Anatomiya 2014. indd


-rasm. O‘ng chanoq-son bo‘g‘imi


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   422
Bog'liq
True

55-rasm. O‘ng chanoq-son bo‘g‘imi.
Sagittal kesmasi:
1–chanoq suyagi; 2–bo‘g‘im tog‘ayi;
3–bo‘g‘im bo‘shlig‘i; 4–son suyagi boshchasidagi 
boylam; 5–quymich kosachasining ko‘ndalang boy-
lami; 6–bo‘g‘im xaltasi; 7–aylanma belbog‘ boy-
lami; 8–son suyagining bo‘yinchasi; 9–son suyagi-
ning boshchasi; 10–quymich kosasining labi.


110
gining boshchasidagi boylamidir.
 Bu boylam orqali chanoq suya-
gidan son suyagining boshchasiga arteriya o‘tib, uni oziqlantira-
di. Chanoq-son bo‘g‘imining xaltasi chanoq suyagining quymich 
kosachasi chekkasi bo‘ylab biriksa, son suyagining old tomoni-
da ko‘stlararo chiziq bo‘ylab, orqa tomonda esa ko‘stlararo qirra-
dan ichkariroqqa birikadi. Bo‘g‘im xaltasini tash qi tomondan uch-
ta boylam mustahkamlab turadi. Ulaming eng kuchlisi yonbosh-
son boylami
 bo‘lib, bo‘g‘imning old tomonida yotadi. Bu boylam 
yonbosh suyagining oldingi pastki o‘tkir o‘sig‘ining oldingi chek-
kasidan boshlanib pastga yo‘naladi va ko‘stlararo chiziqqa birika-
di. Qov-son boylami uchburchak shaklida bo‘lib, uning keng aso-
si qov suyagining ustki shoxidan boshlanib, uchi ko‘stlararo chizi-
qning ichki chekkasiga birikadi. Quymich-son boylami
nisbatan 
yup qa bo‘lib bo‘g‘imning orqa yuzasida joylashgan. U quymich 
suyagi tanasidan bosh lanib, katta ko‘stga birikadi. Bundan tashqa-
ri son suyagining bo‘ynini sirtmoq kabi o‘rab, yonbosh suyagining 
oldingi pastki o‘sig‘iga birikuvchi aylanma belbog‘ boylami
ham 
bor. Chanoq-son bo‘g‘imida harakat uch o‘q atrofida sodir bo‘lsa-
da, sharsimon bo‘g‘imga nisbatan biroz chegaralangan. Frontal o‘q 
atrofida chanoq-son bo‘g‘imida son bukiladi va yoziladi, sagittal 
o‘q atrofida son bir-biridan uzoq lashadi va yaqinlashadi. Verti-
kal o‘q atrofida esa son ichkariga va tashqariga buriladi va aylan-
ma harakat sodir bo‘ladi. Chanoq-son bo‘g‘imida harakatni che-
garalashda, uning atrofida joylash gan kuchli mushak guruhlarining 
ahamiyati katta.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling