1. Чаноқ камари суяклари


Download 350.99 Kb.
bet1/2
Sana04.11.2020
Hajmi350.99 Kb.
#140923
  1   2
Bog'liq
3-Амалий машғулот


Амалий машғулот № 3 

1. Чаноқ камари суяклари: 

Chanoq suyagi (os coxae, 22-rasm) 2 ta yassi chanoq suyakdan iborat

bo'lib, odamning yurishida gavda og'irligini oyoqqa o'tkazadi va chanoq

bo'shlig'idagi a ’zolami tashqi muhit ta’siridan saqlab turadi. Chanoq suyagida

3 ta alohida: yonbosh, qov va

o‘tiig‘ich suyaklari farq qilinadi. Bu suyaklar 16 yoshgacha alohida bo‘lib,

o'zaro tog'ay vositasida birikkan bo'lsa, keyinchalik suyaklanib — bir

butun chanoq suyagini hosil qiladi. Uning tashqi yuzasida (3 ta suyakning

o 'zaro birlashgan joyida) son suyagining boshchasi kirib turadigan

sirka kosachasi (acetabulum) bo'lib, u aylanasi qirra bilan o'ralgan chuqur,

ichki tomonida o'ymasi (incisura acetabuli) bor. Chekka qismini son

suyagi boshchasi bilan bo'g'im hosil qiluvchi yarimoysimon yuza (facies

lunata) egallagan, tubi esa g'adir-budir.Yonbosh suyagi (os ilium) ikki qism: pastki qalinlashgan; sirka kosachasini yuqori qismini hosil qilishda qatnashadigan tanasi (corpus ossis ilii) va yuqori kengaygan qanotidan (ala ossis ilii) iborat. Yonbosh suyagining qanoti S shaklida, o'rtasi yupqalashgan, uning chekkasi qalinlashib, yonbosh qirrasini (crista iliaca) hosil qiladi.

Yonbosh qirrasida qorin mushaklari birikadigan uchta g'adir-budir

chiziqlar: tashqi lab (labium externum), ichki lab (labium internum) va

oraliq chiziq (linia intermedia) bor. Bu qirra oldingi va orqa tom onlarda

o'sim talar hosil qilib tugaydi. Oldinda o'zaro o'ym a bilan ajragan oldingi

yuqorigi (spina iliaca anterior superior) va ostki yonbosh o'sim tasi (spina

iliaca anterior inferior), orqada esa orqa yuqori (spina iliaca posterior superior)

va pastki yonbosh o'simtasi (spina iliaca posterior inferior) hosil bo'ladi.

Qanotning tashqi yuzasida dumba mushaklari boshlanadigan uchta chiziq,

ayniqsa, eng uzun oldingi dumba chizig'i (linea glutea anterior) yaxshi

bilinadi. U oldingi yuqorigi yonbosh o'simtasidan boshlanib, katta o'tiig'ch

o'ymasiga tomon ravoq shaklida yo'naladi. Nisbatan qisqa orqa dumba chizig'i

(linea glutea posterior) oldingi chiziqning orqa qismiga parallel joylashgan.

Boshqalardan qisqa pastki dumba chizig'i (linea glutea inferior) yuqorigi va

ostki oldingi yonbosh o'simtalarining o'rtasidan boshlanib, ravoq shaklida

sirka kosachasi ustidan o'tib katta o'tirg'ich o'ymasigacha boradi. Qanotning

ichki botiq yuzasida yonbosh chuqurchasi (fossa iliaca) bor. U ni pastki

tom ondan ravoqsimon chiziq (linea arcuata) chegaralab turadi. Bu chiziq quloqsimon yuzaning (facies auncularis) oldingi chekkasidan boshlanib,

yonbosh-qov tepaligiga o‘tib ketadi. Bu yuza dumg'aza suyagining shu nomli

yuzasi bilan bo‘g‘im hosil qiladi. Quloqsimon yuzaning ustida bo‘g‘imlararo

boylamlar birikadigan yonbosh bo‘rtig‘i (tuberositas iliaca) joylashgan.

Qov suyagi (os pubis) sirka kosachasining oldingi qismini hosil qiluvchi

kengaygan tanasi (corpus ossis pubis) va ikki: qov suyagining yuqorigi

shoxi (ramus superior ossis pubis) hamda pastki shoxidan (ramus inferior

ossis pubis) iborat. Yuqorigi shox suyak tanasidan oldinga qarab yo'nalgan,

unda yonbosh va qov suyaklarining birikkan chiziqda joylashgan yonbosh-

qov tepaligi (eminentia iliopubica) bor. Yuqori shoxning medial uchiga

yaqin joyda qov bo‘rtig‘i (tuberculum pubicum) bor. Yuqori shoxning orqa

chekkasi bo'ylab qov qirrasi (crista pubica) joylashgan. Uning oldingi

qismi bukilib pastki shoxga o'tadi. Bu sohada qarama-qarshi suyak bilan

birikadigan oval shakldagi simflz yuzasi (facies symphysialis) bor.

O 'tirg'ich suyagi (os ischii) sirka kosachasini pastki qismini hosil

qilishda qatnashadigan kengaygan qismi tanasi (corpus ossis ischii) va

shoxidan (ramus ossis ischii) iborat. Tanasi shoxga burchak hosil qilib

o 'tg an yerda, o 'tirg 'ic h b o 'rtig 'i (tuber ischiadicum) bor. U ndan

yuqoriroqda suyak tanasining orqa chekkasidan chiqqan o'tirg'ich o'simtasi

(spina ischiadica) katta o'tirg'ich o'ymasini (incisura ischiadica major)

kichik o'tirg'ich o'ymasidan (incisura ischiadica minor) ajratib turadi.

O 'tirg'ich suyagi shoxi qov suyagining pastki shoxi bilan birikib yopqich

teshikni (foramen obturatum) hosil qiladi.


А) Сон суяги, ёшга доир хусусиятлари. 

Son suyagi (femur, 23-rasm) odam organizmidagi eng uzun va katta

naysimon suyak. Uning tanasi, yuqori va pastki uchlari tafovut qilinadi. Son

suyagining yuqori uchida chanoq suyagi sirka kosachasi bilan bo'g'im hosil

qiladigan sharam on boshchasi (caput femoris) bor. Boshchaning bo'g'im

yuzasi yuqoriga va medial tomonga qaragan. Uning o'rtasida son suyagi boshcha

yuzasidagi chuqurcha (fovea capitis ossis femoris) bo'lib, unga son suyagi

boshchasi boylami birikadi.

Son suyagining bo'yni (collum femoris) suyak tanasiga 130° o'tm as

burchak hosil qilib qo'shilgan, shu sohada mushaklar birikadigan ikkita

ko'st bor. Katta ko'st (trochanter major) yuqori va lateral joylashgan

bo'lib, uning orqa yuzasini yuqori qismida chuqurcha (fossa trochanterica)

mavjud. Kichik ko'st (trochanter minor) suyak bo'ynining pastki chekkasida

orqaroqda va medialroq joylashgan. Ko'stlar old tomondan o'zaro ko'stlararo

chiziq (linea intertrochanterica), orqa tom ondan esa ko'stlararo qirra

(crista intertrochanterica) vositasida birikib turadi.

Son suyagi tanasi (corpus femoris) oldinga qarab biroz bukilgan silindisimon

shaklda. Oldingi yuzasi silliq, orqasida g'adir-budir chiziq (linea aspera) bor, u

ichki va tashqi lablaiga (labium mediate et laterale) ajragan.

Lablar suyak tanasining o'rta qismida bir-biriga yaqin tursa, yuqoriga va

pastga yo'nalib bir-biridan ajraladi. Yuqoriga qarab lablar katta va kichik ko'stlar

tomonga yo'naladi. Tashqi lab kengayib katta dumba mushagi birikadigan dumbabo‘itig‘ini (tuberositas glutea) hosil qiladi. Ichki lab taroqsimon chiziqqa (linea

pectinea) o‘tib ketadi. Pastga tomon ikkala lab bir-biridan uzoqlashib, uchburchak

shaklidagi taqim osti yuzasini (facies poplitea) chegaralaydi. Son suyagining

pastki (distal) uchi kengayib, ikkita yumaloq do‘ngsimon o'simtani hosil qiladi.

Ichki do'ngsimon o'simta (condulus medialis) tashqisidan (condulus lateralis)

kattaroq. Ular orqa tomonda o‘zaro do‘ngsimon o‘simtalararo chuqurcha (fossa

intercondularis) bilan ajrab turadi. Do‘ngsimon o'simtalaming yon tomonida

ichki va tashqi do‘ng usti tepachasi (epicondulus medialis epicondulus lateralis)

ko'rinib turadi. Do‘ngsimon o'simtalaming oldingi yuzalari o‘itasida ti77a qopqog‘i

yuzasi (facies patellaris) bor. Har bir do‘ngsimon usti tepachasi sohasida

chiziqlar (linea supracondularis medialis et linea supracondularis lateralis)

bo'ladi. Tashqi do'ngsimon usti tepachasi sohasida taqim egati (sulcus popliteus)

joylashgan.





Download 350.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling