Anatomiya 2014. indd
Boldir-oyoq panja bog‘imining
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
Boldir-oyoq panja bog‘imining (articulatio talocruralis) (57-
rasm) hosil bo‘lishida katta boldir suyagining pastki bo‘g‘im yuza si, 57-rasm. Oyoq panjasi bo‘g‘imlari va boylamlari. Ustki yuzasi: 1–katta boldir suyagi; 2–boldir-oyoq panja bo‘g‘imi; 3–medial yonlama boylami; 4–oshiq-qayiqsimon boyla- mi; 5–tovon-qayiqsimon boylami; 6–tovon-kubsimon boylami; 7–orqa ponasimon-qayiqsimon boylamla- ri; 8–oyoq kafti bilan barmoq falangalari o‘rtasidagi bo‘g‘im xaltasi; 9–oyoq falangalarining orasidagi bo‘g‘im xaltasi; 10–yonlama boylamlar; 11–oyoq kafti bilan barmoq falangalari o‘rtasidagi bo‘g‘im; 12–oyoq kafti suyaklariaro boylam; 13–ustki kaft usti-kaft boylamlari; 14–ponasimon-kubsimon orqa boylami; 15–suyaklararo oshiq-tovon boylami; 16–lateral oshiq-tovon boylami; 17–tovon-kichik boldir boylami; 18–medial to‘piq; 19–oldingi kichik boldir-oshiq boylami; 20–oldingi boldir suyaklariaro boylam; 21–boldir suyaklariaro parda. 113 me dial va lateral to‘piqlarning bo‘g‘im yuzalari bilan oshiq suya- gi g‘altagi bo‘g‘im yuzalari ishtirok etadi. O‘zaro birikkan boldir suyaklarining pastki uchi oshiq suyak g‘altagini xuddi ayri kabi ikki yon va ust tomondan o‘rab turadi. U tuzilishi jihatidan murakkab, shakl jihatidan g‘altaksimon bo‘g‘im bo‘lib, bo‘g‘im xaltasi boldir suyaklarining oldingi yuzasida va oshiq suyakning bo‘g‘im tog‘ayi- dan 5–8 mm oldinroqqa birikadi. Orqa va yon tomonda bo‘g‘im tog‘ayi chizig‘i bo‘ylab birikadi. Bo‘g‘im xaltasi old va orqa to- monda yupqa hamda bo‘sh, yon tomonda esa qalin va mustahkam burmalar hosil qiladi. Bo‘g‘imni mustahkamlovchi boylamlar aso- san yon yuzalarda joy lashgan. Bo‘g‘imning me dial yuza sida joy- lashgan qalin va pishiq medial yonlama boylam medial to‘piqdan boshlanib, pastga tomon kengayib to‘rt bo‘lakka bo‘linadi. Uning qayiqsimon suyakka birikadigan katta boldir-qayiqsimon, tovon suyagiga birikadigan katta boldir-tovon hamda oshiq suyagining oldingi va orqa tomoniga birikadigan oldingi va orqa katta bol- dir-oshiq qismlari tafovut qilinadi. Bo‘g‘im lateral tomondan uch- ta boylam bilan mustahkamlanadi. Bular lateral to‘piq bilan oshiq suyak bo‘yni o‘rtasida tortilgan oldingi kichik boldir-oshiq, Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling