Anatomiya 2014. indd
quymich do‘ngligi- dan bosh lanib, dumg‘aza suyagining tashqi chekkasiga birikadi va kichik quymich teshigini
Download 4.54 Mb. Pdf ko'rish
|
True
- Bu sahifa navigatsiya:
- (symphisis pubica)
- Butun chanoq Chanoq suyaklari va dumg‘aza, dumg‘aza-yonbosh bo‘g‘imi va qov simfizi vositasida birikib butun chanoqni (pelvis)
- 54-rasm. Butun chanoq
quymich do‘ngligi-
dan bosh lanib, dumg‘aza suyagining tashqi chekkasiga birikadi va kichik quymich teshigini hosil qiladi. 2. Dumg‘aza-o‘tkir qirrali o‘simta boylami quymich suya- gining o‘t kir o‘sig‘i bilan dumg‘aza suyagining tashqi chekkasi o‘rtasida tortilgan bo‘lib, katta quymich teshigini hosil qiladi. Qov simfizi (symphisis pubica) qov suyaklarining bir-biriga qa- ragan simfiz yuzalari o‘rtasida hosil bo‘lib, yarim bo‘g‘imlar turku- miga kiradi. Suyaklarning bo‘g‘im yuzalari tog‘ay bilan qoplan- gan bo‘lib, o‘zaro tolali tog‘ay disk vositasida birlashadi. Tog‘ay diskning o‘rtasida sagittal sathda joylashgan bo‘shliq bo‘ladi. Qov sim fizini ikkita: ustki tomonidan ko‘ndalang yo‘nalgan ustki qov boylami va simfizni pastki tomonida tortilgan pastki qov boylami mustahkamlaydi. Qov simfizi tog‘ay diski ayollarda erkaklarga nis- batan qalin bo‘ladi. Butun chanoq Chanoq suyaklari va dumg‘aza, dumg‘aza-yonbosh bo‘g‘imi va qov simfizi vositasida birikib butun chanoqni (pelvis) hosil qila- di. Butun chanoq (54-rasm) suyak halqadan iborat bo‘lib, uning ichida ichki a’zo lar joylashadi. U ikki qismga: yuqorigi katta cha- noq va past ki kichik chanoqqa bo‘linadi. Ularni ko‘tarilgan joy, yonbosh suyagining ravoqsi mon chizig‘i, qov suyagi qirrasi va qov sim fizining ustki chekkasidan o‘ta digan chegaralovchi chiziq ajra- tib turadi. Katta chanoq orqa tomondan V bel umurtqasining tanasi, yon 54-rasm. Butun chanoq: 1–qirralar orasidagi masofa; 2–o‘tkir o‘simtalar orasidagi masofa; 3–ko‘st- lar orasidagi masofa; 4, 6–qiyshiq diametri; 5–to‘g‘ri konyugata. 108 tomon dan yonbosh suyagi qanotlaridan hosil bo‘ladi. Katta cha- noq qorin bo‘shig‘lining pastki qismini hosil qiladi. Kichik cha- noqni orqa tomondan dumg‘aza suyagining chanoq yuzasi va dum suyagining oldingi yuzasi, old tomondan qov suyagining yuqorigi va pastki shoxlari va qov sim fizi, yon tomondan esa chanoq suya- gining quymich kosachasi qismlari, quymich su ya gi dumg‘aza- quymich do‘mbo g‘i va dum g‘aza-o‘tkir qirrali o‘simta boy lam lari hosil qiladi. Kichik chanoq past ga tomon toraygan suyak kanaldan iborat. Uning ustki aperturasi kirish qismi bo‘lib, che ga ralov chi chiziq bi- lan chegaralangan. Kichik chanoq dan chiqish uning pastki aper- turasi orqa tomondan dum suyagi, yon tomondan dumg‘aza-quy- mich do‘mbog‘i boylami, quymich do‘nglig‘i, quymich suyagi shoxi, qov suyagining pastki shoxi, old tomondan qov simfizi bi- lan chegaralangan. Bu yerda joylashgan yopqich teshik fibroz par- da bilan yopilgan. Kichik chanoqda qovuq, to‘g‘ri ichak va ichki jinsiy a’zolar joy la shadi. Katta odam chanog‘ining tuzilishida jinsiy tafovut- lar yaxshi bilinadi. Ayollarning chanog‘i erkaklarnikiga qaragan- da keng va past, yonbosh suyagi qanotlari yon tomonga yoyilgan bo‘ladi. Kichik chanoqqa kirish yumaloq shaklda bo‘lib, ayollar- da dumg‘aza keng va qisqa bo‘ladi. Qov suyagi shoxlari o‘rtasida- gi burchak (qov ravog‘i) ayollarda 90° bo‘lsa, erkaklarda 70–75° dir. Akusherlik amaliyotida katta va kichik chanoqning o‘lchamla- ri qo‘llaniladi. Katta chanoq o‘lchamlari: 1. Ikkita yonbosh suyagining oldingi ustki o‘tkir o‘siqlari orasi- dagi (o‘tkir o‘simtalar orasidagi) masofa (distantia interspinosa) Download 4.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling