Anatomiya 2014. indd
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ponasimon suyak
hamda uning te shi gi bor.
G‘alvirsimon suyak (os ethmoidale) kalla asosining oldingi qismida joylashgan bo‘lib, burun bo‘shlig‘i va ko‘z kosasining devorlarini hosil qilishda ishtirok etadi (62-rasm). U uch qism- dan: gorizontal joylashgan g‘alvirsimon plastinka, o‘rtada past- ga yo‘nalgan perpendikulyar plastinka va uning ikki tomonida- gi g‘alvirsimon suyak labirintlardan iborat. G‘alvirsimon plastin- ka g‘alvirsimon suyakning yuqori qismini hosil qiladi. U peshona suyagini g‘alvirsimon o‘ymasida joylashib, oldingi kalla chuqur- chasi tubini hosil qiladi. Unda hidlov nervi ipchalari o‘tadigan g‘alvirsimon teshikcha- lar bor. G‘alvirsimon plastinkaning ustida o‘rta chiziqda xo‘roz toji oylashgan. U old tomonga bir juft xo‘roz tojining qanotlari bo‘lib davom etadi va pe shona suyagi bilan birikib, ko‘r teshik- 120 ni hosil qiladi. Perpendikular plastinka noto‘g‘ri beshburchak shaklida. U pastga qarab, burun to‘sig‘ining yuqori qismini hosil qiladi. G‘alvirsimon suyak labirin- ti bir juft bo‘lib, havo saqlovchi g‘o vak li katak cha lardan iborat. Ular oldingi, о‘rta va orqa g‘al- virsimon katakcha larga bo‘linadi. G‘alvirsi mon suyak labirinti per- pendikulyar plastinkaning o‘ng va chap tomonlarida g‘alvirsimon plastinkaning chekkalariga birik- kan holda joylashadi. Uning bu- run bo‘sh lig‘iga qaragan medial yuza sini perpendi kulyar plastin- kadan tor vertikal yoriq ajratib turadi. G‘alvirsimon labirintlar- ning medial yuzasida burunning yuqorigi va o‘rta chig‘anoqla- ri bor. Ba’zan uchinchi bu run ning eng yuqorigi chi g‘anog‘i ham uchraydi. Chig‘anoqlarning yuqori qismi labirintning katakchalari- ga birikkan, pastki chekkasi labirint bilan perpendikulyar plastinka o‘rtasidagi bo‘shliqda erkin osilib turadi. G‘alvirsimon suyak labi- rinti lateral tomondan ko‘z kosasini ichki devorini hosil qiladigan yupqa ko‘z kosasi plastinkasi bilan qoplangan. Ponasimon suyak (os sphenoidale) juda murakkab tuzilgan (63-, 64-rasm). U kalla suyagi asosining o‘rtasida deyarli barcha kalla suyaklari bilan birlashib, kalla asosi va yuz qismi chuqurcha- larini hosil qilishda ish tirok etadi. Ponasimon suyakning tanasi, katta va kichik qanotlari hamda qanot simon o‘simtasi tafovut qilinadi. Ponasimon suyakning ta- nasi Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling