Anatomiya 2014. indd


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   422
Bog'liq
True

 bor.
Ponasimon suyaklar (ossa cuneiformia) oyoq kaftining medial 
chekkasida qayiqsimon suyak bilan I–III kaft suyaklari o‘rtasida 
o‘rnashgan.
Ularning eng kattasi medial ponasimon suyak I kaft suyagi aso-
si bilan, oraliqdagi ponasimon suyak II kaft suyagi bilan, lateral 
ponasimon suyak
 III kaft suyagi bilan bo‘g‘im hosil qiladi.
Kubsimon suyak (os cuboideum) lateral tomonda tovon suyagi 
bilan IV–V kaft suyaklari o‘rtasida joylashgan bo‘lib, ular bilan 
birlashadigan bo‘g‘im yuzalari bor. Bundan tashqari uning medial 
tomonida tashqi ponasimon suyak bilan birlashadigan bo‘g‘im 
yuzasi mav jud. Kubsimon suyakning pastki tomonida kubsimon 
suyak g‘adir-budurligi,
 uning oldida uzun kichik boldir mushagi 
payining egati joylashgan.
Oyoq kafti suyaklari (ossa metatarsi) 5 ta kalta naysimon 
suyakdan iborat. I kaft suyagi qisqa va yo‘g‘on, II kaft suyagi esa 
eng uzun. Oyoq kafti suyaklarida tanasi,
 boshchasi va asosi tafo-
vut qilinadi. Ularning tanasi prizma shaklida, qavariqligi kaft us-
tiga qaragan. I kaft suyagining asosi medial ponasimon suyakda-
gi bilan, II va III kaft suyaklari asosi oraliq va lateral ponasi-
mon suyaklari bilan, IV va V kaft suyaklari asosi esa kubsimon 
suyak bilan bo‘g‘im hosil qiladi. V kaft suyagining tashqi tomo-
nida qisqa kichik boldir mushagi birikadigan V oyoq kafti suyagi-
ning do‘ngligi joylashgan.
Barmoq suyaklari 
(ossa digitorum) qo‘lga nisbatan qisqa va 
yo‘g‘on. II–V barmoqlar uchta (proksimal, o‘rta va distal), I bar-
moq
esa ikki: proksimal va distal falangalardan iborat. Barmoq 
falangalarining tanasi,
 boshchasi va asosi tafovut qilinadi. Proksi-
mal va o‘rta falangalarning tanalari kaft orqasi tomonga biroz qa-
vargan. Proksimal falangalarning asosida kaft suyagi boshchasi bi-
lan bo‘g‘im hosil qiladigan yassilashgan chuqurcha, o‘rta va distal 
falangalarning asosida undan yuqorigi falanga bilan bo‘g‘im hosil 
qiladigan, qirra bilan bo‘lingan ikkita yassi yuza bor. Distal falan-
galarda do‘nglik mavjud.


106

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling