukmron doira orasida mavqei ancha baland boMgan G'iyosiddin 
vaGulbegim bekaning oiladagi  samimiyliklari,  o'zlarini  sipo  ham oqilona 
tutishlari,  farzandi  Alishem ing  ham   jism oniy,  ham   aqliy  tom ondan 
kamolotida  m uhim   rol o ‘ynaganligi  haqqoniy tasvirlanadi.
Yosh  A lish e r  xarakteridagi  o ‘ziga  xos  xislatlar  uning  bolalik 
chog'idanoq  nam oyon boMgan  edi.  Alisher siymosiga xos boigan  aqllilik, 
kattalarga b o ig a n   samimiy  hunmat,  she’nyatni  nozik his etish,  g'azallami 
g‘oyat  m arom iga  yetkazib  ifodali  o‘qish,  ayniqsa,  «ot  choptirishdan  fikr 
yuritish  yaxshiroqdir  chamamda*,  deya  fikr  yuritishi  kitobxonda  katta 
taassurot  qoldiradi.
Alisheming  keyinchalik  buyuk  davlat  arbobi,  ulkan  shoir  darajasiga 
yetishishida bu kabi fazilatlaming o ‘zigina yetarli asos bo'lib xizmat etmadi, 
albatta.
Oybek  Alisher  xarakterining  shakllanish  jarayonini  har  bir  epizod, 
shtrix,  suhbat,  yordamchi  obraz  va  qahramonlar  munosabati  orqali  ham 
badiiy  asoslay  oigan.
Alisheming o ‘qishga — maktabga bo‘lgan havasini adib uning tilidan: 
«ov qilmoq  merganlik  — ermak narsa,  lekin eng zo‘r zaruriyat  maktabdir. 
Turmushning  k o ‘p  sirlarini  maktab  o ‘rgatadi»,  deb  uning  ilmga  bo‘lgan 
qiziqishini tasvirlaydi. Shu bilan birga uning ota-onasi, qavm-qarindoshi va 
boshqalaming suhbati, shoirlaming g‘azallari Alisherga katta ta'sir etganini 
qayd etadi.
Alisher o ‘zi yashagan davming ziddiyatlarini  hali o‘zi u qadar anglab
www.ziyouz.com kutubxonasi

yetmaydi. Shuning uchun ham Shohruhning Abdulatif bilan, Abdulatifning 
Xonzoda  begim  va  G avharshod  begim  bilan  U lu g ‘bek  to ‘g‘risidagi 
munozaralari mag‘zini chaqa olmaydi. Ulug‘bek to ‘g‘risida porloq taassurotga 
ega bo'lgan ziyrak Alisher Abdulatifning o‘z otasiga qarshi gaplaridan dastlab 
hayron qoladi va ikkilanadi. Biroq u shundayligicha qolavermaydi.
Alisherga xos fazilatlardan  yana bin  kattalam ing  fikr-mulohazalarini 
sinchkovlik  bilan  tinglash,  kim  haq,  kim  nohaqiigini  bilishga  intilishda 
namoyon  bo'lishidadir.  Xuddi shu tariqa yosh Alisher xarakteri  asta-sekin 
shakllana boradi. Qissada Alisheming san’atga bo'lgan munosabati ham o‘ziga 
xos iavhalarda ishonarli aks etadi. Xususan, nay parchasi asosida ifodalangan 
tasvirlar  bugungi  yosh  kitobxon  uchun  ham  ibratlidir.
Ayniqsa, Boboning «Zavqu shavqning siri ko‘p... ko‘p sinadim, ulg‘aysa 
bilgich,  donishmand  bo‘lur.  Halitdan  tili  tangani  teshadi,  ko‘zlaridan 
ko‘kragining o‘tini ko‘rurman. G ‘azallami zavq bilan tinglaydur, cholg‘ularga 
havasi  baland»  kabi  fikrlari  shu jihatdan  ibratlidir.
Alisher xarakterida davrga munosabatning ifoda etilishida qishloqdan 
keltirilgan yetti  mahbusni dorga osish voqcasining ta ’siri  katta bo'ladi.
Chorsu  maydonidagi  odam lam ing  ko‘pchiligi  dorga  osilayotgan 
kishilarning  holiga  achinib  ko‘z  yoshini  to ‘xtata  olm ay  yig'layotganidan 
Alisheming ham xo‘rligi keladi.  Bu holni yozuvchi «...K o‘rasizmi! Alaming 
holig‘a  ahli  shahar  yig‘]ashur!..  Alisheming  ko‘z  yoshlari  tag'in  quyila 
boshlagan  edi»,  deb  tasvirlaydi.
Alisher  dor,  darra  kabi  jazo  turlarini  faqat  eshitgan.  Bu  vaziyatni 
ko‘rgandan keyin shafqatsizlik va zulmkorlik haqidagi tushunchasi kengaya 
boradi. Asarda mazkur voqea orqali qiz va yigit muhabbatining poymol etilishi, 
ulaming sevgi va erk uchun kurashi xalqning qo‘zg‘olonga borib bog‘lanishi 
davming o ‘ziga xos tavsifidir. Shu singari voqealar Alisher hayotida o‘chmas 
iz qoldiradi,  xarakterining chuqurlashishiga  sabab  b o ‘ladi.
Oybek Alisheming  ilm  va  adabiyotga  b o ‘lgan  intilishini  Qur’onning 
m a’nosini  tushunishga  urinishini,  fors-arab  tillarini  o ‘rganishini,  turkiy 
(ona  tili)  bayt  va  g‘azal!ami  m ahorat  bilan  o ‘qishi  va  ko'plab  g‘azallami 
yod  olishini,  maqollar,  masallar,  ertaklami sevib m utolaa qilishga  harakat 
qilganligini  tasvirlash  orqali  bayon  etadi.  Alisher  shahzodalar  o ‘rtasidagi 
dahshatli  janglar,  qonli  urushlar  borgan  sari  zo‘rayib  borayotganini,  o‘z 
zamonasining notinch voqealarini,  ota va bola o'rtasidagi  dushmanliklami 
endi chuqurroq tushunib,  fikr doirasi  kundan-kunga kengayib boradi.
Shohruh  Mirzoning  vafotidan  so‘ng  shahzodalar  o'rtasidagi  o'zaro 
jan g la r  kuchayib  ketgach,  G ‘iyosiddin  K ic h k in a   b ir  necha  yaqin 
qarindoshlari  bilan  Iroqqa  yo‘l  oladi.  Yo‘l  azobini  tortib,  Hirotga  yetib 
borgan G ‘iyosiddin  Kichkina shahzodalarning o ‘zaro bo ‘lib o ‘tgan janglari 
bilan tanishadi.  U  yerdagi ahvolni yozuvchi bir chol tilidan hikoya qiladi:
«—Hali qarabsiz — taxtda Alouddavla,  hall Abdulatif...  hammasi och
www.ziyouz.com kutubxonasi

bo‘ridek  chor  tarafdan  yopishishadi.  Toj-taxt  g‘alvasi  xalqning  tinkasini 
quritdi.  Abulqosim  yurakli,  o‘tkir odam,  ehtimol  zamonning  loyqasi  endi 
cho‘ksa,  GMyosiddinbek».
Cholning  har  bir  gapi,  shahzodalarga  bergan  bahosi  yosh  Alisher 
qalbini  larzaga  keltiradi.  Shahzodalaming pastkash,  rahm-shafqatsizliklari 
uning  n afratin i  oshiradi.  M ash’um   tuzum ga,  davrning  nobopligiga, 
shahzodalam ing haddan  ziyoda quturishlariga qarshi tug‘yon bilan ulg‘aya 
boshlaydi.
Oybek bundan besh yuz yil  ilgari yashagan turkiy va forsiy xalq tilini, 
uning milliy ruhini, boyligini,  so‘z yoki iboralar m a’nosini nozik his etadi. 
Naychi chol obrazini eslaylik. U aslida bechora faqirlar tabaqasidan, hunari 
nay yasash va chalish. Bobo hayotning asl m a’nosini naysiz tasawur etmaydi. 
Yosh  kitobxon  bu  cholning  gap-so‘z!aridan,  suhbatlaridan  uning  kasb- 
hunari  naychilik  ekanini  bilib  oladi.  Nutqidagi  m a’noli,  tagdor,  aniq 
iboralarda esa cholning yoshi juda ulug'Iigini darrov  his qiladi.  «...  —  Nay 
o ‘zimizning qadim dan  qolgan cholg'u,  mungli,  m a’yus qalblarning firoqi, 
alamlarini kuylaydur, to ‘y-bazmlarda uning go‘zal sadosi ko‘ngullarga zavq 
to ‘ldiradur,  ajoyib sehrkor cholg'udir nay. Alisherbekning ishqi tushibdimi
—  o ‘rgaturmiz.  0 ‘g‘lonim xohlasa balki  mashhur musiqa ahlidan boiur... 
Dildagi  ohang  nafas  ila  nayga  o ‘tur...  Barmoqlar  kuyni  pardalarga  solib 
turadur».
Oybek  bu  kabi  keksa  nuroniylar  obrazlari  vositasida  insonparvarlik, 
ezgulik,  odamiylik,  saxiylik,  yoshlarga  muhabbat  kabi  g‘oyalami  targ‘ib 
etib,  o ‘zining badiiy mahorat egasi ekanligini yana bir bor namoyish  etdi.
Alisheming  haqiqiy  inson  bo‘lib  ulg‘ayishida  G ‘iyosiddin  Kichkina, 
Gulbegim  beka,  xizmatkor  bobo,  tog‘asi  Mirsaidning  m a’naviy  ta’siri 
juda katta b o ig a n . Oybek qissada Alisheming Turkiston sahrolarini, buyuk 
tog‘alarini,  bu  yerda  istiqomat  qilgan  xalqlaming  urf-odatlarini  «go‘zal, 
shirin va rangin» tillarini qattiq sevishi va ardoqlashini ishonchli qilib tasvirlay 
oigan.
Oybekning  shaxs ta’sirini yaratishdagi  mahorati  mazkur asarida  ham 
aniq ko‘rindi.  U  ko‘pincha, aniq obraz va qahramonlaming tashqi qiyofasini 
chizish orqali ulam ing ijobiy yoki salbiy,  m a’naviy dunyosini ochib beradi.
Badiiy tildagi va tasvir yaratishdagi adib mahorati qissaning xalqchillik 
ruhini  ta ’m inlagan,  shu  zaylda  Oybek  «Alisheming yoshligi* qissasi  orqali 
xalqimizning  uzoq  o‘tmishdagi  hayoti  haqida  ham  yosh  kitobxon  ongida 
haqqoniy taassurotlar hosil qila oigan.
Adibning  «Bolalik»  qissasi  avtobiografik xarakterga ega bo‘lib,  uning 
markazida  yosh  Musaning  sarguzashtlari  yotadi.
M usa  obrazining  hayotdagi  asosi  adib  Oybekning  o‘zidir.  Asarda 
Musavoyning yetti yoshgacha boigan davrdagi xarakteri sho‘xlik, tegajorlik, 
tinib-tinchim aslik va  o ‘yinqaroqlikdan tashqari,  ochiq  ko‘ngil,  dangalchi,
www.ziyouz.com kutubxonasi

o‘tkir zehnliligi Oybekona tasviiga ega.
M usavoy  xarakterining  shakllan ish ida  o ila ,  h a y o td a   ko‘rgan- 
kechirganlari,  kishilar  b ilan   suh b atlari  ham   m u h im   rol  o ‘ynaydi. 
Keksalaming xonlar,  beklar,  b o ‘lislar,  boylar  haqidagi  xotiralari,  eshitgan 
xalq ertaklari Musavoyni adolatsizlika va nohaqlikka nafrat ruhida tarbiyalaydi, 
mehnatkash xalqqa m ehr-muhabbat bilan qarashga o ‘rgaladi.  U o‘zi tugMlib 
o ‘sg an   m a h a lla d a g i  b o z o r ,  r a s ta la rd a g i  b a z z o z l a r ,  b a q q o lla r, 
do'kondorlam ing  xatti-harakatlarini  diqqat  e ’tibor  bilan  kuzatar  ekan, 
ulaming ziqna,  xasis,  chayqovchi,  tekinxo‘r va  m akkor  kishilar ekanligini 
bilib,  qalbi  larzaga  kelar edi.
Oybek  Musavoyning  o‘qish  izlanishlariga  chuqur  m uhabbat  bilan 
munosabatda bo'ladi. Uning o ‘qishda tirishqoqligini, zehnining o ‘tkir!igini, 
qunt bilan mutolaa qilishini, arabcha so‘z va iboralaming qoidasini keltirib 
yoqimJi ohangda talaííuz eta bilishini mahorat bilan  chizadi.
«Bolalik»  qissasida  Turg‘un,  A 'zam ,  Ahmad,  Q odir,  Hoji,  Sobir 
kabi  Musavoyning  tengqurlari  va  o‘rtoqlarining  obrazlari  ham  berilgan. 
U larning  har  biri  o ‘z  shaxsiy  qiyofalariga  ega.  Q o d ir  ko‘rinishdan 
m o'm inqobilga  o ‘xshab  tuyulsada,  am m o  jahldor.  A hm ad  oshiqboz, 
tentakroq,  Hoji  mardikoming  o ‘rli  quvgina,  Sobir  kichkina  bo‘lsa  ham 
pishiqqina. Ularning turmush tarzi turlicha.  Kattaroq bolalar oshiq, chillak 
o‘ynaydilar, kichik bolalar esa toi novdalaridan ot qilib minadilar. Bu borada 
Turg‘un  obrazi  fe'li  atvoridagi  sergaplik,  toqatsizlik,  shartakilik  bilan 
birmuncha ajralib turadi.
Oybek o‘sha davr tashvishlari bolalar hayoti va taqdirida ham m a’lum 
darajada aks etganligini  m ahorat bilan tasvirlaydi.
Xulosa  qilib  aytganda,  Oybek  yuqoridagi  kabi  asariari  bilan  o ‘zbek 
bolalar adabiyotining shakllanishi va yuksalishiga katta hissa qo‘shdi. U o‘zining 
bunday asariari bilan bolalar adabiyotining sevimli kuychisiga aylanib qoldi.
www.ziyouz.com kutubxonasi

UYG‘UN
(1905-1990)
Hozirgi  zam on o ‘zbek bolalar adabiyotining taraqqiyotiga  katta hissa 
qo'shgan qalam sohiblaridan bin Uyg‘undir. Uning kichkintoylaiga bag‘ishlab 
yaratgan  «Qorbobo»,  «Hadya»,  «Bahor  va  men»,  «Ikki  ona»  va  boshqa 
she'riy to ‘plamlari bolalar adabiyotida yetakchi o‘rinda turadi. Shoirbolalaiga 
atab yozgan barcha katta-kichik she' rlarida o'qimishli, ona-Vatan va mehnatni 
jon-dildan  sevgan  chin  do‘st,  rostgo‘y,  sofdil  bolalaming  his-tuyg‘ularini 
ifodalaydi,  yoshlarning  V atanim izning  go'zal  tabiati,  boyliklari  va 
kishilarimizning  ajoyib  fazilatlari  bilan  tanishtiradi.
Shoir bolalarga  bag‘ishlab  yozgan  barcha  she’rlarida  mavzuni  o‘ziga 
xos jihatdan aks ettirishga harakat qiladi. Shoirlarimiz tomonidan kuylangan 
ona-Vatan mavzuini o ‘ziga xos tarzda ifoda etadi. Shu jihatdan uning «Ikki 
ona» she’ri xarakterlidir.  She’r qahramonining ikki onasi bor: bin unga oq 
sut bergan;  ikkinchisi esa o‘z bag‘rida avaylab parvarish qilgan.  Ikkala onasi 
ham  aziz,  m uqaddas  va  m o‘tabar.  Biri  —  uning  tuqqan  mehribon  onasi 
b o isa ,  ikkinchisi  — jonajon  vatani.  Link  qahramon  ana  shu  bir-biridan 
m o‘’tab a r  ikki  onasi  bilan  g‘ururlanadi,  faxrlanadi.  0 ‘zini  boqqan, 
tarbiyalagan  bu  ikki  ona  oldida  bir  um r  qarzdor.  Zam r bo‘lib  qolsa  ular 
uchun qurbon bo'lishga ham tayyor:
Biri  tuqqan  onamdir,
Ikkinchisi hur  Vatan,
Ikkisiga  barobar.
Qurbon  bo *bin jonu  tan.
Uyg‘un bolalar adabiyotida vatanparvarlik to ‘g‘risida ko‘plab she’rlar 
yozgan shoir sifatida e ’zozlanadi.  Masalan, «Mening akam», «Chegarachi», 
«Sadoqat  soqchilari»  kabi  asarlari  bunga  misol  bo‘Ia  oladi.  Bu  she’rlarda 
chegara soqchilarining o ‘z postlarida sergak turib,  uni qo‘riqlayotganini va 
jangchilam ing Vatan oldidagi qahramonlikiarini tasvirlash orqali bolalami 
haibiy vatanparvarlik ruhida taibiyalaydi.
Bolalaming  ona-Vatan  oldidagi  muqaddas  burchi,  fidoyiligi,  e’tiqodi 
va sadoqati shoiming «Qasos» (1944) asanda yanada chuqur ifodasini topgan. 
Asarda muqaddas Vatan, dushmanga nisbatan nafrat, g‘a!abaga komil ishonch 
g‘oyasi ifodalanadi.
Shoiming  «Qizaloqning  o‘limi»,  «0‘g‘idangan  husn»,  «Inson»  kabi  bir 
qator she' rlarida mudhish urush dahshaüari va yot go‘daklar taqdiri haqida yozilgan.
Ikkinchi jahon urushi yillarida fashistlar tomonidan qanchadan-qancha 
shahar va qishloqlar vayron bo‘ldi, kishilar jang maydonlarida qahramonlarcha 
halok bo'Idi, necha-necha begunoh go'daklar ota-onasidan tirik yetim qoldi,
www.ziyouz.com kutubxonasi

qanchalari fashist gazandalaríning qo‘iida halok bo‘ldi.
«Qizaloqning o‘limi»da ana shunday mudhish va fojiali ko‘rinishIardan 
biri quyidagicha tasvirlanadi:
Qarang,  bu manzara naqadar mudhish,
Tilka-tilka  bo ‘lingan  yurak  burdasi:
Jonsiz  onasining qonli ko ‘ksida,
Yoiar chaqaloqning kichik  murdasi.
Paxiaday yuziari.., jajji qo ‘Jfari...
Uyg‘un  tabiat  va  fasllar  kuychisi  sifatida  e ’zozlanadi.  Serquyosh 
O'zbekistonning  bir-biridan ajoyib  fasllarining o ‘ziga xos faziJatlari,  xosiyati, 
jozibasi  shoiming  «Bahor»,  «Bahor  haqida»,  «Kuz  keldi»,  «Qor»,  «Yoz», 
«Qoibobo» kabi qator asarlarida zo‘r hayajon bilan kuylanadi. Uyg‘un fasllaming 
o'ziga xos betakror sirlarini bolalaiga turii usullar bilan ulaming yoshi, saviyasiga 
mos holda sodda, ixcham va jozibali misralarda ifodalab beradi. Ulami hayotdagi 
turJi  -luman  muammolar bilan  tanishtiradi,  fasllar shoiming  niyatini amalga 
oshirishda bir vosita sanaladi. Shoir fasllar va ularga xos bo‘lgan o‘yinlardan o ‘z 
qahramoni — bolalaming ruhiyatini ochish va ulaming xarakterini ko'isatishda 
unumii foydalanadi.  Mana,  uning «Fasllar» she’ri:
Yilimizning salmoqdor ishi 
To ‘rt jaslga  tekis  bo *linar:
Qish  tayyorlar,  bahor ekadi,
Kuz yig ‘adi, yoz tarbiyalar.
Shoir  har  faslning  xislati  va  fazilati  inson  m ehnati  bilan  go‘zal 
ekanligini «Bahor» sh e'rid a yaxshigina tasvirlab beradi:
Bog‘bon  chiqar bog'iga,
Cho'pon  kelar tog'iga.
Bol arilar g'uvillab,
Qo ‘nar gui yaprog'iga...
Suvlar shildirab oqar,
Q o‘shig‘i dilga yoqar.
Bizga  shodlik  keltirding,
Salom senga,  gui bahor.
Boialar  uchun  turli-tum an  qushlaming  uchib  kelishi  ham,  dala  va 
qirlaming gui va maysaga burkanishi ham, rang-barang jonivorlaming paydo 
bo'lishi ham nom a’lumdek ko‘ringan bu hodisalami ularga tushuntirmoqchi 
bo‘lgan fikrini,  g‘oyasini  ko‘p  hollarda bahor bilan borïiq hodisalar orqali
www.ziyouz.com kutubxonasi

tasvirlaydi.  Bu  b o rad a  «Gul  o ‘tqazdim  bog‘imga*,  «Qushlar  keldi*, 
«Boychechak*,  «Buibulga»,  «Laylak» kabi she’rlari xarakterlidir.
Shoir qushlarga atalgan shc’rlarida bolalami qushlar olamiga olib kiradi, 
qushlar  bahor  elchisi  ekanligi,  qushlar  bilan  olam  yanada  go‘zallashib 
yashnashi,  ulam ing  sayrashi  bolalarga  zavq-shavq  bag‘ishlashini  jozibali 
misralarda tarannum etadi.
Uyg‘un qish fasli haqida ham anchagina badiiy pishiq she’rlar yozgan. 
Bolalar hamma fasllami, jumladan,  qishni  ham juda sevadilar.  Chunki bu 
davrda bolalar o‘ynaydigan o ‘yinning turlari ko‘payadi. Ayniqsa, bolalaming 
eng sevimli archa bayramlari ham qishda bo‘ladi.  H ar bir bola uchun archa 
bayramida  ishtirok  etish  bir  olam  quvonch  bag‘ishlaydi.  Shuning  uchun 
shoirlarimiz  bolalarga  atab  yozgan  asarlarida  archa,  qorbobo,  yaxmalak, 
chana  uchish,  qor  o ‘yinini  zavq  bilan  tasvirlaydilar.  Uyg‘unning  «Qish», 
«Qorbobo», «Archa*, «Xoliq qo‘rqoq», «Yangi yil qo‘shig‘i* kabi she’rlarida 
ham  qish  fasli  o ‘zining  butun go‘za!ligi  bilan  namoyon  bo‘ladi.
Úyg‘un adabiyotimizda tabiat manzarasi tasvirining mohir ustasi sifatida 
tanilgan.  Bu uning bolalar uchun yozgan she’rlarida ham yaqqol ko‘rinadi. 
Shoir  «Bahor»  she’rida:
Osmon  tiniq ko ‘k  shohi,
Oq buluí kezargohi,
Gullarga  ko ‘miladi 
Qandak  o ‘rikning shohi,  —
deb Vatanimiz husniga husn qo‘shayotgan bahor go‘zalligini tarannum 
etadi  va  bolalar  qalbida  shodlik  hislarini  qo‘zg‘atadi,  mehnatga  bo'lgan 
g‘ayratrini yanada oshiradi:
Suvlar shiidirab  oqar,
Qo'shig'i dilga yoqar.
Bizga  shodlik keltirding,
Salom senga,  gul bahor!
Uyg‘unning maktabgacha ta’Iim yoshidagi bolalarga bag‘ishlab yozgan 
she’rlaridan biri «Laylak*dir. Shoir:
Laylak  keldi yoz  bo *¡di,
Qanoti  qog'oz  bo'ldi,  —
deb uni yoz elchisi ekanini bolalarga soddagina tushuntiradi va laylak kelishi 
bilan bolalardagi tabassum, shodlik hislarini ta’sirli ifodalaydi. Shoir bolalarga 
laylakning butun qiyofasini quyidagicha chizishga intiladi:
www.ziyouz.com kutubxonasi

Laylakning bo *yi novcha,
TumshugH bor  tamovcha 
Lapanglaydi uchganda,
Uyasidan  ko ‘chganda.
Uzun  ekan  oyog‘i,
Xuddi cholning iayog'i,
Qanoti o h   ekan,
Sayrashga  balo  ekan.
K ichik  m aktab  yoshidagi  b o la la r  k o ‘pgina  narsa,  h o d isa la rn i 
tushunaverm aydilar,  lekin  u larn i  bilishga,  tushunishga  q iziq ad ilar. 
Uyg‘unning «Laylak»,  «Guldor kapalak»,  «Boychechak»,  «Qushlar  keldi» 
kabi  sh e 'rla ri  shu  jihatdan  xarakterlidir.  Shoim ing  bu  kabi  sh e 'rla ri 
kichkintoylami  parrandalar,  o'sim liklar  hayoti  bilan  tanishtiradi.
Shoiming «Guldor kapalak» she ' ri bu jihatdan tahsinga loyiq. Ahmad 
dasta  -   dasta  gullar  terib,  do‘st!arimni  xursand  qiJay,  deb  boqqa  kiradi. 
Ammo u o ‘ziga notanish hodisaga duch kelganidan hayratga tushadi:
Uzaman  deb  qo 7 cho *zuvdi 
Gui to‘satdan  uchib  ketdi.
Awaliga  shoshib  qoldi,
Ahmad birdan  cho ‘chib  ketdi.
Shoir  Ahmad  uzmoqchi  bo'lgan  «gulning  uchib  ketganida»  bolada 
tug‘ilgan hayajon va ichki holatidagi o ‘zgarishni juda ustalik bilan ifodalab, 
kitobxonda yoqimli ruhiy kechinma uyg‘otadi.  Keyinchalik shoir bu voqeaning 
sababini bolaga tushuntirib beradi:
Keyin  bilsa, gui degani  -  
Gui emas,  bo ‘lak  ekan,
Cho‘p  boshiga  qo'nib  turgan 
Guldor kapalak  ekan.
Shoir «Boyehechak», «QushJar keldi» she' riarida tabiatning ajoyib go‘zaJligini 
tasviriab, bolalarga Vatan va uning tabiatiga muhabbat tuyg‘usini singdiradi:
—  Yo'q.  boychechak,  sendan  aslo  kulmaymiz 
Xotiijam  bo %  seni sira yulmaymiz 
Havas bilan yuzlaringga  qaraymiz,
Bizlar seni  qo ‘riqlashga  yaraymiz.
Shafqat bilan  boshlaring silaymiz,
Senga  uzoq  umr tilaymiz.
www.ziyouz.com kutubxonasi

Uyg‘un  bolalaming  tabiat  go ‘zal!igiga bo'lgan  muhabbatini  ulaming 
parrandalarga bo‘lgan m ehridan ajratib qaramaydi:
Qushlarim,  hoy qushlarim,
Qanoti  kumushlarim,
Mehmon  b o ‘lib  qolingiz,
BogUmda  dam  olingiz.
Shoir bolalaming qushlaiga bo‘lgan mehribonligini «qanoti kumushlarim» 
deb erkalashida ko‘rsatsa,  ulami eng aziz mehmon sifatida ulug‘Iaydi.
Shoir o‘zining ko‘pgina she’Harida har faslning o‘ziga xos gashtini shoirona 
tarannum  etadi. Yozning to‘kin pishiqchiligini («Yoz), ko‘rkam, chamanday 
oromgohlarda quvnab dam olayotgan baxtiyor yoshlami («Lagerda»), quyosh 
nurida,  suv  qo‘ynida  yayrab-yayrab  suzib  yurgan  sho‘x  bolalami  («Suv 
quchog‘ida»)  qalamga  olib,  ulam ing  sevinchli  kayfiyatlari  orqali  yozning 
naqadar nash’ali ekanligini yozadi.  Bundan tashqari, shoir yozning gashtini 
unumli mehnatda deb hisoblaydi. Bu jihatdan qaraydigan bo‘lsak, Uyg‘unning 
«Handalak»,  «Ishkomda  uzum   pishdi»,  «Terimchi  qiz  qo‘shig‘i»  she’rlari 
o ‘zbek bolalar adabiyotida alohida ahamiyatga ega.
Shoir «Handalak» sh e 'rid a  handalakning shakli va rangini: «Usti yo‘l- 
yo‘l, sariq-ko‘k beqasamga o ‘xshaydi» deb bola ko‘z oldida tasvirlash bilan 
birga uning tilni yorar shirinligini ham  mohirona ifodalaydi. Ayni choqda, 
sh irin -s h a k a r  h an d alak n i,  «sharbatlarga  to ‘lib»  toshgan  uzum larni 
yetishtirgan bobodehqon mehnatiga bolalaida muhabbat uyg‘otadi va bunday 
m ehnatning  rohatini  to iq in la n ib   kuylaydi:
Olib  kelib  so tygandi 
Sharbati  oqib  ketdi.
Egan  chog'da mevasi 
Juda  ham yoqib  ketdi.
Shunda  tozfl  sevindim,
Yozda  qilgan  ishimga,
Uni qand,  asal qilgan 
Yaxshi parvarishimga...
Yolg'onchiga  shu  sazp 
Shunga  loyiq jazo! —
Xullas, Uyg'unning bolalarga atab yozgan asarlari ular xarakteri, onzu- 
um idlari, qiziqishlarini o ‘zida mujassam etishi bilan qadrli.
www.ziyouz.com kutubxonasi

HAMID  OLIM JO N
(1909-1944)
Ham id  O lim jon o ‘zbek bolalar adabiyotining rivojlantirishga  b arak ali 
hissa  qo‘shgan  ulkan  iste’dodlardan  biridir.  U   «Oygul  bilan  B axtiyor», 
«Sem urg*«  k ab i  e rta k -d o s to n la ri,  « B o la lik » ,  « H u lk a rn in g   s h e ’ri* , 
«Samolyot»,  «Lola»,  «Vatan»,  «Ona  va  o ‘g ‘il»,  «Zafar dostoni*,  «Jangchi 
Tursun»  va  boshqa  asarían  bilan  o ‘zbek  bo lalar  adabiyotining  xazinasiga 
m uhim  hissa qo'shdi.
B olajak shoir H am id Olimjon Jizzaxdagi N arim onov nom li m ak tab n i 
tam om lagach,  Sam arqand  pedagogika  bilim   yurtiga  kirib,  o ‘qishni  d a v o m  
ettirdi.  G ‘oyat tirishqoq va qunt bilan o ‘qigan  H .  Olim jon o ‘sha davr h ay o ti 
va intilishlarini quyidagicha she’rga soladi:
She’rda bolalarga xos intilish, orzu-um idlar,  kelajakka b o ig a n  isho nch  
tuyg‘ulari obrazli misralarda tabiiy va sam im iy holda nam oyon bo‘Jadi.  S h o ir 
turli  hayotiy,  haqqoniy  tafsilotlarda,  boy  ifoda  vositalarida  bolalikka  xos 
xususiyatlami  g‘oyat  zavqli  madh  etadi.
Shoir  «H ulkam ing she'ri*  asarini  qizi  H ulkarga bag‘ishlaydi.  H u lk a r 
obrazida kichkintoylam ing ajoyib fazilatlarini tasvirlaydi.  Shunga ko‘ra,  asa r 
um um lashma mohiyatga ega.
She’rda  H ulkar  «M ehnat  uzra  q an o ti» n i  yozib,  «Oq  q u sh la rn in g  
o'Ikasida  yurish»ni  istaydi.  Biroq  bunga  osoniik  bilan  erishib  bo’im ay d i, 
albatta.  Buning  uchun  qunt va chidam   bilan  o ‘qish,  ilm -fan  c h o ‘q q ilarin i 
egallash,  te r  to ‘kib  m ehnat  qilish  talab  qilinadi.  Shoir o ‘z jajji  q a h ra m o n i 
oldiga  ana shunday m uhim ,  m as’uliyatli  vazifalam i  q o ‘yadi.  Bu  bilan   b o la 
taibiyasida o ‘zining m as’uliyatini chuqur his etgan olijanob ota — tarb iy ach i 
obrazi  ko‘z oldim izda  yaqqol gavdalanadi.
She’rda  shoir  H ulkar  taqdiri  m isolida  bo lalam ing  yorqin  kelajagi 
haqidagi yuksak m aqsadni ifoda etadi:

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling