Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   422
Bog'liq
True

58-rasm. Kalla suyagi.
Yon tomondan ko‘rinishi:
1–peshona suyagi; 2–burun suyagi; 
3–yonoq suyagi; 4–ustki jag‘ suyagi;
5–pastki jag‘; 6–ponasimon suyak; 
7–chakka suyagi; 8–ensa suyagi;
9–tepa suyagi.


116
ikkita toq: pastki jag‘ va dimog‘ suyaklari kiradi. Bu qismga til osti 
suyagi ham kiradi. Ko‘pgina kalla suyaklarida qon tomir va nerv-
lar o‘tadigan teshiklar va kanallar bor. Kallaning ba’zi suyakla-
rida havo saqlovchi bo‘shliqlar yoki katakchalar bo‘ladi. Kalla-
ning shakli bosh miya va chavnov apparatini taroqqiyotiga bog‘liq 
bo‘ladi. Odam kallasining miya qismi yuz qismiga nisbatan kat-
ta bo‘ladi.
Kallaning miya qismi suyaklari
Kallaning miya suyaklari kalla gumbazi va kalla asosini hosil 
qi luvchi suyaklarga bo‘linadi. Kalla gumbazini peshona suyagi-
ning palla qismi, tepa suyagi, ensa va chakka suyagining palla qis-
mi va ponasimon suyakning katta qanoti hosil qiladi.
Kalla suyagi miya qismi asosini ensa suyagining asos va lateral 
qismlari, ponasimon suyak, chakka suyagining toshsimon qismi, 
g‘alvirsimon suyakning g‘alvirsimon plastinkasi hosil qiladi.
Ensa suyagi (os occipitale, 59-rasm) kallaning miya qismi-
ning orqa pastki sohasini hosil qiladi. Unda ensa suyagining asos 
qismi, lateral qismi va ensa suyagining pallasi tafovut qilinadi. 
Bu qismlar o‘zaro birikib, kalla bo‘shlig‘ini umurtqa kanali bilan 
qo‘shuvchi katta teshikni
 hosil qiladi.
Еnsa suyagini asos qismi
 katta teshikni old tomonida joylash-
gan bo‘ lib, 18–20 yoshlarda ponasimon suyak tanasiga qo‘shi-
lib ketadi. Uning miya yuzasi tarnov shaklida bo‘lib, ponasimon 
suyak tanasi bilan birgalikda yuza nishabni hosil qiladi. Uning 
lateral chekkasida pastki toshsimon sinus egati

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling