Anatomiya 2014. indd


Oyoqning erkin qismi suyaklari


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   422
Bog'liq
True

Oyoqning erkin qismi suyaklari
Oyoq skeletining erkin qismi
 son suyagitizza qopqog‘i, boldir 
su yaklari va oyoq panjasi skeletidan tashkil topgan.
Son suyagi (femur, 50-rasm) odam organizmidagi eng uzun va 
katta naysimon suyak. Uning tanasi, yuqori va pastki uchlari ta-
fovut qilinadi. 
Son suyagining yuqori uchida chanoq suyagi sirka kosachasi 
bilan bo‘g‘im hosil qiladigan sharsimon son suyagining boshcha-
si
 bor. Bosh chaning bo‘g‘im yuzasi yuqoriga va medial tomonga 
qaragan. Uning o‘rtasida son suyagi boshchasining chuqurchasi
 
bo‘lib, unga son suyagi boshchasidagi boylam birikadi.
Son suyagining bo‘yni
suyak tanasiga 130° o‘tmas burchak 
hosil qilib qo‘shilgan. Suyak bo‘yni bilan tanasi o‘rtasida mu-
shaklar birikadigan ikkita 
ko‘st bor. Katta ko‘st yuqori va late-
ral joylashgan bo‘lib, uning medial yuzasida mushaklar birikadi-
gan ko‘st chuqurchasi bor. Kichik 
ko‘st suyak bo‘ynining pastki 
chekkasida orqaroqda va medialroq joy-
lashgan. 
Ko‘stlar old tomondan o‘zaro 


101
ko‘stlararo chiziq,
 orqa tomondan esa ko‘stlararo qirra vositasi-
da birikib turadi.
Son suyagi tanasi oldinga qarab biroz bukilgan silindrsimon 
shaklda, oldingi yuzasi silliq. Suyak tanasining orqasida g‘adir-
budir chiziq bo‘lib, u medial va lateral lablarga ajragan. Lablar 
suyak tanasining o‘rta qismida bir-biriga yaqin tursa, yuqoriga va 
pastga yo‘nalib bir-biridan ajraladi. Yuqoriga qarab lablar katta 
va kichik ko‘stlar tomonga yo‘naladi. Lateral lab kengayib katta 
dumba mushagi birikadigan dumba g‘adir-budirligini hosil qilsa, 
medial lab taroqsimon chiziqqa o‘tib ketadi. Past ga tomon ikkala 
lab bir-biridan uzoq lashib, uchburchak shaklidagi taqim yuza sini 
chegaralaydi. Son suyagining pastki (distal) uchi kengayib, ikki-
ta yumaloq do‘nglik hosil qiladi. Medial do‘nglik lateralidan kat-
taroq. Ular orqa tomonda o‘zaro do‘nglar orasidagi chuqurcha 
bilan ajrab turadi. Do‘nglarning yon tomonida medial va late-
ral do‘ng usti do‘mboqchasi ko‘rinib turadi. Do‘nglarning oldingi 
yuza lari o‘rtasida tizza qopqog‘i yuzasi bor.
Har bir do‘ng usti do‘mboqchasi sohasida do‘ng usti chiziqla-
ri bor. Lateral do‘ng ustidagi do‘mboqcha sohasida taqim egati 
joylashgan.
Tizza qopqog‘i (patella) sonning to‘rt boshli mushagi payining 
ichida joylashgan eng katta sesamasimon suyak. Tizza qopqog‘ining 
asosi yuqo riga, cho‘qqisi pastga qaragan. Uning orqa bo‘g‘im yuza-
si son suyagi bilan bo‘g‘im hosil qiladi. Oldingi g‘adir-
budir yuzasi teri ostida seziladi.
Boldir suyaklari ikkita uzun naysimon: medial to-
monda joylash gan katta boldir va lateral tomondagi ki-
chik boldir suyaklaridan tash kil topgan.

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling