Anatomiya 2014. indd


Frontal o‘q atrofida esa bosh barmoq boshqa barmoqlarga  qarama-qarshi


Download 4.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/422
Sana23.10.2023
Hajmi4.54 Mb.
#1717099
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   422
Bog'liq
True

 Frontal o‘q atrofida esa bosh barmoq boshqa barmoqlarga 
qarama-qarshi
 keladi va o‘z holiga qaytadiQolgan II–V kaft-
kaft usti bo‘g‘imlari yassi bo‘g‘imlar guruhiga kirib, ularning 
bo‘g‘im bo‘shlig‘i ko‘ndalang chiziq holatida yotadi. Bu bo‘g‘im 
bo‘shlig‘i o‘rta kaft usti va kaft suyaklariaro bo‘g‘im bo‘shliqla-
ri bilan birikadi. Bo‘g‘im xaltasi yup qa, to‘rtta bo‘g‘im uchun 
umumiy bo‘lib tarang tortilgan. Bo‘g‘im xaltasini kaft va orqa 


97
tomondan kaft-kaft usti oldingi boylamlari,
kaft-kaft usti or-
qa boylamlari mustah kamlab turadi. Bu bo‘g‘imning boylamla-
ri mustahkam va tarang tortilgani uchun harakati juda chegara-
langan bo‘ladi.
II–V kaft suyaklari asosi keng bo‘lib o‘zaro yaqin joylash-
gani uchun ularning bir-biriga qaragan yuzalari o‘rtasida kaft 
suyak lari orasidagi bo‘g‘imlar hosil bo‘ladi. Bu bo‘g‘imlar xaltasi 
kaft-kaft usti bo‘g‘imlari xaltasi bilan umumiydir. Bu bo‘g‘im-
ni yonma-yon kaft suyaklari o‘rtasida ko‘ndalang yo‘nalgan kaft 
suyaklari orasidagi oldingi va orqa boylamlar va bo‘g‘im ichida 
joylashgan kaft suyaklariaro boylamlari mustah kamlab turadi.
Qo‘l kafti bilan barmoqlar orasidagi bo‘g‘imlar kaft suyakla-
ri boshchasining bo‘g‘im yuzasi bilan proksimal barmoq falan-
galari asosi o‘rtasida hosil bo‘lib, ellipssimon bo‘g‘imlar guru-
higa kiradi. Bo‘g‘im xaltasi erkin va keng bo‘lib, yon tomon-
dan yon boylamlar
 bilan mustahkamlansa, kaft tomondan kaft 
boylamlari tolalari hisobiga qalinlashadi. Bu bo‘g‘imlarida hara-
kat ikki o‘q atrofida sodir bo‘ladi. Frontal o‘q atrofida barmoq-
larni bukish va y ozish, sagittal o‘q atrofida barmoqlarni uzoq-
lashtirish va yaqinlashtirish mumkin.
Qo‘l panjasining barmoq falangalari orasidagi bo‘g‘imlar bitta 
barmoq falangasining boshchasi bilan ikkinchi falanganing aso-
si o‘rtasida hosil bo‘ladi. Shakl jihatidan g‘altaksimon bo‘g‘im 
hisob lanadi. Bu bo‘g‘imlarning xaltasi keng bo‘lib, yon tomon-
dan yon boylamlar bilan mustahkamlanib, kaft tomondan esa 
kaft boylamlari hisobiga qalinla shadi. Harakat faqat frontal o‘q 
atrofida bo‘lib, barmoq larni bukish va yozishdan iborat.
Oyoq suyaklari
Odam oyog‘i katta va yo‘g‘on suyaklardan iborat. Oyoq 
suyaklarida oyoq kamari va erkin qismlar tafovut qilinadi. Oyoq-
ning kamar qismi
 juft chanoq suyagidan tashkil topgan. Oyoqning 
erkin qismi uch qismdan: proksimal – son suyagi; o‘rta – katta 
va kichik boldir suyaklaridan iborat. Tizza bo‘g‘imi sohasida kat-
ta sesamasimon suyak tizza qopqog‘i joylash gan. Oyoqning distal 
qismi oyoq panjasi suyaklari, o‘z nav batida, kaft usti suyaklari, 
oyoq kafti suyaklari va barmoq suyaklariga bo‘linadi.


98

Download 4.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   422




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling